Бизнесда мулк тушунчаси ва мулкчилик шакллари
Biznesda mulk tushunchasi va mulkchilik shakllari
Reja:
Mulk shakllarining turlari, ahamiyati va tarkibi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni.
Tadbirkorlik shakllari va raqobatning kuchayishi.
Mulk shakllarining turlari va tarkibi.
O‘zbekiston Respublikasida «Mulkchilik to‘g‘risida» qonun qabul qilingan va bu qonunning 4-moddasida kurstilishicha O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo‘linadi:
-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, maxalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan Biznes faoliyati mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat Biznes faoliyatisi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
-davlat mulki;
-aralash mulk;
-qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkning xamma shakllari teng huquqlidir. Shaxsiy mulk - individual uzlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqlirok daromad topishga xizmat kilmaydi, balki shaxsiy extiejni qondirishga karatiladi.
Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi.
Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda uzlashtirilishidir.
Jamoa mulkining afzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining uzini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari to‘g‘ridan- to‘g‘ri birikadi.
Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:
mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;
davlat mablag‘i hisobidan Biznes faoliyatilar kurilishi;
jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taallukli daromadlarning bir qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.
Aralash mulk muayyan bir ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida uzlashtirishini bildiradi.
Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu- qo‘shma mulkdir. qo‘shma mulk tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmokda. Chetki kapital asosidagi qo‘shma Biznes faoliyatilarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib boradi. Katta mablag‘lar zaruriyati sharoitida qo‘shma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish zaruriyatidir.
Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me’erlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat kursataetganligi natijasida, 1997 yili, nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51 foizga, Qishloq xujaligida 98 foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 foizi xususiylashtirilgan iqtisodiyot xissasiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, vositachilik, xunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy faoliyatda mashgul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustaqil O‘zbekistonda shakllanaetgan mulkdorlar sinfining ildam usaetgan ichki sinfiy kadamlaridir.
Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jaraenida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi mukarardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib berishdir. Bu vazifani bajarish-O‘zbekistonni ilgor davlatlar qatoriga olib chiqishda xal qiluvchi omildir.
Mulkdor boshqalarning emas, balki uzining istagi, roziligi, moyilligi, xoxishiga kura uz mol-mulkiga egalik qiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog‘liq huquqiy vakolatlardan iborat. O‘z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi yeki topshirigiga binoan emas, balki uzining xoxishiga kura uz mulkiga egalik qiladi, xoxlasa o‘zining mazkur huquqiy vakolatini boshqarishga o‘tkazishi mumkin. Mulkdor o‘z xoxishi bilan mulkidan foydalanadi, shuningdek, undan o‘ziga zarur bo‘lgan foydali daromadlarni undirish uchun ishlatadi.
Bozor munosabatlariga o‘tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, fuqarolar uziga tegishli mulkni ko‘paytirish uchun boshqa fuqarolarni yellanma mexnatga jalb qilishi mumkin. Fuqaro uz mulkiy huquqini amalga oshirish uchun tadbirkorlik bilan shugullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin. Fuqarolarda utmish tuzum sundirgan mulkiy mustaqillik xissini uygotish, tiklash, kengaytirish va mustaxkamlash-davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Respublika bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida mulkni xususiylashtirish natijasida turli mulkchilikka asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyot yaratildiki, shu asosda iqtisodiyotni ichki tuzilishi uzgarib, raqobatchilik muxiti zaminida xo‘jalik yuritish usuli barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyotidavlat mulki bilan bir qatorda jamoa, xususiy, aksionerlik, hamkorlikdagi va boshqa turdagi Biznes faoliyatilar tashkil topdi. Davlat uz navbatida turli mulkchilik Biznes faoliyatilari uchun teng iqtisodiy sharoit yaratish orqali ishlab chiqarishni jonlantirishga erishildi.
Turli mulkchilik iqtisodiyoti mulk egalarini o‘quvli, ishbilarmon, tadbirkor bo‘lishlarini talab qilish bilan kifoyalanib kolmay, balki iste’molchilar va bozor talabini urganib, yangi texnika va texnologiya asosida arzon, sifatli tovarlar ishlab chiqarib, bozorni turli maxsulotlar bilan tuldirishni talab etadi, Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek: «Mulkchilik shakllari turlicha bo‘lgan Biznes faoliyatilar o‘rtasidagi raqobatchilik kurashi ularni ishlab chiqarib, bozorni turli maxsulotlar bilan tuldirishni talab etadi. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: «Mulkchilik shakllari turiga bo‘lgan Biznes faoliyatilar o‘rtasidagi raqobatchilik kurashi ularni ishlab chiqarishni boshqarishning ichki tashkiliy tizimlarini takomillashtirishga, texnika bilan qayta Qurollantirishga, fan va texnika sohasidagi yangi yutuqlarni kullashga moslashishga, kam sarf-xarajat qilgan xolda yanada yuqori sifatli va eng arzon narxda maxsulot ishlab chiqarishga undaydi» Jaxondagi sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy yuksalishini muxim omillaridan biri turli mulkchilik iqtisodiy xo‘jalik tizimini barpo etilgan bo‘lsa, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omili turli mulk shaklidagi Biznes faoliyatlari o‘rtasidagi raqobat kurashi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |