Tаlаbаlаr sоni: O’quv sоаti 2 sоаt



Yüklə 473,38 Kb.
səhifə3/12
tarix22.10.2023
ölçüsü473,38 Kb.
#159763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
8-Ma’ruza Flash texnologiyasi. Dasturning asosiy ish soxalari v-fayllar.org

guruhlarda ishlash.

o’qitish vоsitаlаri


mа’ruzа mаtni, kоmpyutеr tехnоlgiyasi,


dоskа

o’qitish shаkllаri




frоntаl, kоllеktiv ish

o’qitish shаrоiti


kоmpyutеr, multimеdiа prоеktоr (yoki prоеktоr vа LCD pаnеl)


Mоnitоring vа bаhоlаsh


Tеst, оg’zаki sаvоllаr




O'quv animatsion lavhalarni tayyorlashning zamonaviy vositalarimаvzusidаgi mа’ruzа mаshg’ulоtining tехnоlоgik хаritаsi (2 sоаt)


Fаоliyat bоsqich-lаri


Fаоliyatining mаzmuni


O’qituvchi


Tаlаbа


1-bоsqich

Kursgа vа mаvzugа kirish

(20 min)


1.1. Mavzuga olib keluvchi faolashtiruvchi savollar orqali talabalar e’tiborini darsga qaratib oladi.( 1-ilova).


Tinglаydilаr


1.2 O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.


Tinglаydilаr






2bоsqich. Аsоsiy bo’lim

(50 min)


  1. Mаvzu rеjаsi vа tаyanch tushunchаlаr bilаn tаnishtirаdi.(4 – ilоvа)


Mаvzu nоmini yozib оlаdilаr
    1. Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari haqida ma’lumot beradi;



Tinglаydilаr. kоnspеkt qilib bоrаdilаr.


2.3. O’qitishning tashkiliy shakllari bir qator mezonlar: o’quvchilar soni, o’qish joyi va boshqalar bo’yicha tasniflanishi haqida ma’lumot beradi;


Mоhiyati o’rgаnilаdi


2.4. O’qitishning individual, guruhli, frontal shakli haqida ma’lumot beradi;


Hаr bir tаyanch tushunchа vа ibоrаlаrni muhоkаmа qilаdilаr, qayd qiladilar.


3-bоsqich.

Yakun-lоvchi

(10 min)


  1. Mavzu bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligini ma’lum qiladi.


Sаvоllаr bеrаdilаr


  1. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.


Tinglaydilar
  1. T-sxema texnologiyasi – jadvalni to’ldirish, undan foydalanish qoidalarini tushuntiradi.




Mustаqil o’rgаnish uchun tоpshiriqlаrni yozib оlаdilаr






















Кompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 - yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuteranimatsiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi.


Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlarbilan ishlashning barcha ko’rinishlarini o’z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik
o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik obyektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash,o’zgartirish va tahrirlashdir.
Кompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
Кompyuter grafikasi – informatikaning maxsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi.
Virtual fazoda xajmli obyektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D)grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. 2D- animatsiya 3D-animatsiya
2. Flash texnologiyaisiga kirish Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo’lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo’shish mexanizmlarini birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni
qo’shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo’lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin. Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlarini yaratish imkoniyati SWF formatining Web-dizaynerlar o’rtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi. Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi (xozirda bu dasturlar Adobe firmasiga tegishli) tomonidan ikki asosiy tarmoq brauzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi. Bu esa, o’z navbatida SWF ni Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brauzerlar yaratuvchilari SWF formatini o’z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yo’lni boshqa yirik dasturiyta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi ) ham tutishdi. Yana bir bor aytish kerakki, agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilanta’minlamaganda bu format shunchalik ko’p muxlis orttirmagan bo’lardi. Xozirgi vaqtdaushbu uskunalarni bir qancha to’liq to’plamlari mavjud.

Ushbu uskunalarni bir turi (Director Shockwave Studio) multimediyali prezentasiyalar yaratish, boshqalari (FreeHand va Fireworks) grafik tasvirlar, uchinchilari esa (Authorware vaCourseBuilder) interaktiv o’rgatuvchi kurslarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin Webyaratuvchilar orasida eng ko’p ishlatiladigani bu Adobe Flash dir, chunki ushbu dastur xar qanday saytga mashxurlik olib keluvchi Web-saxifalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning uchundir SWF formatini oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan. Shunday qilib Flashtexnologiyalari quyidagilardan iborat:


∙ vektorli grafika;
∙ animatsiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;
∙ interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;
∙ sinxron ovoz qo’shish imkoniyati;
∙ HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportni ta’minlash;
∙ platformali mustaqillik
∙ Flash-filmlarni avtonom rejimda ham, Web-brauzer yordamida ham ko’rishning imkoniyati mavjud. Vizual yaratish uskunalari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini ko’plab murakkab operatsiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik aspektlarini o’rganish zarur bo’lmaydi Flash - bugungi kunda bu texnologiyani qo’llanilishining asosiy yo’nalishi bu chiroyli va dinamik Web-saxifalar yaratishdir. Flash-filmni brauzerda namoyish etilishini ikki usuli mavjud:
uni SWF formatida saqlash, so’ng sichqoncha yordamida fayl belgisini shu fayl saqlanadigan katalogdan brauzer oynasiga o’tkazish .
∙ Flash-filmni HTML formatiga eksport qilish, so’ng oddiy usul bilan brauzerda o’chish. Flash-filmni HTML-kodga o’tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish yoki Plug-inkomponentlarini qo’shishga o’xshashdir. Internet Explorer brauzeri uchun HTML-kodigao’tkazish tegi yordamida Netscape brauzeri uchun esa tegi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ikki saqlash ham Flash-filmni tushunishi uchun, Flash o’z filmlarini HTML sahifaga konvertasiya qilganda bu ikki tegni qo’shadi. Shu bilan birga dasturchi
teglarning ko’rsatkichlaridan foydalanishi yoki o’zining ko’rsatkichlarini berishi mumkin. Flash-filmlarni Web-saxifa elementlari sifatida ishlatish turli tumandir. Bulardan ayrimlari quyida keltirilgan:
∙ saxifani estetik ko’rinishini oshirish uchun mo’ljallangan «oddiy» animatsiya;
∙ foydalanuvchi harakati (sichqonchani siljitish, tugmachani bosish)ga boq’liq bo’lgan animasiyalashgan tugma, bunday tugma giperishorat sifatida ishlatilishi mumkin yoki biror-bir vazifani bajarish mumkin (masalan, brauzerni yangi oynasini ochish, tashqi faylni yo’qlash va b.);
∙ Web-saxifa foydalanuvchilaridan biror-bir ma’lumotni qabul qilishga mo’ljallangan forma ko’rinishida; Zarurat tug’ilganda Flash ni oddiy, «statik» faqat giperishoratlar ko’rinishidagi interaktiv elementlarni an’anaviy ko’rinishidagi HTML-sahifalar yaratish uchun ham ishlatish mumkin. Bunday variant Flash ni ham matn bilan ham aloxida tasvirlar bilan ishlash imkoniyatidan kelib chiqadi.

Yüklə 473,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin