3-§. Talab miqdori va taklif miqdori o'rtasidagi nisbat hamda unipg o'zgarishi Biz yuqorida turli omillar ta'sirida talab va taklif miqdorining o'zgarib turishini ko'rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma'lum nisbatda bo'ladi, bu nisbatlar o'zgarib turadi. Ba'zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko'tarilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, baho pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o'rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo'lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanatida vujudga kelgan holda shakllangan baho bozor bahosi deyiladi. Ba'zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo'lib turmaydi, ularga ta'sir qiluvchi ko'plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo'ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo'ladi.
Asosiy tayanch tushunchalar Talab — iste'molchi ma'lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo'lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Talab egri chizig'i - grafikda narx va talabning hajmi o'rtasidagi teskari bog'liqlikni ko'rsatadi.
Talab qonuni — tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o'rtasidagi teskari yoki qarama —qarshi bog'liqlikni ifodalaydi.
Taklif— ishlab chiqaruvchi ma'lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bo'lgan narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.
Taklif egri chizig'i — narx va taklifning hajmi o'rtasidagi to'g'ridan —to'g'ri bog'liqlikning grafikdagi tasviridir.
Taklif qonuni— narx bilan sotishga chiqariladigap tovarlar miqdori o'rtasidagi bevosita yoki to'g'ridan—to'g'ri bog'liqlikni ifodalaydi.
Taklif (talab) ning egiluvchanligi — narx 1% o'zgarganda talab necha foiz o'zgarishini ko'rsatadi. Bu talabning narx bo'yicha o'zgaruvchanligi ham deyiladi. Daromad samarasi— narx pasayganda iste'molchi pul daromadlarining sotib olish layoqatining ortishidir.