SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 1
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 112
o’qishning zerikarliligi, bir xilligi va kuchi etmasligiga shikoyat qilishadi. Jamoaviy
o’qitish esa, o’qituvchilardagi mativatsiyani hamkorlik asosida shakllanadi va
rivojlanadi.
2. O’qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi, qolganlar eshitadi. Bu butun dars
davomida davom etishi mumkin. Jamoa bilan o’qitish esa har bir o’quvchini dars
davomida faol ishlashga undaydi.
3. Psixologik komfort va diskomfort o’rtasidagi ziddiyat. Oddiy klassik darsda
pedagog 1soat 20 minut davomida butun sinfni o’z qo’lida ushlab turishi kerak.
Jamoaviy o’qitish usuli esa, majburli bo’lmagan va qiziqarli muloqot uchun, sharoit
yaratadi.
4. Tarbiya va o’qitish orasidagi ziddiyat. Oddiy darsda o’quvchilarning o’zaro
tarbiyaviy ta’siri o’qtuvchi tomonidan “gaplashmang”, “o’rgatmang” degan so’zlar
bilan chegaralab qo’yishadi. Jamoaviy o’qitishda esa aksincha : “Suhbatlashing”,
“To’g’irlang”, “bir-biringizni baholang” degan so’zlar ishlatiladi.
5. Induvidual rivojlanish bilan o’qitish standartlari orasidagi ziddiyat: 1-
sentyabrda auditoriyaga 30 ta o’quvchi keldi va 1 iyungacha ularning hammasi sinfdan-
sinfga o’tishi kerak. Rivin buni poda o’tish deb atagan. Jamoaviy o’qitishda esa,
o’quvchi sinfga istagan vaqtda kelishi mumkin va imthonni ham istagan vaqtda
topshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: