Mavzu: TCP/IP pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy
protokollar
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. TCP/IP protokoli.
2. TCP/IP pog’onasi haqida tushuncha.
3. TCP/IP vazifalari.
4. TCP/IP qo’llaniladigan asosiy protokollar.
III. Xulosa
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan
axborot uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali
tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol
orqali adreslashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga
oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga noyob adreslar
berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va
paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.
Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‘lgan va ularni adreslashda muammo
bo‘lmagan, ammo shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalari sonining
keskin ortishi adreslashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining
to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga
ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan,
ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira
olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat
turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv
tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni
qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. «Xalqaro simsiz tadqiqotlar» forumi a’zolarining
baholashicha 2017–2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi
va bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining
soni 3000–5000 tani tashkil qilar ekan. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun
IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan.
Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab
kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart
qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari
protokollar
(masalan,
TCP/IP
—TRANSMISSON
CONTROL
PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi. TCP/IP protokolining
axborotni uzatish usuli quyidagicha:
TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi;
IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP
protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi;
barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi
va yaxlit ko'rinishga keltiradi.
TCP/IP protokollari to'plami 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi ishlab
chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida
yaratilgan. 1976-yilning iyul oyida Vint Cerf va Bob Kahn birinchi marta uchta
turli tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar.
Paket quyidagi yo'nalishda o'tdi: San — Fransisko — London-Janubiy
Kaliforniya universiteti. Safarining oxiriga kelib, paket 150 ming km masofani
bosib o'tib, bitta bitni yo'qotmadi. TCP va IP (ingliz tili): 1978 yilda, Cerf, Jon
Postel va Dan Cohen TCP ikki alohida vazifalarni tanlash uchun qaror qabul
qildi. Internet protokoli, tarmoqlararo protokol). TCP kuntagramdagi xabarni
buzish uchun javobgar edi (ingliz tili. datagram) va ularni jo'natishning oxirgi
nuqtasida ulash. Ip alohida datagramlarni uzatish (qabul qilishni nazorat qilish)
uchun mas'ul edi. Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda tug'ilgan. 1-yanvar
1983-yilda ARPANET yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy
tug'ilgan kuni deb hisoblanadi.
OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda
bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi.
TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay
foydalanish hisoblanadi.
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur
hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va
har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z
belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib
ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket
ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng
esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga
keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki
so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv
aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:
ISO/OSI modelining hamma bosqichlarining ishlashini tashkil qilishga javobgar
protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni shundan
iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan
yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega.
Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan,
ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell
Ware, DECnet va boshqalar. Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining
turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida
ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy.Protokol steklaridan foydalanishning
ijobiy tomoni shundan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan
beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tarmoq protokollaridir. Bu
protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil
qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli
qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi. Yuqori bosqich protokollari
xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir
protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir protokol
birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkin. Bundan tashqari bizda port
tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu
portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy
so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda
esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port
mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi:
Dostları ilə paylaş: |