Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati


Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatining maqsad va vazifalari



Yüklə 28,43 Kb.
səhifə7/11
tarix02.01.2022
ölçüsü28,43 Kb.
#36678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
doton aka

2. Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatining maqsad va vazifalari

2.1. TKTI da talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini etishdan asosiy maqsad:

–       talabalarning kasbiy-ijodiy tayyorgarligi darajasini ko’tarish, ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish shakllarini mukammallashtirish, ilmiy maktablarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish;

–        fan va texnikaning dolzarb masalalarini hal etishda talabalarning ijodiy salohiyatidan unumli foydalanish, talabalarni ilmiy-ijodiy mehnatga tayyorlash, ularning ilmiy-texnikaviy hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z kasbi va mutaxassisligining ilmiy uslublarini o’rgatish;

–       talabalarning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, malakali mutaxassis yoki tadqiqotchi uchun muhim bo’lgan sifatlarni, ko’nikmalarni va mahoratni shakllantirish;

–       talabalarning TKTI ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnikaviy foliyatida keng ishtirok etishini ta’minlash, ilmiy maktablar va yuqori malakali ilmiy jamoalarni shakllantirish yo’li bilan mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga hamda o’quv-ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanishga ko’maklashish;

–       TKTI dagi ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiyaviy ishlarning samarali amalga oshirilishida, ayniqsa talaba-yoshlarning milliy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni egallashlari uchun professor-o’qituvchilar jamoasiga hamda institut “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotiga ko’maklashish;

–       “Sog’lom avlod”, “Barkamol avlod” kabi mamlakat miqyosida sog’lom va barkamol avlodlarni shakllantirish, yoshlarning aqliy fikrlash doirasini kengaytirish ishlarini yanada takomillashtirish bo’yicha tashkillashtiriladigan “Universiada”, “Barkamol avlod” sog’lomlashtirish sport o’yinlari, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi yirik tadbirlarda TKTI talabalarining ishtirokini ta’minlashda amaliy yordam ko’rsatishdan iboratdir.

 

2.2. TKTI talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish hamda yosh ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasidagi asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:



–       ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanishga hohishi va qobiliyati bo’lgan iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish hamda ularning ilmiy va texnikaviy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

–       TKTI da olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalarning keng ishtirokini ta’minlash, yoshlarning turli shakldagi ilmiy ijodini rivojlantirish uchun tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

–       kafedralar va fakultetlarda talabalar ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ruyobga chikarish imkonini beruvchi o’quv-ilmiy laboratoriyalar, markazlar tashkil etish;

–       talabalarning o’quv mashg’ulotlari va ilmiy tadqiqot ishlari integratsiyasini ta’minlash, mustaqil ish, kurs loyihasi, malakaviy bitiruv ishi doirasida turli xildagi faol o’quv-tadqiqot jaryonlarini tashkil etish;

–       TKTI da talaba-yoshlarning fakultetlar, institut, boshqa oliy o’quv yurtlari va respublika miqyosida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport va sog’lomlashtirish hamda erkin ijodiy (san’at va gumanitar-ijtimoiy sohalar bo’yicha) tadbirlarda ishtiroki uchun shart-sharoitlar yaratish.

 

2.3. TKTI talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab-kuvvatlash va rivojlantirish maqsadida:



–       talabalarni TKTI da olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yo’nalishlari va ularning natijalari bilan tanishtirib boradi hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga talabalarni jalb etish xizmatini tashkil etadi;

–       fakultetlar, institut va oliy ta’lim muassasalari doirasida olimpiadalar, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari, erkin ijodiy (san’at, sport va ijtimoiy-gumanitar sohalar bo’yicha) tanlovlarni hamda talabalar ilmiy konferentsiyalarini tashkil etadi;

–       tanlov asosida iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ular ichidan eng, bilimdon va iqtidorlilarini Davlat stipendiyalariga tavsiya etadi;

–       ilmiy kengash qaroriga muvofiq e’tiborga loyiq ilmiy va ijodiy natijalarga erishgan talabalar va ularga rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun rektorga, institut ilmiy kengashiga tavsiya beradi.

 


Yüklə 28,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin