4. Darslik va o’quv qo’llanmalari. Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari o’quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o’quv qo’llanmalari kiradi.
O’quv adabiyotlari orasida darslik alohida o’rin tutadi. Darslik muayyan o’quv fani bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasluri va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to’g`risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo’lib, u mazmuni va tuzilishiga ko’ra fan boyicha yaratilgan o’quv dasturiga mos keladi. Namunaviy o’quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Respublika Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. G`oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo`lgan darslik ta’lim mazmuniga qo’yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, o’quvchilar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, ko’rgazmalilik nuqtayi nazaridan estetik xususiyatga ega bo’lishi kerak.
Darslik bir vaqtning o’zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko’ra mustahkam asosga ega, mobilligiga ko’ra ega asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo’yiladigan talablar turli-tuman va qarama-qarshi bo`lib, mukammal darsliklarning yetishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli o’qituvchilar va o’quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.
Darslik o’quvchilarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol
ishtirok etishlari, o’quv materialini to`la o’zlashtirishlarini ta`minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo`lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
motivatsion vazifa — bu vazifa o’quvchilarni ushbu fanni o’rganishga yo’naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag’bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
axborot vazifasi o’quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon berdi;
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi — ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o’quvchilarda o’zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur boigan ko’nikma, malakalarni shakllantirish uchun o’rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
muvofiqlashlirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko’rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
rivojlantiruvchi — tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta`sir ko’rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;
o’qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo’lgan konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko’rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko’zga tashlanadi.
Ta’lim mazmuni o’quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o’quv qo’llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo’yicha masalalar to’plamlari, georafiya„ biologiya bo’yicha atlaslar. til bo’yicha mashqlar to’plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O’quv qo`lanmalari darslikning ba`zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo`ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).