Talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#164433
1   2   3
ZDIT 1014

Birinchi blok
– 
tashkiliy qobiliyatlar. 
O‘qituvchining taʼlim oluvchilarni birlashtirish
ularni mashg‘ul qilish, majburiyatlarni taqsimlash, ishni rejalashtirish, amalga oshirilganlarga 
yakun yasash kabi ko‘nikmalarida ifodalanadi. 
Ikkinchi blok
– 
didaktik qobiliyatlar. 
O‘quv materialini, ko‘rgazmali materiallar, jihozlarni 
tanlash va tayyorlash, o‘quv materialini tushunarli, aniq, ifodali, ishonchli va izchil bayon etish, 
bilishga oid qiziqishlar va maʼnaviy ehtiyojlarning rivojlanishini rag‘batlantirish, o‘quv-bilishga 
oid faollikni oshirish aniq ko‘nikmalarida ifodalanadi. 
Uchinchi blok
– 
perseptiv qobiliyatlar, 
taʼlim oluvchilarning maʼnaviy olamlariga kirib borish, 
ularning emotsional holatlarini obʼektiv baholash, psixikalarining xususiyatlarini aniqlash 
ko‘nikmasida ifodalanadi. 
To‘rtinchi
blok
– 
kommunikativ qobiliyatlar
. Ular o‘qituvchining taʼlim oluvchilar, ularning ota-
onalari, hamkasblar, taʼlim muassasasi rahbarlari bilan pedagogik maqsadga muvofiq 
munosabatlarni o‘rnatish ko‘nikmalarida ifodalanadi. 
Beshinchi blok
– 
suggestiv qobiliyatlar.
Ularning mohiyati taʼlim oluvchilarga emotsional-
irodaviy taʼsir etishdan iboratdir. 
Oltinchi blok
– 
tadqiqotchilik qobiliyatlari, 
pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni bilish va 
obʼektiv baholash ko‘nikmasida namoyon bo‘ladi. 
Yettinchi blok
– 
ilmiy-bilishga oid qobiliyatlar, 
tanlangan sohadagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish 
sanʼatidan tashkil topadi. 
Sakkizinchi blok
– 
ijodiy qobiliyatlar, 
ularning mohiyati yuzaga kelgan muammoning o‘z 
noanʼanaviy yechimini ko‘ra olish ko‘nikmasidan iborat. 
Kasbiy-ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi ularning namoyon bo‘lishi belgilarining shunchaki 
miqdori o‘sishini emas, balki ularning rivojlanishining bir darajasidan boshqasiga, yanada 
mukammal bo‘lganiga o‘tishini aks ettiradi. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining kasbiy-
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi (tayyorgarlik, maslahat, yakuniy) kasbiy 


61 
omillar (ijtimoiy, madaniy, motivatsion) va kasbiy-ijodiy qobiliyatlar integratsiyasi asosida 
takomillashtirish imkonini berdi (1.1-jadvalga qarang): 
1.1-jadval. 
Kasbiy-ijodiy qobiliyatlar tizimi 
№ Kasbiy-ijodiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish 
texnologiyasi 
Kasbiy 
omillar 
Kasbiy-ijodiy 
qobiliyatlar 
tizimi 
Kasbiy-ijodiy 
qobiliyatlar 
mazmuni 
1. 
tayyorgarlik 
ijtimoiy 
muloqot qilish 
(kommunikativ) 
qobiliyati 
talabaning 
o‘qituvchilar 
va 
kursdoshlari bilan auditoriya va 
auditoriyadan 
tashqari 
jarayonlarda guruhda ijobiy 
ruhiy iqlim yaratadi 
shaxsning ichki 
qobiliyati 
o‘z-o‘zini bilish, tushunish va his 
qilish amalga oshiriladi 
2. 
maslahat 
madaniy 
kinestetik (teri-
muskul) 
qobiliyat 
talabaning o‘z xatti-harakat-
larini muvofiqlashtiradi, harakat 
ohangini his qilib yo‘naltiradi, 
vaqtni, harakat surʼatini his qiladi 
Mantiqiy 
qobiliyat 
mulohaza yurita oladi, murakkab 
vaziyatlarni 
yecha 
oladi, 
sababiyat 
va 
natijalarni 
tushunadi, voqelikda asosiyni 
ikkinchi darajalisidan ajrata oladi 
3. 
yakuniy 
motivatsion mahsuldor 
ijodkorlik 
belgilangan qar qanday kasbiy 
muammo muvaffaqiyatli hal 
qilinadi 
evristik 
ijodkorlik 
jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy 
faoliyatga oid yangiliklarni dadil 
o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni 
anglatadi, izchil amalga oshirish 
va bunda yangi holatda dadil 
harakat qilish qobiliyati, fikrlash 
jarayoni 
asosida 
tafakkurni 
rivojlan-tirish kuzatiladi 
kreativ 
ijodkorlik 
ijtimoiy axamiyatta ega bo‘lgan 
yangi nazariyalarni yaratadi, o‘z 
fikrlari va takliflari bilan chiqadi 


62 
Kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining barqarorligi talabaning yoshi, 
maʼlumotlilik darajasi, shaxsining individual xususiyatlari va oliy taʼlim muassasasining 
tarbiyaviy ishlarining xususiyatlariga, o‘z tarbiyaviy taʼsirlarini talabalarning bundagi 
faolliklari bilan qanday umumlashtira olishiga bog‘liqdir. 
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bilim olishda shaxslami o‘quv muassasasida o‘qitish zarurligini 
qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: - talaba bilim 
berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik; - o‘qitish da jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida 
o ‘qitishga e ’tibor berish: - bilim berishda talabalaming maylini, qiziqishi va qobiliyatini 
hisobga olish; - o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish. 
Oliy ta’limda mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirishni ta’minlovchi, uzluksiz ta’limning 
zamonaviy talablariga javob beradigan, o‘zi tanlagan bilimlar sohasi yo‘nalishi (ixtisosligi) 
bo‘yicha ijodiy faoliyatiga tayyor, respublikaning ilmiy texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir, yuksak axloqiy va ma’naviy fazllatlarga ega, yuqori 
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni am alga oshiruvchi mustaqil ta’lim turidir.[4]
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,kasb tanlash, kasbning o’ziga xos jihatlarini anglab borish 
,kasbi orqali manfaat topish ,kasbining sir asrorlari orqali ijodiy yondashishga ijodkorlikni 
rivojlantirshga erishish ,talabalarning kelgusi faoliyatida o’z kasbiy ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirib borishlari pedagogik muommo sifatida yoritildi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin