Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot
ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari
qancha
kam
bo’lsa
korxona
foydasi
va
rentabelligi
shuncha
oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot
ishlab chiqarish tannarxi, 2)
davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha
xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul qilgan 64
qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning
tashkil topishi
qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:
–
mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash,
ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
materiallarning tabiiy kamayishi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:
bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;
qo’shimcha to’lovlar;
ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:
ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;
nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar.