Maydoni bo‘yicha qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga mosligi
(bir ta’lim oluvchiga) Dastgohlarda – 6-12 m2
CHilangarlik, elektr montaj va h.k. – 4,0-4,5 m2
Elektr, gaz payvandlash ishlari – 7,5- 9,0 m2
Duradgorlik, mexanik ishlar – 10-12m2
Ish sharoitining maqbulligi:
Hajmi – bir ta’lim oluvchiga 13 m3
dan kam emas;
Harorati – 16-20 0S;
SHamollatish – bir ta’lim oluvchiga 20m3/soat;
SHovqin darajasi – 70 DB gacha
Jihozlarni me’yorida o‘rnatish va ishlatish shart-sharoitlariga muvofiqligi:
Dastgohlar, temirchilik, mashina yig‘ish, qurilish-pardozlash va h.k. – 1 qavatda;
CHilangarlik, elektrmontaj, tikuvchilik va h.k.- 2 va 3 qavatlarda.
Sanitariya, gigiena va mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqligi: yong‘in va portlashga xavfli bo‘limlar
izolyasiyasi; chang va gaz ajraluvchi xonalarni izolyasiyalash; zaruriy ko‘tarma-mexanik qurilmalarning mavjudligi; eshiklarning etarli o‘lchamga egaligi; yong‘inni o‘chirish vositalari va yong‘in holatida chiqish joylarining mavjudligi.
Me’yorda yoritilganligi:
Tabiiy-derazalar maydoni pol maydoning 1/6 dan kam bo‘lmasligi; yorug‘ ton beruvchi bo‘yoqlarni qo‘llash; to‘siqli joylarda derazadan yoritilishi bilan chiroqli yoritishni uyg‘unlashtirish.
Sun’iy-umumiy 100-150 lk; maxsus 400 lk gacha.
Ishlab chiqarish estetikasi talablariga muvofiqligi:
Devor, shift va jihozlarning rangi va toni (qurilish me’yorlari va qoidalariga mos ravishda); yagona uslubda jihozlash va mebellarni joylash; deraza va pollarni yaxshilab tozalash imkoniyatining mavjudligi.
Barcha turdagi jihozlarning xavfli joylari to‘r, kojux yoki to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yiladi.