Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati


Muayyan tovar bahosi sharoitida taklifga quyidagi omillar ta’sir etadi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/4
tarix01.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#50666
1   2   3   4
talab va taklif nazariyasi. bozor mu

Muayyan tovar bahosi sharoitida taklifga quyidagi omillar ta’sir etadi:

  • Resurslar bahosi.
  • O’rnini bosuvchi va o’zaro to’ldirvchi tovarlar bahosi darajasi.
  • Ma’lum bozorning monopoliya darajasi.
  • Resurslar egasining mehnat hajmi va sarf etilayotgan kapital hajmi.
  • Davlatning iqtisodiy siyosati.
  • Soliqlarning ortishi
  • YOrdamlar va imtiyozlar tizimining amal qilishi
  • Davlatning baholarni boshqarish tizimi va siyosati mavjudligi
  • Mehnat qonunchiligi.
  • Eksport va import.
  • Ishlab chiqarish texnologiyasi.
  • Tovar ishlab chiqaruvchilar soni.

Narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ko’rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig’ini tasvirlash mumkin

Engel egri chizig’i iste’molchilar pul daromadlari o’zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to’g’risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o’z tovarlarining mumkin bo’lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talab va taklifning muvofiq kelishi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy muvozanat O’zbekistonda shuni ta’minlash.


Bozor iqtisodiyotida talab va taklif baho orqali bir-biri bilan bog’lanadi. Ular juda o’zgaruvchan bo’lib,bunga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p. Bozor iqtisodiyoti talab va taklifning mos kelishini taqozo etadi. Bunday moslik bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining talabidan kelib chiqadi. Chunki, busiz iqtisodiy o’sish amalga oshmaydi

Bozordagi haqiqiy baho talab bilan taklifning o’zaro harakati tufayli yuzaga keladi. Talab va taklif muvofiq bo’lgandagi baho muvozanat baho deyiladi.

Talab va taklif muvozanatda bo’lishi uchun bo’lgan sotuvchi va xaridorlar harakati to’rt xil o’zgarishni o’z ichiga oladi:

  • a) muvozanatlashgan tovar miqdori va bahosining o’sishi talabning o’sishini bildiradi;
  • b) muvozanatlashgan tovar miqdori va bahosining pasayishi talabning pasayishini ko’rsatadi;
  • v) muvozanatlashgan tovar miqdorining ko’payishi va bahosining pasayishi taklifning ko’payishini bildiradi;
  • g) muvozanatlashgan tovar miqdorining kamayishi va bahoning ko’tarilishi taklifning qisqarishini bildiradi.

Talab va taklif qonunlarining muvofiqligi muammolari


Erkin raqobat sharoitida qiymat qonuni asosida talab va taklif muvofiqligi vujudga kelib, bozor bahosi (muvozanat bahosi) amalga oshadi. Bozor monopoliyalarining shakllanishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi natijasida bozor monopoliyalari yoki davlat tomonidan baholarning belgilanishi sodir bo’ladi. Belgilangan baho muvozanat bahosi miqdoridan past yoki baland bo’lishi mumkin.

E'tiboringiz uchun rahmat

E'tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin