1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini TKTI ning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi yagona o’quv-tarbiyaviy, ilmiy va amaliy-o’quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
1.2. Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyati talabalarni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish hamda ularning ilmiy va texnikaviy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali TKTI bitiruvchilarining professional-kasbiy mahoratlarini yuqori darajaga ko’tarishning muhim vositalaridan biridir.
1.3. TKTI talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va uni faoliyatini amalga oshirish Institut “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti bilan birgalikda tashkillashtiriladi;
1.4. TKTI da talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi Qonunlari, TKTI Nizomi va mazkur “namunaviy Nizom” orqali muvofiqlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |