Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi


Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir. Motivatsiya



Yüklə 182 Kb.
səhifə3/7
tarix08.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#127117
1   2   3   4   5   6   7
PSIXOLOGIYA mustaqil talim

Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o‘qish motivlari "nima uchun?” "nimaga?", "kanday maksad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. O‘quv faoliyatida o‘quv motivlari bolalar tomonidan tanlanib, ular bolaning maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.
O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
1.Ichki manbalar. Ular insonning tug‘ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma axborot olishga bo‘lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.
2.Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart- sharoitlari bilan belgilanadi.
Talablar ularning birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, maktab, oila boladan juda ko‘p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish jamiyatning har birimizdan ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar darajasining bo‘lishini, zarurligini kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o‘qishi kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi obyektiv shart-sharoitlardir, Masalan, boy kutubxona bolani ko‘p kitob o‘qishga undaydi.
3.Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi ustanovkalari, g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning kechishiga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi. Respublikamizda professor M.G.Davletshin rahbarligida o‘tkazilgan F.I.Haydarovning tadqiqotlarida qishloq maktabi bolalarining o‘qish motivlari, N.S.Jo‘rayevning tadqiqotlarida kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qish motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganildi. Ushbu tadqiqotlarda kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘quv motivlarini psixologik o‘yinlar yordamida shakllantirishga mahalliy sharoitda ilk bor kompleks yondashildi. O‘quv jarayonida foydalanilgan psixologik o‘yinlar bolalarning o‘qishga ijodiy yondashuviga, psixik taraqqiyotiga va psixik jarayonlariga ta’sir etishi mumkinligi ko‘rsatib berildi. Shu bilan birga baho olishga yo‘nalganlik motivlari tashqi motivlar sirasiga kirsa-da, ichki motivlarni muayyan darajada rivoj topishiga ko‘mak berishi ko‘rsatib berildi.
Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni muammosi P.Y.Galperin va N. F. Talizina kabi psixolog olimlar tomonidan tomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti-harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab berdilar.
Aqliy xatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy xatti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasavvurlari to‘g‘risida bolalarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir.

Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin