Uchinchi bosqich esa, subyekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, bolalarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda.
To‘rtinchi bosqichda bajarilgan xatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi.
Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bundan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qisman javob bermoqda. Bolalarning hamisha yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishi va o‘qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq: Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari
Ta’lim oluvchilarning ta’lim faoliyatiga ko‘ra ta’limning quyidagi metodlari ajratiladi:
Tushuntiruv-ko‘rsatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo‘lib, unda faoliyat o‘qituvchi tomonidan olib boriladi, bolalar ta’lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo‘lib, uning takomillashtirilgan usullari mavjud, bu - dasturlashtirilgan ta’limdir.
Reproduktiv metodda bola faoliyat ko‘rsatib, unda bolaga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: |