Talaba F. I. Sh ergashev D



Yüklə 171,36 Kb.
səhifə4/6
tarix19.06.2023
ölçüsü171,36 Kb.
#132519
1   2   3   4   5   6
Innovatsiya

Biznes reja – bu…


Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi.


Biznes rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar (xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakkllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi.

  1. Vertikal diversifikatsiya bu…

Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Bundan tashqari uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq.



  1. Yüklə 171,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin