Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati


Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab quvvatlash va rag’batlantirish



Yüklə 28,43 Kb.
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü28,43 Kb.
#36678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
doton aka

4. Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab quvvatlash va rag’batlantirish

4.1. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

–       turli ta’lim bosqichlarida talabalarning ilmiy-ijodiy ishlarini baholash natijalarini qayd etish;

–       ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-texnikaviy ijod bilan faol shug’ullanayotgan talabalarni turli jamg’armalar, tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan stipendiyalarga tavsiya etish, faxriy yorliqlar, medallar, diplomlar va laureat nomi bilan taqdirlash, turli maxalliy va chet el talabalar ilmiy forumlarida qatnashish uchun safarlarga yuborish;

–       aspiranturada tahsil olish yoki TKTI ni bitirgandan so’ng ishga joylashish uchun tavsiyalar berish;

–       talabalar ilmiy-ijodiy faoliyati tizimida faol ish olib borayotgan kafedralar, laboratoriyalar, ilmiy jamoalarni, professor-o’qituvchilarni moddiy va ma’naviy taqdirlash.

4.2. Ilmiy-ijodiy ishlarda ishtirok etayotgan talabalar, ilmiy to’garaklar va boshqa ilmiy-ijodiy uyushmalar a’zolari, TKTI o’quv va ilmiy bo’linmalarining jihozlari, laboratoriya uskunalari, hisoblash va boshqa texnik vositalaridan, kommunal xizmatlardan bepul foydalanadi.

4.3. TKTI tavsiyasiga binoan fakultet Ilmiy kengashi qarori bilan talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirishda alohida jonbozlik ko’rsatayotgan, bu borada salmoqli natijalarga erishayotgan professor-o’qituvchilarning o’quv ko’lamalari 1540 soatli yillik yuklamaning umumiy hajmini saqlab qolgan holda 20% gacha kamaytirilishi mumkin.

4.4. TKTI da talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatiga tizimli asosda iqtidorli talabalarni jalb etishga erishayotgan, “ustoz-shogird” tizimi asosida o’zining ilmiy maktabini yaratayotgan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga salmoqli xissa qo’shib kelayotgan professor-o’qituvchilar TKTI Ilmiy kengashi qarori bilan 100% gacha ustama xaq bilan  rag’batlantiriladilar.

 


Yüklə 28,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin