fanini rivojlantirish, iqtidorli yoshlar orasidan ushbu sohaning malakali kadrlarini tayyorlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni astronomiyani o‘rganish bo‘yicha xalqimizning tarixiy an’analariga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya ilm-faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yurtimizda astronomiya faniga bo‘lgan e’tibor tobora kuchaymoqda. -O‘quv mashg‘ulotlarida umumiy holda mantiqiy xulosalar, matematik amallar va astronomiyadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan kuzatuvlar yordamida yechiladigan kichik muammo, odatda, astronomik masala deb yuritiladi.
-Aslida astronomiya mashg‘ulotlarida o‘quv materialini o‘rganish bilan bog‘liq holda kelib chiqadigan har bir jumboq o‘quvchilar uchun masala bo‘ladi. Ma’lum maqsadni ko‘zlab faol fikr yuritish “masala yechishdan iboratdir”.
-Metodik va o‘quv adabiyotlarida esa ma’lum maqsad tanlab olinganda astronomik hodisalarni o‘rganish, tushunchalarning shakllanishi, o‘quvchilarning astronomik tafakkurini rivojlantirish va ularga olgan bilimlarini qo‘llay olish uquvini berishni maqsad qilib olgan mashqlar masala deb yuritiladi. -O‘quvchilarga astronomik hodisalarning mohiyatini turli yo‘llar bilan tanishtiriladi: hikoya qilib beriladi, labaratoriya ishlari bajariladi, ekskursiyalar o‘tkaziladi va kuzatuvlar olib boriladi. Bunda o‘quvchilarning faolligi, bilimlarining chuqurligi va mustahkamligi “muammoli vaziyat”ga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. -Astronomiyaga doir masalalar ko‘p belgilariga qarab, masalan, ularning mazmuniga, qanday maqsadda berilganiga, biror masalani qanday darajada tadbiqqilinishiga, yechish usullariga, shartlarining berilish usullariga, qiyinlik darajasiga va boshqa belgilariga ko‘ra klassifikatsiyalash mumkin.
Masalalarni mazmuniga qarab ulardagi astronomik mavzularga ko‘ra ajratish mumkin. Sferik va amaliy astronomiyaga, osmon mehanikasiga, kosmonavtikaga, astroastronomiyaga doir masalalar bo‘lishi mumkin Bunday turlarga bo‘lish shartli, chunki ko‘pincha masalaning shartida astronomiyaning bir necha bo‘limlardagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalalar abstrakt va konkret mazmunli bo‘lishi mumkin. Abstrakt mazmunli masalaga quyidagi misol bo‘ladi:
Kenglamasi φ bo‘lgan joyda bahorgi tengkunlik nuqtasi botayotganda yozgi va qishgi quyosh turishi, nuqtalarining azimuti, balandligi, soat burchagi, to‘g‘ri chiqishi hamda og‘ishini toping. Chizma chizing. Abstrakt mazmunli masalalarning afzalligi shundaki, unda astronomik mohiyati ajratilib qayd qilinadi va uning aniqlanishiga ahamiyatsiz detallar to‘sqinlik qilmaydi. Konkret masalalarning. afvzalligi shundaki, ular aniq va turmush bilan bog’langan bo‘ladi Astronomiya faniga oid masalalarni, shuningdek, murakkablik darajasiga qarab ham klassifikatsiyalash mumkin. Mazmunan murakkab bo‘lmagan, masalan, formulalarning ma’nosini tahlil qilib berish, birliklar sistemasini tanlash, tayyor formuladan biror astronomik kattalikni topish singarilarni, odatda, mavzuni o‘rganish jarayonida yechiladi.
Endi quyidagi masalalarning yechilish usullarini ko‘rib chiqamiz
1.Samarqanddagi (φ=39035') kuzatuvchi uchun pastki kulminatsiyada matematik gorizontning shimoliy nuqtasiga urinuvchi yoritgichning og‘ishini toping?
Yechish: Bunda yoritgich shimoliy nuqtaga uringani uchun uning balandligi h=0 bo‘ladi. Shu sababli yulduzning og‘ishi quyidagicha topiladi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |