GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI
Fanidan
Mustaqil
topshiriq
Talaba: Adilova Guljaxon Namozovna
JIZZAX- 2023
Geografiya eng qadimgi va
hamisha
navqiron fanlardan
biri. Geografik kashfiyotlar,
g‘oya va bilimlarning
rivojlanish
xususiyatlariga
asoslanib, bu fanning
tarixida quyidagi
bosqichlarni ajratish
mumkin.
Qadimgi yoki antik davr bosqichi
. Ibtidoiy
odamlarning o‘zi yashab turgan joyni o‘rganish, yashash
uchun qulay, tabiiy resurslarga
boy joylarni topish va
tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki
Geografik bilimlar to‘planib borgan. Er.avv. 2-ming
yillikda finikiyaliklar O‘rta dengizdan Gibraltar
bo‘g‘izi orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab
Hindistongacha suzib borganlar.
Shu paytdan Osiyo va
Yevropa nomlari paydo bo‘lgan.
1.Qadimgi davrda geografiya ta’limining rivojlanishi.
Qadimgi davrda geografiya fani va
ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga
bo’lib o’rganish mumkin:
a) geografik
bilimlarning dastlabki
to’planishi;
b) geografiya fanining shakllanish va
rivojlanish.
•
Gomer er.avv.XII asrda O‘rta dengiz va uning
atrofini tasvirlovchi dunyo xaritasini tuzdi.
Pifagorning shogirdlari er.avv. VI asrda Yerning
sharsimonligini aytdilar. Aristotel, er.avv.IV asrda,
Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari
mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi.
Olamning
markazida Yer turadi degan
geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen
er.avv. III asrda birinchi bo‘lib Yerning kattaligini
o‘lchadi va "Geografika” nomli kitobini yozib,
geografiya fanining mustaqil fan bo‘lib
chiqishiga asos soldi. Eramizning II asrida
Ptolemey 8 jildlik "Geografiya” asarini yozdi va
xaritalarni tuzishda kartograf ya proyeksiyalar va
daraja to‘rini ixtiro qildi, dastlabki "Atlas” ni
yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 jilddan
iborat "Geografiya” asarini yozdi.