Ta’lim jarayonini demokratlashtirish texnologiyasiningо‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 27,99 Kb.
səhifə1/2
tarix02.12.2023
ölçüsü27,99 Kb.
#171422
  1   2
Ta


Ta’lim jarayonini demokratlashtirish texnologiyasiningо‘ziga xos xususiyatlari.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan buyurtmalami bajarish, awalo, ta’lim jarayonini differensiallashtirish va individuallashtirish, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuvni talab etadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi o ‘zida falsafa, psixologiya va pedagogikaning insonparvarlik g'oyalarini mujassamlashtiradi. Ushbu texnologiya diqqat markazida o'z imkoniyatlarini maksimal darajada amaliyotga qo'llaydigan, ijodiy va ijtimoiy faol, turli hayotiy vaziyatlarni anglab tahlil qiladigan, mo'ljalni ongli ravishda mustaqil, to'g'ri oladigan shaxsni shakllantirish g'oyasi turadi.
Mazkur texnologiyaning asosiy jihati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida, shaxsda ijobiy fazilat va xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish sanaladi. Shu sababh ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va me’yorlami o'zida mujassamlashtiigan bo'lishi lozim. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi orqali pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlikning vujudga kelishi, o'quvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod qilish va o'z-o'zini rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratiladi. Mazkur jarayonda o'quvchi o'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi va o'qituvchi bilan yagona ta’lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o'quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etadi.
Demokratlashtirilgan jarayonni insonparvarlashtirish o'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadini amalga oshirish, tahsil oluvchilarning o'quvbilish va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, o'quv mehnatining xarakteri va mazmunini o'zgartiradi va shaxsning uyg'unlikda rivojlanishiga qulay psixologik muhit yaratadi. O'qitish jarayonini demokratlashtirishning tub mohiyati o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etishda ularga tanlash imkoniyati berilishidir. Biologiya o'qituvchisi o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishda o'quvchilarning xohishiga ko'ra individual tarzda, juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etishi lozim.
Differensiya lotincha («difference») so'zidan olingan bo'lib, u yaxlit narsani turli darajadagi shakl va bo'limlarga ajratish ma’nosini beradi. Ta’limni differensiallashtirish:
1. O'quvchilarni o'quv jarayoni uchun ahamiyatli bo'lgan xususiyatlariga ko'ra guruhlarga ajratib tashkil etiladigan o'quv jarayonining ma’lum bir shakli;
2. O'quv jarayonini tashkil etish didaktik tizimining bir qismi bo'lib, unda tahsil oluvchilarning har xil darajadagi guruhlarida maxsus o'qitish jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
Differensial ta’lim texnologiyasi o'quv jarayonining muayyan qismining didaktik maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan mazmun, vosita, metod va shakllarining majmuasidir. Bu texnologiyaning asosiy mohiyati o'qitish jarayonini tabaqalashtirish ustuvor jihati bo'lib, unda har bir shaxsning imkoniyati va qobiliyatiga yarasha o'qitish, o'quvchilami har xil guruhlarda ishlashga o'rgatish sanaladi.
O'qitishning barcha shaklida differensiallashtirish uchraydi, tabaqalashtirish mavjud, shu sababli mazkur texnologiya ta’lim jarayoniga «singib» ketuvchi texnologiya sanaladi. Mazkur texnologiyaning afzalliklari:
1. O'qituvchi o'quvchilami egallagan bilimi, o'zlashtirish sur’atini e’tiborga olgan holda yordam berish imkoniyati vujudga keladi.
2. O'quvchilarning tahsil olish sur’ati va bilimlarni o'zlashtirish sifati ortadi.
3. Shaxsda mavjud «Men» konsepsiyasining darajasi ortadi, bilimi kuchli o'quvchilarning o'zlarining qobiliyatlarini namoyon qilish, o'lashtirishi past bo'lgan o'quvchilarda bilish quvonchiga ega bo'lishiga olib keladi.
4. O'quvchilarning tahsil olishga bo'lgan qiziqishi, ehtiyoji ortadi.
5. 0‘quvchilarning har xil tabaqadagi (gomogen, geterogen) kichik guruhlarda ishlashiga imkon yaratiladi.
Biologiya o'qituvchisi o'qitishni differensiallashtirish uchun muayyan bir mavzu bo'yicha uch xil darajadagi:
A — ijodiy, В — izlanish, С — reproduktiv xarakterdagi o'quv topshiriqlarini tuzadi.
Bu o'quv topshiriqlarda ikkita yo'nalish nazarda tutiladi:
O'quvchilarning muayyan darajadagi bilim, ko'nikma va malakalami egallashi;
2. O'quvchilarning tahsil olishdagi mustaqilligini ta’minlash;
A-variantdagi o'quv topshiriqlari o'rtacha o'zlashtiradigan o'quvchilarga mo'ljallangan bo'lib, u o'quvchilarning DTS bilan me’yorlangan bilim va ko'nikmalarni egaUashlarini ta’minlaydi. Shuning uchun ushbu o'quv topshiriqlami bajarish bo'yicha ko'rsatmalarda e’tibomi nimalarga qaratish kerakligi, qanday xulosa chiqarish yo'llari aniq belgilab qo'yilishi lozim.В — variantdagi o'quv topshiriqlarini tuzishda o'qituvchi o'quvchilaming o'quv va aqliy faoliyat usullaridan foydalanishini nazarda tutgan holda, DTS bilan mfe’yorlangan bilim va ko'nikmalarni egallashdan tashqari shaxsning mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida muammoli va mantiqiy xarakterdagi topshiriqlami kiritadi.
В-variantdagi o'quv topshiriqlarini tuzishda o'qituvchi o'quvchilaming o'quv va aqliy faoliyat usullaridan foydalanishini nazarda tutgan holda, DTS bilan mfe’yorlangan bilim va ko'nikmalarni egallashdan tashqari shaxsning mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida muammoli va mantiqiy xarakterdagi topshiriqlami kiritadi.
С-variantdagi o'quv topshiriqlari o'quvchilarning avval o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilimlarni egallashlariga imkon yaratadi. O'quvchilar mavzu bo'yicha berilgan o'quv materiallarini mustaqil o'zlashtiradilar.
Shuningdek, o'quvchilaming mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirilishiga zamin tayyorlaydi. O'qitishni demokratizatsiyalashtirish talablariga muvofiq o'quvchilarga o'quv topshiriqlarini tanlash huquqi beriladi. Biologiyani o'qitishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish uchun o'qituvchi:
1. O'quv fani bo'yicha o'quv materiallarini qism (blok)larga ajratishi, har bir qism bo'yicha o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan o'quv materialining minimum va maksimum hajmi, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarga qo'yiladigan minimum va maksimum talablami yaxshi bilishi lozim;
2. Muayyan mavzular bo'yicha qiyinchiligi turli darajadagi o'quv topshiriqlarini tuzishi;
3. O'quvchilarning har xil darajadagi kichik guruhlarda ishlashini tashkil etish va boshqarish ko'nikmalarini egallagan bo'lishi lozim. Differensiallashtirilgan ta’limda har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olinadi. Shu sababli o'qitishni differensiallashtirish individuallashtirilgan ta’limni taqozo etadi.
Individuallashtirilgan ta’lim — o'qitish shakli, o'qitish jarayonini tashkil etishning modeli bo'lib, u quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
1. O'qituvchi har bir o'quvchi bilan individual ishlaydi;
2. Har bir o'quvchi o'zining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlariga mos holda tuzilgan o'quv topshiriqlarini bajaradi, ya’ni o'qitish vositalari (darslik, ko'rgazmali va didaktik materiallar, kompyuter) bilan yakka tartibda ishlaydi. Individual ta’limning asosiy afzalligi, o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etish, ta’lim mazmuni, vositalari va metodlarini tanlashda ulaming shaxsiy xususiyatlari va sur’ati hisobga olinganligi sababli mazkur jarayonni jadallashtirish, ulaming o'quv topshiriqlarini bajarishda mo'ljalni to'g'ri olishi va tezroq moslashishi, o'z imkoniyatlari darajasida bilim va ko'nikmalarni egallashlariga imkon yaratish hisoblanadi.

Yüklə 27,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin