Paketning yashash vaqti tarmoqdagi datagramma mavjud bo‘lish vaqtining yuqori
chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi va
tarmoqlararo datagrammaning marshrut nuqtalari bo‘ylab harakatlanishiga ko‘ra
kamayib boradi. Tarmoqlararo datagramma vaqti
qabul qilib oluvchiga yetib
borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu datagramma yo‘q qilinadi. Sarlavhaning
nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi.
Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa,
u holda ushbu tarmoqlararo
datagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q qilinadi. Qo‘shimcha
imkoniyatlar ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini ta’minlaydi, masalan,
ma’lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.
Asosiy protokollarning tahlili:
TCP/IP
TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol)
bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday o‘lchamdagi
mahalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet
global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir. TCP/IP
protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z
nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.TCP (Transmission Control
Protocol) –
transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda
axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan
tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport
protokollarining biridan
foydalanadi. Masalan, TCP yoki UDP. TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot
uzatishning standart protokollaridan foydalangani
uchun uni har qanday tarmoq
texnologiyasiga ullanganda va har qanday operatsion tizimli kompyuterlarda
ishlatish mumkin bo‘ladi. Azaldan TCP/IP protokoli
global tarmoqlarda
foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning
uchun u maksimal ravishda
moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani uchun
ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z
manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi
uchun ham turli segmentli
tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi. TCP/IP – protokolining
kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi.
Dostları ilə paylaş: