METOD VA METODOLOGIYA Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi mutaxassislarning
professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham
belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun
mutaxassislarni tayyorlash jarayonida , ya’ni ta’lim muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak.
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini
yaratish , ularni tasniflash , metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish
olib borilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar deganda , an’anaviy va noananaviy metodlar
bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi. Shu ma’noda tobora shakllanib
borayotgan kompyuter-axborot madaniyati axborot madaniyati axborotni yetkazish va qabul
qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi , fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda
inson informatsion koinot bilan o’zaro muloqotga kirishadi. Telekomunikatsiya (telefon ,
televideniya , radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot
makonini multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi internet tarmog’i
ayniqsa
uning
giper-media
xizmatlari
(Vorld-Vide
Veb)
,
gipermediapochta
,
videokonferensiyalardir.
Multimedia (‘’ko’p muhitlik’’ degan ma’noni bildiradi) – zamonaviy axborotlar
texnologiyasi bo’lib kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko’rinishlari-
matn , jadval , grafika , nutq , animatsiya , multiplikatsiya) , video tasvir , musiqa yordamida
axborotni yig’ish , saqlash , qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia ‘’inson
kompyuter’’ interaktiv (dialogig) muloqotning yangi , takomillashgan pog’onasi bo’lib , unda
foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan xordiq
chiqarish , ta’lim olish va reclama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida
kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga ta’lim berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan
juda katta ahamiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o’zlashtiriladi , vaqtni tejash
imkoniyatiga erishiladi , olingan ma’lumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi , kichik maktab
yoshidagi o’quvchilarning passiv tiglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib , izlanuvchanlik va
bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tatbiq etiladi , ta’lim
jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda , multimedia ta’limning emotsional-
estetik ta’sirlanish , maqsadga intilish , tadqiqotchilik kabi motivlarni faollashtiradi. Ma’lumki ,
ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to’rtdan bir qismini , ko’rgan
materialining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko’rib , ham eshitsa axborotning ellik
foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalarida foydalanganda esa bu
ko’rsatkich 75% tashkil etadi.