4 –LABORATORIYA ISHI MATHCAD DASTURIDA IONLI LEGIRLASH HODISASINI MODELLASHTIRISH VA HISOBLASH.
Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter sinfi.
Kerakli dasturiy vositalar: Mathcad dasturiy paket tizimi
Ishdan maqsad: Mathcad dasturida ionli legirlash hodisasini modellashtirish va masalalar yechish.
Topshiriqlar:
Mathcad dasturida ionli legirlash hodisasini modellashtirish.
Mutaxasislik bo‘yicha texnik masala tanlang.
Laboratoriya ishining hisobotini tayyorlash.
Nazariy qism
Ba’zida diffuziyadan yarim o’tgazgichga legirlangan aralashmani berilgan miqdorini kiritish uchun foydalaniladi. Aralashmali atomlar kremniyni kristall panjarasi tugunida joylashishi mumkin bo’lgan asosiy atomlarni o’rnini bosadi va asosiy atomlar orasida joylashadi (tugunlar aro aralashmalar). Tegishli ravishda aralashmali atomlarni ko’chishi ikki mexanizm bo’yicha sodir bo’lishi mumkin: kristall panjarani defektlari bo’ylab (vakansiya bo’ylab) va tugunlararo. Yuqori haroratda (1000оС) Diffuziya jarayonini faollashuvi kuzatiladi. 1-mexanizm bo’yicha diffuziyada kristall sovutilganidan keyin vokansiyalar yo’qoladi, aralashmali atomlarda esa kristall panjarani tugunlarini egallovchilar qayd qilinadi. 2-mexanizm bo’yicha diffuziyada kristall sovutilganidan keyin tugunlar aro atomlar tugunlarga qaytishi mumkin. Ular asosiy atomlarni o’rnini bosib va elektr jihatdan faol bo’lib qoladi.
Atomlarni modda (aralashma)da ko’chishida kristall panjarada sakrashlar sodir bo’ladi. Bu sakrashlar uch o’lchamda sodir bo’ladi va ularni jami oqimi statistik o’rtachalashtirish bilan ma’lum vaqt davrida aniqlanadi. Sakrashlarni mexanizmi quyidagilardasn iborat: atomlardagi kristallar potensial to’sdiqlarni ketma-ketligini hosil qiladi (13a-rasm), ular aralashmani ko’chishiga to’sqinlik qiladi. Potensional to’siqlarning balandligi ko’pchilik materiallar uchun 1 eV tartibga ega, qo’shni bitta tartibli potensial to’siqlarni o’zgarmas panjarani qo’shni potensial orasidagi masofa ya’ni 0,1…0,3 nm intervalda yotadi. O’zgarmas elektr maydoni qo’yilganida potensional tahsimoti qiyalikga ega va u 13b-rasmda ko’rsatilgan. Bu musbat zaryadlangan zarrachalarni maydoni yo’nalishi bo’yicha ko’chishini osonlashtiradi va ularni maydonga qarshi harakatini qiyinlashtiradi.
Xususiy chegaraviy holati juda muhim amaliy qiymatga ega, kichik elektr maydoniga nisbatan ( ) musbat zaryadlangan zarralar uchun chegaraviy oqimni ifodasini quyidagicha olamiz:
Dostları ilə paylaş: |