58
TALABALARNING KASBIY-IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Xamidova Mohinur Ibrohim qizi
Termiz davlat Pedagogika instituti
Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich talim )yo’nalishi
2-bosqich magistranti
Email:mohinurxamidova506@gmail.com
Tel:+99899 586 991
https://doi.org/10.5281/zenodo.7779669
Annotatsiya :
Ushbu maqolada talabalarning kasbiy –ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning
pedagogic muommolari,kasbiy tushunchalar ,qobiliyat
va ijodkorlik tushunchalari ,kasbiy
pedagogik bilimdonlikning komponentlari,kasbiy ijodiy qobiliyatlar tuzilmasi bloklari , kasbiy
–ijodiy qobiliyatlar tizimi va Oliy ta’limda mustaqil fikrlovchi talabalarni yetishtirish kabilar
tasniflandi.
Asrlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuvida insoniyat hayotining barcha sohalari yangi
bosqichga kirib borishga tayyorlanib bormoqda. Biz hozirgi vaqtdagi oliy pedagogik taʼlim
tizimida talabalarni kasbiy tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlarning zarurati to‘g‘risida
taʼkidlaymiz. Mazkur tayyorlovdagi asosiy masalalardan biri talabaning pedagogik madaniyati,
uning pedagogik texnologiyalarni egallaganligi darajasi to‘g‘risidagi masalalar bo‘lib, ularni hal
etish kasbiy-pedagogik qobiliyatlarni, talaba shaxsining ijodiy sifatlarini shakllantirish va
rivojlantirishga bog‘liqdir.
Mamlakatimizning yuridik asosiy hujjatlaridan yangi tahrirdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni,
“Oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim” to‘g‘risidagi qonuni, “Asosiy umumiy taʼlimning davlat
taʼlim standartlari”, shuningdek, Prezident farmonlari qonunchilik bazasini taʼlim tizimining
amal qilishi uchun tayyorlaydi Mazkur hujjatlarning mohiyati davlat taʼlim tizimining
rivojlanish strategiyasini belgilashdan iboratdir. O‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash sohasidagi
davlat asosiy hujjatlaridan foydalanishning maqsadi qonunda belgilangan talablarga muvofiq
ravishda oliy taʼlim muassasasidagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi
qonunida asosiy prinsiplar
va qonun-qoidalar belgilangan bo‘lib, ularning asosida O‘zbekiston taʼlimining rivojlanishi
qonuniy mustahkamlangan g‘oyalarini amalga oshirishning strategiya va taktikasi quriladi [1].
Biz hozir shu qonunlarga tayangan holda bir qator shu mavzu bilan shug’ullangan insonlarning
ishlarini ko’rib chiqamiz.
Sh.U.Qosimov tomonidan kasbiy tushuncha muayyan kasbiy obʼekt, hodisa yoki jarayonlar
xususiyatlarining umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalashini taʼkidlagan.
Shuningdek, kasbiy tushunchalarni umumiy kasbiy, xususiy kasbiy,
aniq kasbiy va mavhum
kasbiyga ajratgan.
Umumiy kasbiy tushunchalar
bir xil nom bilan ataladigan turdosh kasbiy
obʼektlar, hodisalar va jarayonlar majmuini o‘z ichiga oladi. Ular baʼzan “kasbiy terminlar” deb
ham yuritiladi.
Xususiy kasbiy tushunchalar
faqat bitta kasbiy obʼekt, hodisa yoki jarayonga
tegishli bo‘ladi va faqat uning o‘ziga xos ekanligini ifodalaydi.
Xususiy kasbiy tushunchalar
boshqa joyda takrorlanmaydi va bunday tushunchalarning har biri undan ajratib bo‘lmaydigan
muayyan nomga ega bo‘ladi.
Aniq kasbiy tushunchalar
aniq kasbiy obʼektlar yoki hodisalarni
59
aks ettiradi.
Mavhum kasbiy tushunchalar
esa fikrlash orqali kasbiy obʼektlar yoki hodisalarning
belgilari va xususiyatlarini ifodalaydi [2.].
Kasbga qiziqish, undan manfaat topish insonning o‘ziga, qolaversa otaonasi, jamiyatga
kerakligini anglash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bular esa yoshlar oldiga ko‘plab
vazifalarni qo‘yadi:
o‘zi uchun foydali bo‘lgan kasbni to‘g‘ri tanlay olish;
bu kasbni yaxshi egallash va o‘z kasbining ustasi bo‘lib yetishish;
kasbiga doir ko‘plab bilimlarni
egallash;
kasbiga ijodiy yondasha olish;
mehnatsevar, o‘z ishini tashkil qila oluvchi, kasbiga xos axloqni egallash;
o‘zining shogirdlarini yaratishga intilish;
jamiyatga va ota-onasiga yaxshi nomlar bilan maqtov olib kelish;
kelajakda nafaqaga chiqishga ehtiyojlar paydo bo‘lganda o‘zining
ishini davom ettiruvchi
shogirdlarni yaratish va o‘z maktabini qoldirish;
kasbini o‘ziga xizmat qiluvchi va kelajagini taʼminlovchi hunar sifatida shakllantirish.
Bu kabi vazifalar kasb-hunarni egallab borayotgan va yangi bir ko‘rinishga ega bo‘lgan
kadrlarni tayyorlashda eng muhim jarayonlar hisoblanadi [3].
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to‘rtta komponenti bilan tavsiflanadi:
shaxsga, insonga yo‘nalganlik;
pedagogik voqelikni izchil idrok etashi;
fan sohasiga yo‘nalganlik;
pedagogik texnologiyalarni egallash.
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi bosqichdir. Ayni
shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi yoki nomuvofiqligi aniqlanadi.
Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) metodlaridan kasbga yo‘naltirishning faqat yakunlovchi
bosqichida foydalanish mumkin, deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lur edi. U yoki bu ko‘rikdan
o‘tmagan yigit yoxud qizga tanlagan kasbi zid bo‘lishi ham mumkin
Shu boisdan kasb tanlash boshlang‘ich bosqichda ham, shuningdek yakunlovchi bosqichda ham
o‘tkazilishi lozim.
Qobiliyat-shaxsning biron bir faoliyat yuzasidan bilim ko’nikma
va malakalarni boshqalarga
nisbatan tez va oson o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan psixologik xususiyatdir .
«Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi.
60
Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyatining
yuqori jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning barcha jarayonda olib borgan mehnatida namoyon
bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ijod turlari yaratish faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi,
tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar
ijtimoiy hodisa va munosabatlarga bog’liq.
Bugungi kunda olib borilayotga ta’lim sohasiga oid islohotlar o’z ishiga ijodiy yondashuvchi,
fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak
davlat ta’lim standartiga javob bera oladigan malakali kadrlar tayyorlashga bog’liq. SHunga
ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda har bir talaba yoshlar ijodkorlik
ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.
Kasbiy-ijodiy qobiliyatlar tuzilmasini hosil qiluvchi quyidagi bloklarni
ajratish mumkin deb
hisobladik: