Talab va taklif elastiklikligi ko'rsatkichlarining bozor holati tahlilidagi o'rni



Yüklə 0,53 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#164911
mikro.iqt30





SI-73/22 guruh talabasi Muxtorova Madinabonu
"TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIKLIGI KO'RSATKICHLARINING BOZOR HOLATI TAHLILIDAGI O'RNI"
REJA:
1. Talab va talab elastikligi
2. Taklif va taklif elastikligi
3.
Talab va talab elastikligi
Xaridorlar odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq,
oʻrin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir-birining oʻrnini toʻldiruvchi
tovarlarning narxi pastroq boʻlganda koʻproq tovar xarid qilishadi.
Bizning tovarlarga boʻlgan talabimiz narxga bogʻliq yoki boʻlmasligi
mumkin. Biz oʻzgarish oʻlchamiga bogʻliq boʻlmagan talab qilingan
miqdor koʻchish yoʻnalishlarini muhokama qilamiz. Bu oʻzgaruvchan
miqdorlardagi oʻzgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini
oʻlchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi.
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning
oshishiga olib kelishini ifodalaydi. Talabning narx elastikligi – talab
qilinadigan miqdor qancha boʻlganda narx oʻzgarishiga javob berishini
oʻlchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga katta
miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab
qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab
noelastik deyiladi.Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor
ekanliklarini oʻlchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal koʻradigan iqtisodiy,
ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda
talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi
ba’zi umumiy qoidalarni koʻrib chiqamiz.
Oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrin bosuvchi tovarlar
koʻproq elastik boʻladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa
tovarga oʻtish ancha oson. Masalan, saryogʻ va margarin oson oʻrin
almasha oladi. Saryogʻ narxining kichik miqdorda oʻsishi margarin
narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryogʻ miqdorining
kamayishiga sababchi boʻladi.
Teskari ravishda, tuxumning oʻrin bosuvchisi boʻlmaganligi sababli
tuxum uchun talab saryogʻnikiga qaraganda deyarli elastik emas.
Qulay hayot kechirishga teskari muhumlik. Qulay hayot
kechirishda elastik talab boʻlganligiga teskari ravishda muhimlik
noelastik talabdir. Shifokor koʻrigining narxi oshgani bilan insonlar
shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi
mumkin boʻlsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar
miqdorining kamaytirishga olib keladi.
Bunga sabab koʻpchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik
sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta.
Tovar muhimlik yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning
vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bogʻliq.
Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun
qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab boʻladi.
Elastiklik – talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’sirining oʻlchovi.
Talabning narx elastikligi – tovarning talab qilinadigan miqdori, shu
tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini oʻlchaydi va talab
qilinadigan miqdorning oʻzgarish foizi narxning oʻzgarish foiziga nisbati
bilan aniqlanadi. Tovar narxining pasayishi unga boʻlgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx oʻzgarganda talab qanday
oʻzgarishini ifodalaydi. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab elastik deb
yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab noelastik boʻladi,
agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishlarga birozgina javob qaytarsa.
Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi oʻsha
mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday
ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini
shakllantiradigan koʻplab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks
etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini
nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon
qilamiz
Yaqin oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrnini
bosuvchisi bor boʻlgan tovarlar koʻproq elastik talabga ega, chunki bir
tovar oʻrniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq.
Masalan, saryogʻ va margarin bir-birini oʻrnini bemalol bosadi.
Margarin narxi oʻzgarmaganda saryogʻ narxining biroz koʻtarilishi
saryogʻning sotilish miqdori tushushiga sabab boʻladi. Bunga zid holda,
tuxumning oʻrnini bosadigan tovar boʻlmagani uchun tuxumga boʻlgan
talab saryogʻga nisbatan kamroq elastik boʻladi.
Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga boʻlgan talab odatda
noelastik boʻladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga
tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish
sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga
boʻlgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga
zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi.
Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki
xususiyatlariga bogʻliq emas, balki xaridorlarning xohishiga bogʻliq.
Sogʻligʻiga kamroq munosabatda boʻlgan dengizchi uchun yelkanli
qayiq talab elastikligiga ega boʻlgan zaruriyat boʻlishi mumkin va
shifokorga borish elastik talabga ega boʻlgan hashamat boʻlishi mumkin.
Bozor tavsifi. Har qanday bozor talab elastikligi bozor
chegaralarini qanday chizishimizga bogʻliq. Tor doirada aniqlangan
bozor keng doirada aniqlanganidan koʻra elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun bir-birini oʻrnini bosuvchi tovarlar
topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziqovqatning oʻrnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik
talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham
boʻladi. Vanilin muzqaymogʻi juda ham elastik talabga ega, chunki
muzqaymogʻning koʻplab boshqa tamlilari uning oʻrnini bosadi.
Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda koʻproq elastik
talabga ega boʻlishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga
boʻlgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt oʻtgan sayin, odamlar
yoqilgʻi tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan
koʻproq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga koʻchishadi. Bir
necha yil ichida benzinga boʻlgan talab sezilarli darajada tushadi.
Talabning narx elastikligini hisoblash
Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan koʻrib
chiqdik, endi uni qanday hisoblashni koʻrib chiqamiz. Iqtisodchilar talab
miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati
shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni:
Talabning narx elastikligi =talab miqdorining foizdagi o'zgarishi/narxning foizdagi o'zgarishi

Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % oʻsish


muzqaymoqqa boʻlgan talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning
narx elastikligini quyidagicha hisoblaymiz:
Talabning narx elastikligi = 20%/10%=2
Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi
oʻzgarish narxdagi oʻzgarishga nisbatan 2 barobar koʻp.
Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda,
miqdorning foizdagi oʻzgarishi narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbatan har doim qarama-qarshi boʻladi. Bu misolda narxning oʻzgarishi 10 %
ga oshgan, talab miqdori oʻzgarishi esa 20 % ga kamaygan.
Oʻrta nuqta metodi: elastiklik va foiz oʻzgarishlarini hisoblashning
yaxshiroq yoʻli Elastiklik va foiz oʻzgarishini hisoblashning yaxshiroq yoʻli bu talab egri chizigʻidagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha boʻlgan
elastiklik, B dan A gacha boʻlgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi.
A nuqta: Narx=4$ miqdor=120.
B nuqta: narx=6$ miqdor=80.
A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga koʻtarilgan, miqdori 33%ga
pasaygan talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda
B nuqtadan A ga yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga
koʻtarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 1.5. Bunda farqlar
yuzaga keladi, chunki foizlar oʻzgarishi turli xil asosda hisoblanadi.
Bu muammoni yechishning 1 yoʻli elastiklikni hisoblash uchun
oʻrta nuqta metodidan foydalanishdir. Foizning oʻzgarishini hisoblash
uchun standart jarayon boshlangʻich bosqich orqali oʻzgarishlar boʻlishi
mumkin. Bunga zid holda, oʻrta nuqta metodi boshlangʻich va soʻnggi
bosqichlari orqali oʻzgaruvchilarni boʻlish orqali foizda hisoblaydi.
Misol uchun 5$ 4$ va 6$ oʻrtasida oʻrta nuqta. Shuning uchun oʻrta
nuqta metodiga koʻra 4 dan 6 ga oʻzgarish 40% li oʻsish deb
hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga koʻra, 6 dan 4 ga oʻzgarish 40%
pastlashni anglatadi. Oʻrta nuqta metodi oʻzgarish yoʻnalishidan qat’iy nazar bir xil javobni bergani uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri
chizigʻini hisoblashda foydalaniladi. Bizning namunada, A va B
oʻrtasida oʻrta nuqta: narx= 5$ miqdor=100 oʻrta qiymat metodiga
koʻra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga
tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor
40% koʻtariladi. 2 yoʻnalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng.
Taklif vaTaklif elastikligi
Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Taklif qonuni shuni koʻrsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini
oshiradi. Taklifning narx elastikligi narxdagi oʻzgarishga qancha taklif miqdori oʻzgarishini ifodalaydi. Agar taklif narx oʻzgarishiga sezilarli
darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. Agar taklif narx
oʻzgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi.
Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab
chiqargan tovarlar miqdori oʻzgarishiga bogʻliq. Masalan, sohil boʻyi
yerlari noelastik taklifga ega, chunki ularni koʻproq ishlab chiqarish
deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va televizor kabi
tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar
yuqori narxlarga javoban oʻz faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi.
Koʻplab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy
aniqlovchisi vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan koʻra uzoq muddatda
elastikroq boʻladi. Qisqa muddat mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish
koʻlamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, taklif
miqdori narxning oʻzgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga zid holda,
uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin.
Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi
mumkin. Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx oʻzgarishiga
sezilarli javob qaytaradi.
Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlangʻich ma’lumotga ega
boʻldik, endi chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif
miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati
shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Taklifning narx elastikligi =taklifning foizdagi o'zgarishi/narxning foizdagi o'zgarishi
Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga
koʻtarilishi sutchi fermerlarning mahsuloti koʻpayishiga sabab boʻladi,
oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga qadoqqa.
Narxning foizdagi oʻzgarishi=(3.15-2.85)/((2.85+3.15)/2)*100=10%;
Taklifning foizdagi oʻzgarishi=(11000-9000)/((11000+9000)/2)*100=20%.
Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi =20%/10%=2 ga teng. Bu
koʻrsatkich taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta oʻzgarganini
bildiradi.
Taklif egri chizigining turlari
Taklifning narx elastikligi narxga taklif miqdorining mazmunini
ifodalagani sababli bu taklif egri chizigʻining koʻrinishida aks etadi.
5- tasvir 5-holatni korsatadi. A panelda korsatilganidek, chetdagi 0
elastiklikda taklif butunlay noelastikdir va taklif egri chizigʻi esa
vertikal. Bu holatda, taʼminlangan miqdor narxdan qatʼiy nazar bir xil.
Elastiklik oʻsganda, taklif egri chizigʻi tekislanib boradi, qaysiki, shuni
korsatadiki, taʼminlangan miqdor narxda oʻzgarishiga koʻproq
masʼuldir. Qarshisidagi chetda, e panelda korsatilgandek, taklif
butunlay elastik. Bu taklifning narx elastikligi cheksizlikka intilganda
va taklif egri chizigʻi gorizantal bolganda sodir boladi. Narxdagi bir oz
oʻzgarish miqdorning katta koʻlamda oʻzgarishiga olib keladi.
Baʼzi bozorlarda taklif elastikligi bir xil boʻlmaydi va taklif chizigʻi
boʻyicha farq qiladi. 6-shakl mahsulot uchun cheklangan miqdorga ega
boʻlgan zavodlarga firmalarning sanoat uchun maxsus holatini
koʻrsatadi. Taklif qilinayotgan qiymatning past darajasi uchun taklif
elastikligi baland va bugunga mos ravishda firmalar narx oʻzgarishi
bilan javob beradi. Bu holatda firmalar foydalanilmayotgan tovarlar
uchun qiymatni belgilaydi. Masalan foydalanilmayotgan oʻsimlik va
jihozlar Butun kun va kunning qismi mobaynida. Bu
foydalanilmayotgan miqdordan foydalanila boshlaganda narxdagi kichik
oʻsish firma uchun foydali boʻladi. Bir miqdor toʻliq foydalanib
boʻlingach qoʻshimcha mahsulot birligini oshirish yangi oʻsimliklar
yetishtirishni talab qiladi. Bu qoʻshimcha xarajatlarni tajribadan
oʻtkazishga firmani koʻndirish uchun narx katta miqdorda oʻsishi zarur
va shuningek, taklif deyarli elastik boʻlmasligi zarur.
O’zbekiston iqtisodiyotida talab va taklif elastikligi körsatkichlarining bozor holati tahlilidagi örni.Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar tizimini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti xolatining asosiy tushunchalar bo‘lgan talab va taklif orqali aniqlanadi.
Bozordagi talab– bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojini bilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi.Talab– bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir. Talab individual va bozor talabiga bo‘linadi.
Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami, bozor talabini keltirib chiqaradi. Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun turli usullardan foydalaniladi. Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi.
Xaridorlardan olinadigan so‘rov yoki intervyu. So‘rov – xaridorlarning xoxish–istaklarini, ularning moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Biroq so‘rov jarayonidagi ob’ektiv qiyinchiliklar tufayli aniq mf’lumotlar olish darajasi past.Ekspert tahlili– mutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo‘lgan talabni, uning dinimikasini aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin xatolar qilish saqlanib qolinadi.
Bozor eksperimenti (tadqiqoti)– yangi parametrlar, yangi narxlar o‘rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma taxlil qilinganda tovarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri test qilishni ko‘zda tutadi. Statistik usul- real statistik ma’lumotlarni o‘rganish asosida ma’lum davr uchun aniq bir tovarga bo‘lgan talab va narxni o‘zaro bog‘liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar tadqiq qilinadi. 15Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi.
Talab hajmi (Qd)– haridorlar joriy vaqtda, joriy joyda, joriy narhlarda xaridorlar sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmi. Talab xajmiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Masalan: iste’molchilarning xoxish – istaklari, ularning daromadlari hajmi, mazkur tovarning bozordagi narxi, potensial xaridorlar soni va boshqalar. Talab narxi (Pd)– joriy vaqtda aniq tovar va xizmatlar uchun xaridorlar tomonidan to‘lanadigan maksimal narx. Agarda bozordagi real narx, konkret iste’molchi talabi narxidan past bo‘lsa, unda ortiqcha iste’molchilar paydo bo‘ladi, mazkur tovar va xizmatlar sotib olayotgan shaxs sof foyda oladi.
Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o‘rtasidagi hajm jihatidan bog‘liqlik talab funksiyasideb nomlanadi. Talab xajmining bozordagi narxga bog‘liqligining grafik chizmasi talab egri chizig‘ideyiladi.
Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonunideyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovarga bo‘lgan narx pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, teskarisi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi. Talab qonuni ikki o‘zaro bog‘langan samaralar bilan tushuntiriladi:
Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi.
Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mumkin, shu orqali unda boshqa narsalar sotib olish uchun qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi - daromad samarasi.
Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan almashtirishga harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo‘lgan talab oshib boradi – o‘rnini bosish samarasi.

Talab xajmining o‘zgarishi– tahlil qilinayotgan tovarning boshqa parametrlari o‘zgarmagan xolatida, hajmining o‘zgarishidir.


Talabning o‘zgarishi- bir yoki bir necha narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi. Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhimomillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iste’molchilarning xohish va istaklari;
Iste’molchilarning daromadlari;
Iste’molchilarning soni;
Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxlar;
Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.
Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar. Masalan choy.
O‘rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar. Masalan: kofe o‘rniga choy.
To‘ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to‘ldiruvchi tovarlar. Masalan: choy va kofeni to‘ldiruvchi shakar.
Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini quyidagilarga ajratish mumkin:
funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi talab
nofunksional talab, iste’molchilik xarakteristikalaridan tashqari, boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab.
Ommaviy iste’mol samarasideganda, tovarga bo‘lgan individual talabning oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos kelishga intilishini ko‘rsatadi.
Snob samarasi ommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish, individuallikka intilish hisoblanadi.
Ko‘rgazmali iste’mol samarasi bu shunday paradoksal holatki, bunda tovarlarga bo‘lgan talab ularni boshqa (o‘ziga o‘xshash) tovarlarga nisbatan yuqori narxda bo‘lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori obro‘-e’tiborga ega, elita ko‘rinishida bo‘lganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o‘z asarida aks ettirgan. Agarda bozordagi iqtisodiy holatni tavsiflovchi taklif ko‘rib chiqilmasa, bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama bo‘lib qoladi. Bozordagi talab xaridorlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, taklif sotuvchilar tomonidan o‘rganiladi. Ana shunda, bozor mexanizmi to‘liq tahlil qilinadi va ijobiy natijalarga erishiladi. Taklif - joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar yig‘indisidir.
Taklif xajmi Qs- joriy vaqtda bozorda sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar xajmi, soni. Ularning xajmi doimiy ravishda ishlab chiqarish va sotish xajmi bilan bir xil bo‘lavermaydi. Bir tomondan, agar bozordagi narx sotuvchilar tomonidan o‘zlarining xarajatlarini qoplash maqsadida belgilanadigan bo‘lsa, taklif xajmi real ishlab chiqarishga nisbatan ancha past bo‘ladi. Boshqa tomondan, davlat tomonidan biror-bir tovar yoki mahsulotga o‘rtatib qo‘yilgan yuqori narxlar ishlab chiqaruvchi firmalarda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin va bu orqali taklif oshib boradi, biroq, xaridorlar va sotuvchilar xatti-xarakati orqali belgilanadigan sotuv xajmi nisbatan past bo‘lishi mumkin.
Taklif narxi- joriy vaqtda, joriy joyda, mavjud tovarga sotuvchi tomonidan qo‘yiladigan minimal narx. Bozor kon’yunkturasini tahlili natijasida taklifni bozor va individual taklifga bo‘lish mumkin. Bozor taklifining xajmini alohida ishlab chiqaruvchilar takliflarni mavjud narxlar asosida qo‘shish orqali aniqlash mumkin. Bunda ishlab chiqruvchi tomonidan foydalaniladigan boshqa omillar (resurslar narxi) narxlari o‘zgarmas deb olinadi.
Taklif xajmi nafaqat narxga balki, bozor kon’yunkturasining boshqa parametrlariga ham bog‘liq. Bu bog‘liqlik taklif funksiyasideb ataladi. Uning grafik ko‘rinishi taklif egri chizig‘ihisoblanadi. Aksariyat bozorlar uchun taklif egri chizig‘i o‘sib boruvchi xarakterga ega, chunki bozordagi narx qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi firmalar mazkur tovarni ko‘proq ishlab chiqarish va sotishni istaydilar. Narxlarning yanada yuqorilab borishi firmalarga qo‘shimcha ishchi kuchi olish evaziga o‘z ishlab chiqarishlarini yanada kengaytirish va daromadlarini oshirishlariga turtki bo‘ladi.
Taklif xajmi va narxi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonunideyiladi.
Agarda biror-bir tovarga bo‘lgan narx o‘sib borsa va bunda boshqa parametrlar o‘zgarmas xolda qolsa, unda mazkur tovarga bo‘lgan taklif xajmi oshib boradi.
Taklif qonuni universal xarakterga ega emas, bozor sharoitida ayrim istisnolar ham bo‘lishi mumkin.

Taklif xajmining o‘zgarishi– ko‘rib o‘tilayotgan tovarning narxini o‘zgarishi va bozor kon’yunkturasining boshqa omilarining o‘zgarmagan holatida taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi tushuniladi.


Taklifning o‘zgarishi– tahlil qilinayotgan tovarning narxini o‘zgarmas holatida yuqoridagiga qarama-qarshi, ya’ni, boshqa narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarning o‘zgarishi tushuniladi. Taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ishlab chiqarish xarajatlari
Soliqqa tortish darajasi
Ishlab chiqrishning texnologik darajasi
Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kutishlari (istiqbollari)
Ishlab chiqaruvchilar soni
Raqobatchi tovarlarga bo‘lgan narxlar
Iste’molchi- bozor mexanizmining asosiy sub’ektlaridan biri bo‘lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xajmini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z hoxish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilarning xatti-xarakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichdaiste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichdaiste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichdaiste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi.
Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:
Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko‘rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to‘plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko‘radi. AB, B
Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitivligi).
Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko‘proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni: AB, BS.
c. To‘yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovarlar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko‘p miqdordagi tovarlarni afzal ko‘radi.
Iste’molchilik hatti-harakati – bu iste’molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.
Naflilik– tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi.
Naflilik– jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydaliligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq muddatliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b. Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, balki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi.
Yalpi naflilik– ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir tovar yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish.
Naflilik funksiyasi– iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.
Chekli naflilik– bir birlik qo‘shimcha iste’mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir. Iste’molchilik tanlovining to‘g‘rilik tamoyilibu yalpi va me’yoriy naflilik emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naflilikdir.
Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.
Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermaydi. Iste’molchining individual tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi, chunki bu turli tovarlar va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi. Byudjet chegarasi– ma’lum qiymatdagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Byudjet chegarasi iste’molchi uchun qaysi tovarlar guruhi ko‘proq nafliroq ekanligini ko‘rsatadi.Iste’molchi nimani afzal ko‘rishi va byudjet chegaralanishini ko‘rib chiqildi, endi ayrim iste’molchilar har bir tovar turidan qanchasini xarid etish uchun ularni tanlab olishini ko‘rishimiz mumkin. Iste’molchilar o‘z tanlovini oqilona bajaradilar deb taxmin qilamiz. Bu bilan iste’molchilar mavjud va chegarali byudjetiga qarab tovarlarni o‘z ehtiyojlarini maksimal ravishda qondira oladigan qilib tanlaydilar. Iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamining optimal tanlovi ikki talabga javob berishi lozim. Birinchidan, tanlov byudjet chizig‘ida bo‘lishi bo‘lishi mumkin. Ikkinchi muhim sharti, iste’mol tovarlari va xizmatlarning optimal to‘plami imte’molchilarga ular eng ma’qul ko‘rgan kombinatsiyada yetkazib berilishi lozim.
Iste’molchilik hatti-harakati qoidasi- bir tovarga sarflangan pul qiymati hisob-kitobining yuqori foydaliligi, boshqa tovarga sarflangan pul qiymatining yuqori foydaliligiga teng bo‘lsa optimumga intiladi.
Iste’molchilik muvozanatiiste’molchining byudjet harajatlari tarkibi, unga xarid qilingan jami iste’mol ne’matlari to‘plamidan katta umumiy foydalilikni ta’minlovchi holatdir. Iste’molchining yalpi nafliligini maksimallashtiruvchi tovarlar yig‘imi iste’molchining optimal nuqtasihisoblanadi.
Ideal rasional iste’molchi- Homo economicus (tejamkor kishi) – shaxsiy afzalliklari tizimini mutlaqo aniq biladigan, barcha muqobillarni hisobga oladigan va o‘zi uchun maksimal foyda olish tamoyiliga muvofiq holda qaror qabul qiladigan kishi.
Xulosa.
Raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi.
Bozor muvozanati bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo’lmaydi.
Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.
Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin