Aim.Uz
Ta’lim metodlari va vositalari.
Reja:
1. “Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati va tavsifi.
2. Ta’lim metodlarining turlari va vazifalari.
3. Ta’lim metodlarini tanlash.
4. Ta’lim olganlikni tashxis etish.
5. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish va hisobga olish. O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari.
6. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
7. O’quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
8. O’quvchilarning BKMni baholash mezonlari.
“Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati va tavsifi. “Metod” so’zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan.
“Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, birinchidan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, ikknchidan, ta’lim faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funktsiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
“Ta’lim metodi” tushunchasi bilan birga ko’p hollarda “metodik usul” (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Ta’lim faoliyatida qo’llaniladigan usullarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi: didaktik maqsad asosida; ta’lim mazmuni asosida; o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |