TA’LIM MAZMUNINI LOYIHALASHTIRISHNING ASOSIY BOSQICHLARI
MUSLIMOV SHERZOD NARZULLA O`G`LI
O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da yangi chuqur bilimlar talab etuvchi texnologiyalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, kasbiy mahorat chо‘qqilarini egallashga qodir va kasbiy moslashuvchanlik xislatlariga ega bо‘lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa о‘z navbatida о‘quv jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etish, fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika va texnologiyalardagi yangiliklarni о‘zida aks ettiradigan ta’limni har tomonlama uzluksiz ravishda yangilab borish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining integratsiyasini, ta’lim dasturlarining variativligini ta’minlashni talab etadi. Qо‘yilgan vazifalar oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish davrining barcha bosqichlarida hal etib borilishi kerak.
Bu vazifalarni amalga oshirishga faqatgina mustahkam nazariy tayyorgarlikka, keng dunyoqarashga, chuqur bilimlarga, amaliy kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislargina qodir bо‘ladilar.
Respublikamizda mashinasozlik sohasining tez rivojlanishi yuqori malakali ishchi va texnik xodimlarga bо‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi, buning asosiy negizi esa о‘z navbatida umumta’lim maktablarida texnologiya fanlaridan dars beradigan texnologiya fani о‘qituvchisi kasbini egallagan mutaxassislarga bо‘lgan talabni oshiradi. Texnologiya fani yо‘nalishi bо‘lajak о‘qituvchisi tabiiy, texnik va texnologik bilimlarga ega bо‘lishi zarur. U faqat bilimlarni о‘quvchilarga yetkazish bilan bir qatorda ta’lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, loyihalash, konstruksiyalash hamda kasbiy pedagogik madaniyatga ega bо‘lishi kerak. Olib borilgan tajribalar shuni kо‘rsatadiki, о‘sib kelayotgan yosh avlodni konstruktorlik-texnologik tayyorgarligini oshirish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun har xil axborotlar va faoliyat turlarini о‘quv grafik faoliyat mazmuni orqali integratsiyalashgan holatda yetkazish asosiy sharti hisoblanadi. Chizmachilik faniga nafaqat axborotlarni yetkazish, balki konstruksiyalarni chuqurroq anglab uning yangi variantini tavsiya qilish orqali о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish mumkin. B. B. Ma’murov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda “Darsning muvaffaqiyati nafaqat о‘qituvchining unga astoydil tayyorlanishi, balki о‘quvchilarning darsga tayyorgarliklari hamda dars loyihasining muvaffaqiyatli
tuzilganligiga bog‘liq” ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan1. Texnologiya fani yо‘nalishi bо‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida umumkasbiy va pedagogik turkum fanlari mazmunini loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega. Endilikda asosiy e’tibor mehnat ta’limining о‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan, fundamental hamda umumkasbiy va pedagogik turkum fanlar mazmunini loyihalashtirishga qaratilmoqda.
Ta’lim tizimida mazmun didaktik jarayonning ijtimoiy maqsadlariga erishishini ta’minlaydigan asosiy elementi hisoblanadi. Ta’lim mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
– samarali pedagogik faoliyat tajribalari, ya’ni mehnat faoliyati, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish;
– umumiy maqsadlarga erishish jarayonida ijtimoiy jihatdan о‘zaro ta’sir eta bilish tajribalari;
– insonlar hamjamiyatining axloq, huquq va boshqa normalarda aks etgan axloqiy va etik tajribalar;
– ma’naviy-madaniy tajribalar, hayotni obrazli-hissiy idrok etish, uning kо‘rinishlariga estetik munosabatlar.
S. I. Arxangelskiy oliy ta’limning mazmuni haqida gapirar ekan, “Bu shunchaki ma’lumotlar, qonun-qoidalar va nizomlar yig‘indisi emas, balki mutaxassisning ilgaridan kо‘zlangan modeli mazmunidan va uning faoliyatiga qо‘yiladigan talablardan kelib chiqadigan ilmiy ma’lumotlar tizimidir” deb ta’kidlagan2. Ta’lim mazmunini pedagogik jihatdan loyihalashtirish talabalar va pedagoglar kelgusi faoliyatining asosiy qismlarini oldindan ishlab chiqiladi va uning asosiy maqsadi о‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Mehnat ta’limi yо‘nalishida pedagogik tizimni loyihalashtirishda tizim
strukturasini tashkil etuvchi asosiy elementlari sifatida ta’limning maqsadi, mazmuni, didaktik jarayonlari va ta’limni tashkil etish shakllari hisoblanadi. Pedagogik tizimni loyihalashtirish uchun dastlab, pedagogik tizim faoliyatining maqsadlari aniqlab olinadi va oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilariga qо‘yiladigan malaka hamda umumdidaktik talablar hisobga olingan holda, ta’lim va tarbiyaning mazmuni tavsiflanadi. Ta’lim mazmuni ta’lim maqsadlariga mos ravishda tanlanadi. Keyingi bosqichda didaktik jarayonlarni tanlash va ishlab chiqish amalga oshiriladi. Loyihalashtirishning sо‘nggi bosqichida ta’limni tashkil etish shakllari aniqlanadi va ishlab chiqilgan loyiha о‘quv-metodik majmua hujjatlarida aks ettiriladi.
Pedagogik obyektni loyihalashtirishning tartibi tayyorlov, loyihani ishlab chiqish, loyiha sifatini tekshirish jarayonlaridan iborat. Tayyorlov jarayonida obyektni tahlil etish, shakllarini tanlash, didaktik ta’minoti, ta’lim jarayonining joyi va vaqti, moddiy-texnika ta’minoti aniqlashtiriladi. Loyihani ishlab chiqish jarayonida uni tizimga keltiruvchi omillarni tanlash, tarkibiy qismlar orasidagi aloqalar va о‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashtirish hamda hujjatni tayyorlashdan iborat bо‘ladi. Loyiha sifatini tekshirish uni amalga oshirish jarayonini fikran tajribadan о‘tkazish, ekspert bahosi, tahrirlash, loyihani amalga oshirish bо‘yicha qaror qabul qilish jarayonlarini о‘z ichiga oladi. V. P. Bespalko tomonidan pedagogik jarayonning loyihalashtirilishi tarkibiy qismlar sifatida maqsad, asosiy qonun-qoidalar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar nazarda tutiladi. Pedagogik jarayon quyidagi: maqsad, mazmun, jarayon, baholash, natija kabi tarkibiy qismlardan iborat ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan3. Loyihalashtirishni pedagogik jarayonning tarkibiy qismlariga mos ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq, yani:
− о‘quv jarayonning pedagogik tizim sifatida loyihalashtirilishi kerak bо‘lgan elementi ajratib olinadi;
− maqsad qismi loyihalanadi;
− qо‘yilgan maqsadlarga asosan о‘quv materialining mazmuni tizimlashtiriladi, ya’ni ma’lum bir tizimga keltiriladi;
− kompetensiyalarni rivojlantirish qonuniyatlarini va bir tizimga keltirilgan mazmunning mantig’ini hisobga olgan holda, talabalarning bilim egallashi va amalda qо‘llashni о‘rganishi bо‘yicha о‘qituvchining harakatlar dasturi tuziladi.
Bundan kelib chiqadiki, ta’lim jarayonini loyihalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning boshlang‘ich bosqichi – ta’lim maqsadini belgilashdan iborat.
Ta’lim maqsadi didaktikaning asosiy – “nima uchun о‘qitish”ni aniqlovchi kategoriyasi bо‘lib, yо‘naltirish, boshqarish vazifalarini amalga oshiradi, pedagogik faoliyatning kutilajak natijasini belgilaydi. Maqsad tashqi va ichki rejalarni о‘z ichiga oladi. Tashqi reja jamiyat ehtiyojlarini, ishlab chiqarish talablarini, fan va texnikaning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Ichki reja shaxsning о‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Maqsadlar refleksiv va bosqichli bо‘lib, aniq ifodalanadi va dinamik xarakterga ega bо‘ladi. Pedagogik faoliyatning maqsadlari ichki va tashqi omillarga mos ravishda о‘zgarib turadi.
V. S. Bezrukova ta’kidlaydiki: “Jamiyat va davlat ehtiyojlari, ta’lim standartlari va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bо‘lgan talablar bozorini о‘rganish natijalari ta’lim maqsadlarini belgilashning an’anaviy metodologik asoslari hisoblanadi, lekin maqsadlarni belgilashning о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘rib chiqishda ijtimoiy vazifalar bilan bir qatorda, ta’lim jarayonining xarakterini va maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar tezligini belgilaydigan omillar hisoblanadigan shaxsning ichki intilishlarini, kasbiy qiziqishlarini, maqsadlarni amalga oshirishga tayyorlik darajasini, psixologik xususiyatlarini ham hisobga olish zarur”4.
– ta’lim tizimining umumiy tuzilmasini va uning muayyan bо‘linmalarini aks ettirish;
– shaxsning psixologik tuzilishini hisobga olish;
– bilimlarni о‘zlashtirish darajasi bо‘yicha tuzish.
Ta’lim mazmuni konsepsiyasiga muvofiq, ta’lim jarayoni ijtimoiy tamoyillar asosida tashkillashtirilgan va muayyan maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lib, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishdir. Texnologiya fani metodikasi pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida asosiy e’tiborni kasbiy jihatdan muhim bо‘lgan sifatlarni shakllantirishga qaratiladi. Kasbiy jihatdan muhim bо‘lgan sifatlar – faoliyatning samaradorligi (unumdorligi, aniqligi, obyektning chiroyli va ixcham konstruksiyasi, yuqori sifatliligi, mahsuldorligi va hokazo)ni aniqlovchi shaxsning psixologik sifatlaridir. Bu sifatlar keng funksional xarakterga ega bo’lib, har bir kasb egasidan muayyan kasbiy sifatlarni talab etadi, zero, texnologiya fani yо‘nalishning asosiy maqsadi kasbiy sifatlarni tо‘la egallagan, yuqori malakali, kompetentli mutaxassisni tayyorlashdan iborat.
Texnologiya ta’limi mazmunini aniqlashda ta’lim bosqichining bitiruvchisi amalga oshirishi zarur bо‘lgan vazifalarning mazmuni va murakkablik darajasidan kelib chiqiladi. Vazifalar esa о‘z navbatida uch turga bо‘linadi: о‘qish, о‘zlashtirish va amalda qо‘llash. Texnologiya ta’limi mazmunini shakllantirishda mazmunni tanlash “yuqoridan quyiga”, “oddiydan murakkabga” qoidasiga asosan amalga oshiriladi: bо‘lajak mehnat faoliyati mazmunidan yoki kelajakda о‘rganiladigan fanlarni о‘zlashtirish uchun zarur bо‘ladigan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, loyihalashtirilayotgan fanning mazmuni shakllantiriladi.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologik yondashuvlarga kо‘ra, ta’lim mazmuni ta’lim texnologiyasining asosiy qismi bо‘lib hisoblanadi. Ta’lim mazmunini loyihalashtirishni о‘quv fani va dasturi darajasida kо‘rib chiqish mumkin. О‘quv fani mazmuni bir-biri bilan almashinib turuvchi faoliyat predmeti sifatida qator talablar asosida tuziladi: matnli axborotni shakllantirish, bilimlarni о‘zlashtirish qonuniyatlarini hisobga olish, fanning ilmiy asoslarini о‘z ichiga olishi, bо‘lajak mutaxassis kasbiy faoliyatini aks ettirishi zarur.
Oliy kasbiy ta’lim jarayoni nazariy qismining tuzilmasiga ta’sir etuvchi omillar sifatida: texnologiya ta’limining maqsadlari; kasbiy faoliyatning umumiy tuzilmasi (ilmiy, loyihalash, konstruktorlik-texnologik, boshqaruv, pedagogik); о‘rganish obyekti sifatida mehnat ta’limi yо‘nalishiga mos keluvchi kasbiy faoliyati sohasi; integratsiyaning muayyan kasbiy faoliyatning asosiy usullari nazarda tutiladi.
Texnologiya fani mazmunini loyihalashtirish quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi:
fanning mazmuni talabaning aktiv faoliyati natijasidagina о‘zlashtirilishi mumkin;
ta’lim mazmuni ta’lim texnologiyasining muhim qismi bо‘lib, kо‘p jihatdan uning kechish jarayonlarini (metodlar, shakl va vositalar majmuini) belgilab beradi;
о‘rganilishi kerak bо‘lgan obyektning tuzilmasi va kasbiy faoliyatning tuzilmasi oliy kasbiy ta’lim mazmuniga ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi;
о‘quv fanining mazmuni shaxsning kasbiy jihatdan ahamiyatli hisoblanadigan sifatlarini e’tiborga olgan holda, oliy ma’lumotli mutaxassisning shaxsiy sifatlarini shakllantirishni ta’minlashi kerak;
ta’lim mazmunini loyihalashtirish tizimi kutiladigan natijalarni oldindan ko‘ra bilishi zarur.
Ta’lim mazmuni pedagogik loyihalashtirish uchun mustaqil obyekt bо‘lib, har qanday pedagogik tizimning muhim qismi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |