Ta’lim metodlari


Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari



Yüklə 211,39 Kb.
səhifə8/14
tarix12.05.2023
ölçüsü211,39 Kb.
#112473
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
talim metodlari va vositalari2 (1)

Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari. O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari. Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Tekshirish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Ya’ni:
1. O’quvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim (kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va o’rinli.
2. Har bir mavzuni o’zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o’rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv materiali mazmuni, murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.

Yüklə 211,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin