Talab va taklifning mos kelish xolati. Bozorning muvozanatga kelishi



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə7/14
tarix16.12.2022
ölçüsü322,08 Kb.
#75626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Talab va taklifning mos kelish xolati. Bozorning muvozanatga kel

Narxlari oshishi . Kamchiliklar muammosi yuzaga kelishi zarur.

  • Kam narx . Haddan tashqari ishlab chiqarishga yordam berishi mumkin.

  • Muammolarni rag'batlantirish . Kamchilikni bartaraf etish mumkin, lekin narxlarni pasaytirishga olib keladi.

  • Chiqib ketish . Narxlarni ko'tarish va ortiqcha muammolarni bartaraf etish kerak.

    Xususiy va umumiy muvozanat.
    Milliy iqtisodiyot darajasida to’liq bandlikka erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishish, makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va umuman takror ishlab chiqarish ham iqtisodiyotning barcha darajasida, ya’ni mikro va makroiqtisodiyot darajasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlanib turilishini zarur qilib qo’yadi. Shunday ekan, iqtisodiy muvozanatlik, iqtisodiy o’sish va takror ishlab chiqarish jarayonining eng muhim va asosiy shart-sharoiti bo’lib yuzaga chiqadi. Iqtisodiy muvozanatlikga ta’rif berishdan oldin iqtisodiy fan tarixida bu muammo bo’yicha ancha keng tarqalgan yondashuvlarga aloh.ida e’tiborni qaratamiz.
    Iqtisodiyot fan tarixida iqtisodiy muvozanatlik tushun–chasiga turlicha qarashlar mavjud bo’lib, ularni umumlashtirilgan holda ikkita yo’nalishga ajratish mumkin.
    Birinchi yo’nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga kelish va rivojlantirilishining tarixiy bosqichlari bilan bog’liq bo’lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha etib keladi. Bu yo’nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko’plab model-lari mavjud bo’lib ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan:
    1.Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Kene tomonidan XVIII asrda Frantsiya misolida tushuntirilib berilgan.)
    2.Oddiy va kengaytirilgan kapitalistik ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. ( XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan.)
    3.Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan.)
    4.«Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev asos solgan.)
    5.Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Keyns siklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko’rsatib bergan.)
    6.Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi ikkinchi yo’nalish sobiq sotsialistik lager mamlakatlari iqtisodiy tizimining inqirozga uchrashi oqibatida vujudga keldi. Bu mamlakatlarda shiddatli tarzda ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklar, ya’ni iqtisodiy o’sish sur’atlari va bandlik darajasining surunkali pasayib borishi, inflyatsion jarayonlarning noxush oqibatlari hamda takror ishlab chiqarishdagi doimiy ravishda vujudga kelib turgan boshqa nomutanosibliklar, makroiqtisodiy muvozanatlikka erishish orqali iqtisodiy o’sishni zarur qilib qo’ydi. Bu nazariya iqtisodiy fanlar oldiga «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini, uni ta’minlashning shart- sharoitlarini va namoyon bo’lish shakllarini ilmiy nazariy tadqiq qilish vazifasini ham qo’yadi.
    Yuqoridagi barcha qarashlarni umumlashtirib, iqtisodiy muvozanattushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
    Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o’zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
    Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko’rsatish mumkin. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to’liq darajada ifodalaydi.

    Yüklə 322,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin