Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati


Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatining tashkiliy shakllariga quyidagilar kiradi



Yüklə 28,43 Kb.
səhifə9/11
tarix02.01.2022
ölçüsü28,43 Kb.
#36678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
doton aka

3.2. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatining tashkiliy shakllariga quyidagilar kiradi:

–       o’quv rejaga muvofiq amalga oshiriladigan o’quv-tadqiqot ishlari, talabalar ilmiy va ijodiy to’garaklari hamda ilmiy seminarlar;

–       muammolar buyicha talabalar ilmiy guruxlari, laboratoriyalar va boshqa ilmiy-ijodiy uyushmalar;

–       turli manbalardan moliyalashtirilayotgan (davlat byudjeti, shartnomalar, grantlar va h.k.) ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga talabalarni jalb etish;

–       kafedra, fakultet ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida professor-o’qituvchilarning bevosita ilmiy rahbarligi ostida talabalarning mustaqil ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarini tashkil etish;

–       ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, simpoziumlar, musobaqalar, talabalar ilmiy ishlari ko’rgazmasi, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha olimpiadalar hamda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini namoyon qiladigan tanlovlar;

–       o’quv va ilmiy jarayonni kompyuterlashtirish, talabalarning zamonaviy uslublar va hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanishni o’zlashtirishi uchun yagona axborot muhitini yaratish;

–       ilmiy-texnikaviy tadbirkorlikni va innovatsion biznesni o’rgatish maqsadida talabalarni ilmiy-texnologik parklar va boshqa innovatsion tuzilmalarga jalb etish.

 

3.3. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish fakultet va TKTI ilmiy kengashi, ilmiy bo’linmalari va kafedralar tomonidan amalga oshiriladi.



 

3.4. TKTI da talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlashga institut rektori, ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha rektor muovini, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari mas’uldirlar.

 


Yüklə 28,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin