tarmoqdagi har bir kompyuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham
ishlash qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish
imkonini yaratadi. Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi
va resurslarga bo‘lgan kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan iborat
tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa,
u holda bu
protokoldan yaxshisi topilmaydi. Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun
o‘rnatilgan bog‘lanishlar zarur talab emas: protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda
datagramma usuli qo‘llanilib, xabar jo‘natuvchining va qabul qiluvchining manzili
bilan ta’minlanadi va «yo‘lga jo‘natiladi». Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi
ham mavjud bo‘lib, u paketni yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir, shuning
uchun uni murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. SMB
(Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini uchta eng yuqori
bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy
faqat undan foydalanish orqaligina fayllarga bog‘lanish mumkin, ya’ni
printer va
tarmoqning
boshqa
resurslariga.
Bu
protokol bir
necha
marotaba
rivojlantirilgan, shuning uchun uni Microsoft Vista va Windows 7 zamonaviy
operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin.
HTTP
Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib, u bilan millionlab
foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar. HTTP (Hyper Text
Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun loyihalashtirilgan. U «mijoz –
server» texnologiyada ishlaydi, ya’ni axborotni so‘rovchi mijoz mavjud va bu
so‘rovlarga ishlov berib uni jo‘natuvchi server qismi ham mavjud deb bilinadi.
HTTP
ilovalar
bosqichida
ishlaydi.
Bu
shuni
bildiradiki,
ko‘rilayotgan protokol transport protokolining
xizmatidan foydalanishi darkor,
ya’ni TCP protokolidan. O‘z ishida protokol URI (Uniform Resource
Identifier) resursni noyob identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar
bilan ishlashni quvvatlaydi, bu hol esa protokolning vazifasini kengaytiradi.
Parametrlardan foydalanib serverdan javobni qanday
formatda va kodirovkada
olishni ta’kidlash mumkin. Bu esa o‘z navbatida HTTP yordamida nafaqat matnli
hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi ma’lumotlarni ham uzatish imkonini
beradi. HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi
bo‘lib, mijoz serverdan olingan javoblarni to‘g‘ri ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb
– sahifalarning hajmi katta bo‘lganda, ortiqcha katta trafik hosil qilishi mumkin.
Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan to‘liq mahrum, bu esa
Veb – sahifalar bo‘yicha bitta HTTP yordamida harakat qilishga imkon bermaydi.
Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash
zarur.
FTP
FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar bilan
ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP
– protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda
undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib,
axborotlarni
uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli
portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – portlar
ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi buyruqlarni uzatadi. Undan
tashqari portlar dinamik bo‘lishi mumkin. FTP – protokolining asosiy kamchiligi,
axborotlarni shifrlash mexanizmi yo‘qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo‘lib, uning
yordamida foydalanuvchining nomini va
shuningdek, uning FTP – serverga ulanish
parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda
SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: