Talaba: Anvarxo’jayeva Muslima Guruh: 1-bts-22 guruh Fan: Psixologiya Topshiriq: Mavzu tahlili Mavzu: Ivanov va Zufarovlar tahriri ostida chiqqan umumiy psixologiya darsligidan temperament mavzusini tahlil qilish Reja
Talaba: Anvarxo’jayeva Muslima
Guruh: 1-BTS-22 guruh
Fan: Psixologiya
Topshiriq: Mavzu tahlili
Mavzu: Ivanov va Zufarovlar tahriri ostida chiqqan umumiy psixologiya darsligidan temperament mavzusini tahlil qilish Reja: Temperament va temperament tiplari haqida umumiy tushuncha
Temperamentning fiziologik asoslari
Temperamentning o‘zgarishi
Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘Iadigan individual xususiyatlardir. Kishining temperament va xarakter xususiyatlari bir-biriga shunday yaqindan bog‘lanib (to‘g‘rirog‘i qo‘shilishib) ketgandirki, ularning qaysi biri xarakter xususiyatlariga taalluqli ekanligini, odatda, hayot sharoitida ajratish qiyin bo‘ladi.
Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug‘ma xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan individual xususiyatlarini tushunam iz. l.P. Pavlov temperamentni quyidagicha ta’ritlaydi: «Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sislemasining asosiy xarakteristikasidir». Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alishlarida va kishidagi um um iy harakatchanlikda ko'rinadigan individual xususiyatdir. H ar qaysi kishidagi hissiyotning q o ‘zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil boMadi. Bir xil odam lam ing hissiyoti tez, kuchli qo'zg'aladi va barqaror bo’ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo‘zg‘alish sust, zaifboMib, uzoqqa borm aydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo'zg‘alishlari bilan birga, organizm ning atroldagi muhit la’siriga javoban ko'rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantom imikalarida, har xil beixtiyor ish-harakat va im o-ishoralarida ko'rinib turadi.
Kishi hissiyotining bunday qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlar, jum ladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir xil odam lam i «tez», «betoqat», «serg‘ayrat», «jo'shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyatlardan kishining tem peram enti (mijozi) tarkib topadi. Ayrim tem peram entlarning alom atlari kishining bolalik chogMarida yaqqol nam oyon bo‘ladi. H ar bir kishining o ‘z tem peram enti bo‘ladi. Lekin har qaysi odam ning tem peram entlarida m ana shunday individual tafovutlar boMishi bilan birga, bu tem peram entlarning umumiy, o‘xshash belgi va alom atlari ham boMadi. H am m a xilma-xil tem peram entlarni m ana shunday um umiy belgilariga qarab ajratish, y a’ni klassifikatsiya qilish m um kin. Parcha tem peram entlarni qadim dan to ‘rt tipga: 1) xolerik, 2) sangvinik, 3) m elanxolik va 4) flegm atik tem peram entga ajratish rasm boMgan. Xolerik tem peram ent — hissiyotning tez va kuchli qo‘zg‘aluvchanligi, barqaror boMishi bilan farq qiladi. Xolerik tem peram entli kishilarning hissiyotlari ularning im o-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko‘rinib turadi. X oleriklar qizgMnlik va tajanglikka moyil boMadilar. Bunday tem peram entli kishilar chaqqon, um um an harakatchan, serg‘ayrat va har doim urinuvchan boMadilar. Bu xil tem peram entli bolalar serg'ayrat boMadilar. U lar bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan boMadilar. U lar ko'pchilik bilan jam oa o'y in lar o ‘tkazishni sevadilar va bunday o'yinlarni ko‘pincha o'zlari boshlab, oxirigacha faol qatnashadilar. Xolerik tem peram entli bolalar arazchan, serjahl va tajang boMadilar. Bir narsadan xafa boMsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli boMadi. Sangvinik tem peram ent — hissiyotning tez, kuchli q o ‘zg ‘aluvchanligi, lekin beqaror boMishi bilan farq qiladi. Sangvinik tem peram entli kishilarning kayfiyati tez-tez o'zgarib, bir kayfiyat o'ziga teskari boMgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez alm ashib turm og'i mumkin. Sangviniklardagi psixik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o'tadi. Bu xil tem peram entli kishilar ildam , chaqqon, serharakat va jo ‘shqin boMadilar. Sangvinik tem peram entli kishilar tevarak-atrofdagi voqealardan tez ta ’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar ham da ko‘ngilsiz hodisalar uncha qattiq xafa qilmaydi. U lar ko‘p ishga tez va g'ayrat bilan kirishadigan boMadilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq davomli sur’atda bajarishga moyil boMmaydilar. Sangvinik tem peram entli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon boMadilar. U lar har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo’ladilar.
K o‘pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga b o ‘yinlariga oladilar. Lekin, h ar b ir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari ham mumkin. Sangviniklar chin ko‘ngildan va’dalar berishlari, lekin, ko‘pincha, va’dani unutib, uni bajarm asliklari ham m um kin. Bu xil tem peram entli bolalar o ‘yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o ‘yin davom ida, o ‘z rollarini tez-tez o ‘zgartirib turishga moyil bo'ladilar. U lar darrov xafa bo‘lishlari va yig‘lashlari m um kin, lekin ular xafalikni tez unutadigan bo'ladilar. Ularning yig‘isi kulgi bilan tez alm ashadi. M elan xolik tem peram ent — h issiy o tn in g se k in , lekin kuchli q o ‘zg ‘aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farq qiladi. M elanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo‘ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo'ladi. M elanxolik tem peram entli odam lar sustkash b o ‘ladilar. Melanxolik tem peram entli odam ishga birdan kirishmasligi m um kin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazm ay qo'ym aydi. B unday tem peram entli bolalar m o‘m in -q o b il, yuvosh bo'ladilar, ko‘pincha, birov savol bilan m urojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. U larni darrov xafa yoki xursand qilish yengil em as, lekin bir narsadan xafa b o ‘lsalar, bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror bo'ladi. U lar bir ishga yoki o ‘yinga tez yopishib kirishm aydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o ‘yin boshlasalar, bunda chidam va m atonat ko‘rsatadilar. Flegmatik temperament — hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘aIishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik tem peram entli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo'ladi. Bu xil tem peram entli odam - larni xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish ancha qiyin. Flegm atiklarning psixik jarayonlari sust bo'ladi. Bu xil tem peram entli odam lar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salm oqli bo'ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni q at’iyat bilan davom ettiradilar. Flegm atik tem peram entli bolalar yuvosh, m o 'm in qobil bo'ladi. U lar ko'pchilikka aralashmaydigan, tortinchoq va hech kimga tegm aydigan, birovni ranjitmaydigan bo'ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarm oqchi bo'lsa, o'zlarini chetga olishga harakat qiladilar. U lar shovqin-suronli, harakatli o'yinlarga moyil bo'lm aydilar. Bu xil tem peram entli bolalar jizzaki bo'lm aydilar va odatda ular o'yin-kulgilarga moyil emaslar. Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko'rsatishga moyil bo'lm aydilar, lekin ular faoliyati yo'lga qo'yilsa, ancha qunt bilan ish ko'radilar, yaxshi o'qib ketishlari m um kin. H arqaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig'dirib» bo'lm aydi, albatta. Tip tushunchasining o'zi faqat bir-birlariga o'xshash bir guruh odam larnigina o'z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam tem peram entida o ‘ziga xos individual xususiyatlari boMadi, bu xususiyatlarni batam om muayyan bir tem peram ent tipiga kiritib boMmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o'zigagina xos xususiyatdir. K o‘pchilik odam larda bir tip tem peram ent alom atlari ikkinchi bir tip tem peram ent alomatlari bilan qo'shilgan boMishini ko'ram iz; chunonchi, xolerik tem peram entli kishida melanxolik yoki flegm atik tem peram ent alom atlari boMishi, sangvinik temperamentli kishida xolerik va flegmatik tem peram ent alomatlari boMishi mumkin va hokazo. O dam larni faqat ularda qaysi tem peram ent belgilari ustun boMsa, shunga qarab, m a’lum bir tem peram ent tipiga kiritish mumkin.
Temperament haqidagi ta ’lim ot dastlab qadimgi (bizning eram izdan oldingi 460—356-yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tom onidan yaratilgan. U ning ta ’lim otiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «tem peram ent» term ini ham ishlatiladigan boMdi, shuningdek, ham m a to ‘rt tip tem perament nom lari o'rnashib qoldi.
Xulosa Ammo temperament haqida bayon qilingan bu fikrlardan odam temperamentining barcha xususiyatlari albatta nerv sistemasining tuzilish xususiyatlari bilan qat’iy ravishda belgilanadi va o ‘zgarmaydi, degan xulosa chiqarish yaramaydi. Nerv sistemasining m a’lum bir tipi faqat shaxsda m a’lum sifatlarga moyillik vujudga keltiradi, unga zamin hozirlaydi, xolos. Temperamentga xos b o ‘lgan xususiyatlami kishi o ‘z irodasi, istagi bilan o ‘zi o ‘stira oladi, birmuncha yo'qota yoki o ‘zgartira oladi. Kishi tem peramenti xususiyatlaridagi bunday o'zgarishlar kishining shaxsiy istagi bilangina vujudga kelib qolmay, balki, kishining hayot tajribasi jarayonida, tevarak-atrofdagi muhit ta ’siri, asosan tarbiya ta’siri ostida ham vujudga keladi. Nerv faoliyatining o ‘zi qandaydir o ‘zgarmaydigan bir narsa emasligini I.P. Pavlov takror-takror uqtirib o ‘tgan. U nerv sistemasining faoliyati «turmush beradigan tarbiya ta’siri bilan» o ‘zgarishi mumkin va bir shaklga kirgan nerv faoliyati faqat tug'ma nerv sistema tipi bilangina belgilanmasdan, balki organizm hayotining butun tarixi bilan ham belgilanadi, deb hisobladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Xaydarov F.I., Xalilova N. ―Umumiy psixologiya‖. T.: ―Fan va texnologiyalar‖ markazining bosmаxonasi : 2009.
Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. СПб: Питер, 2007.
Дусмухамедова Ш.А.,Нишонова З.Т., Жалилова С.Х., Каримова Ш. К., Алимбаева Ш.Т. ―Ёш ва педагогик психология‖ T. TДПУ, 2013 .
Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. ―Psixologik xizmat‖.T. ―Fan va texnologiyalar‖ nashriyoti 2014 y