1. Sifat ko‘rsatkichlari kattaligini aniqlash usullari Tovarlar sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashning organoleptik, tajriba, sotsiologik, ekspert (7 kishidan kam bo‘lmagan) usullari mavjud. Organoleptik usulda – tovar sifati xid, ko‘rish, eshitish, ta’m orqali aniqlanadi.. Tajriba usulda – tovarning kimyoviy tarkibi, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlanadi. Natija raqamlarda ifodalanadi, lekin vaqti uzoqdir. Sotsiologik usulda – xaridorlar fikriga qarab aniqlanadi. Mahsulotlarni sifati sotish ko‘rgazmalari, xaridorlar konferensiyalari anketalar tarqatish yo‘li bilan aniqlanadi. Ekspert usulda – 7 kishidan kam bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassis-ekspertlardan-tovarshunos, dizayner, konstruktorlardan tashkil topadi va ularning fikri bo‘yicha sifatga baho beriladi. Ekspert komissiyasi 2 guruhdan iborat bo‘lib, ekspert va ishchi guruhi hisoblanadi. Ekspert guruh tovarlarga baho beradi, ishchi guruhi esa texnik-tashkiliy ishlar: so‘rov ishini tashkil ettish, anketalarni tarqatish va yig‘ish, ekspert baholarni qayta ishlash va analiz qilish ishlarini bajaradi. Tovarlarga baho berishda komissiya a’zolarini 2/3 ovozi qabul qilindi deb ataladi. Ekspert baholashda 5( 10; 40 yoki 100 balli sistemalar qo‘llaniladi. Ballar baholash davrida yoki muhokama davrida qo‘yiladi. 2. Tovarlar sifat darajasini baholash Tovarlar sifat darajasini aniqlash usullari – differensial, kompleks va aralash usullar yordamida aniqlanadi. Differensial usulda sifat ko‘rsatkichlari etalonga solishtirib aniqlanadi.