Ta’lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg’ulotlarini rejalashtirish



Yüklə 39,09 Kb.
səhifə6/7
tarix11.03.2023
ölçüsü39,09 Kb.
#87379
1   2   3   4   5   6   7
TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT ISHLARIDA SPORT TURLARIDAN SPORT MAHORATINI OSHIRISH MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH

oshirish talablari
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi maxsus fanlardagi mukammal bilimga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Mutaxassislikka kirish: Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri mutaxassisligini mazmuni. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari sport trenerlariva murabbiylari sport yo‘riqchilari kasbining maqsadi va vazifasi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini kasbiy faoliyati. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini kasbiy tayrgarliklari. Jismoniy tayyorgarlik, texnik, taktik tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik, ma’naviy va ma’rifiy tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarlik.[101,165,209]
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislarini ish hujjatlarini tuzish. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari. Yashash joylarida jismoniy tarbiya tadbirlari, ishlab chiqarish va sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaliklarida jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va boshqarish. Sport inshootlari va sport johozlaridan foydalanishni talab qoidalari, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish. Sport turlari bo‘yicha o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazish, sportga saralash va yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etish.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha milliy tadqiqotlar o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportga doir uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar, darsliklar, ilmiy maqolalar, tezislar tayyorlash va ishlab chiqish. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qarorlar va farmonlar me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va tahlil etish. Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari tashkil etish va boshqarish. Maktabgacha muassasalarida kasalxona, dam olish maskanlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish va boshqarish. O‘rta Osiyoning qadimgi halqlari tarixida jismoniy madaniyat Sak, Massaget, So‘g‘diy, Xorazmiy, Toxar qabilalarining jangavor hayoti. Kushon, Eftolitlar, Parfiya, Baktriya davlatlarida harbiy jismoniy tayyorgarlik usullari. Grek, Makedon qo‘shinlari Eronliklar, Qora xitoylar, Arab bosqinchilari, CHingizxon qo‘shinlari, Rossiya istelochilariga qarshi xalq ozodlik kurashlari va xalq qahramonlari. Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, G‘urak, Abu Muslim, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va boshqalar hayoti.
Temuriylar davrida harbiy jismoniy tayyorgarlik. Amir Temurning harbiy san’ati Temur tuzuklari. Amir Temurning davlat boshqaruvlari. Turkiy xalqlar tarixida milliy sport turlari va o‘yinlarining shakllanishi va rivojlanishi. Milliy urf-odatlar va an’analar. XX asr davomida O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport tizimi jismoniy tarbiya va sportning boshqaruv organlari. Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi. Havaskorlik va professional sport uyushmalari. O‘zbekistonning halqaro sport va halqaro olimpiya harakatida ishtiroki. O‘zbek sportchilarining halqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi, jismoniy tarbiya sportni irvojlantirish hamda ommaviylashtirish bo‘yicha buyruq, qaror, farmon va nizomlari. Jismoniy tarbiya sportni rivojlantirish bo‘yicha jamg‘arma va fondlarni tashkil etish. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlari.
Sport trenirovkalarini nazariy asoslari: jismoniy rivojlanish, mashq ko‘rganlik, sport shaklsi. Sportchining tayyorgarligi. Jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik. Sport trenirovkasi vositalari. Maxsus jismoniy mashqlar sport natijalariga iqlim sharoiti va atrof muhitni ta’siri. Trenirovka davrlarini rivojlantirish, tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlari. Sport mutaxassisligiga erishish. Boshlang‘ich davr, rivojlantirish va takomillashtirish davri, yuksak natijalarga erishish davri. Sportga yo‘naltirish va saralash tadbirlari. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etish. Sport bilan mustaqil shug‘ullanish. Sport bilan shug‘ullanishda to‘g‘ri ovqatlanish, dam olish, gigienik talablarga rioya qilish. Sport bilan shug‘ullanishda tibbiy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Hakamlikni nazariy asoslari: Sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va boshqarish. Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi musobaqalar, halqaro musobaqalar, Qit’a va Jahon birinchiliklari, olimpiada o‘yinlari musobaqalari tartib qoidalari. Sport uyushmalari aro sport musobaqalari ishlab chiqarish sanoat korxonalari –ishloq xo‘jaligi ta’lim va tibbiyot tizimi, mudofaa va ichki ishlar uyushmalarini sport musobaqalari turlari mazmuni, maqsadi va jamoa birinchiliklari, an’anaviy sport musobaqalari, ochiq sport turnirlari. Musobaqalar nizomi. Musobaqalarga talabnoma berish tartibi. Musobaqalar bayonnomasini qayd etish. Musobaqalar o‘tkaziladigan inshootlarga qo‘yiladigan talablar. Musobaqalarni ommaviylashtirish. Axborot vositalari, tibbiy yordam, san’atkorlar, muxlis va jismoniy bilimlarni jalb etish. Musobaqalarni boshqarish, hakamlar tartibi, bosh hakam yordamchi hakamlar, maydondagi, gilamdagi hakamlar, orbitr referi, axborotchi hakam, vaqtni nazoratchi hakam, kompyuter psixologiyasini boshqaruvchi hakam e’tirozlarini hal etuvchi hakam, sport turlariga muvofiq hakamlar tartibi va vazifalari. Musobaqalarda qur’a tashlash va saralash tizimlari. Aylanma va olimpiya tizimlari. Sport turlari bo‘yicha hakamlar tayyorlash tizimi. Hakamlik toifalari. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, sport mutaxassisliklarini hakamlik bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi: boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini jismoniy tarbiyasi maqsadi va vazifasi. Jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiya tadbirlari. Jismoniy tarbiya darslari. Jismoniy tarbiyada sinfdan va maktabdan tashqari ishlar. Yashash joylarida va oilada jismoniy tarbiya. Kuni uzaytirilgan guruxlarda jismoniy tarbiya. Boshlang‘ich sinif o‘quvchilar, engil atletika, kross yugurishlari, gimnastika va xarakatli o‘yinoarga o‘rgatish uslubiyoti.
Xarakatli o‘yinlar maqsadi va vazifasi. Xarakatli o‘yinlar turlari va
mazmuni. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy rivojlanishini nazorat qilish
va baxolash. Jismoniy tarbiya jarayonida tibbiy nazorat. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sportga yo‘naltirish va saralash. Jismoniy tarbiya ta’sirida organizimda bo‘ladigan ijobiy va salbiy o‘zgarishlar. To‘g‘ri qadu qomatni shakillantirish. Xarakat faoliyati sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish.
Sport inshoatlari: Sport inshoatlari turlari va klassifikatsiyasi. Yopiq va
ochiq sport inshoatlari. Sport inshoatlariga qo‘yiladigan texnik sanitar va gigenik talablar. Sport inshoatlarining muxlis sig‘dirish xajmi va texnik xavfsizlik talablari. Sport inshoatlarining asosiy maydon, boshqaruv, axborat, qabulxona, yig‘ilishlar zali, mexmonxona, sanitar gigena xonalari va yordamchi xonalar. Sport inshoatlarini yoritilish, toza xavo bilan ta’minlanishi , yong‘in xavfsizligi va favqulotdagi xodisalarga tayyorgarlik talablari.
Sport o‘inlari: Voleybol, Basketbol, Qo‘l To‘pi, Tennis madonlari, futbol, Regbi, Beysbol, sporti stadionlari, Sport o‘yinlari maydonlarining xajmi. Ochiq sport arenalari va yopiq sport arenalari. Qishki sport zallari va ularga qo‘yiladigan talablar. Muz sport saroylari. Sport zallari va ularga qo‘yiladigan
talablar. Gimnastika zallari, gimnastik mashq maydonlari, gimnastik jixozlar va ularga qo‘yiladigan talablar. Yakka kurash sporti maydonlari va zallari, yakka kurash sporti jixozlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Boks, Kurash va yakka kurash sport zallari, Og‘ir atletika sport zallari xajmi. Og‘ir atletika sporti jixozlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Engil atletika sport stadionlari. Yugurish yo‘lkalari. Sakrash va uloqtirish, itqitish maydonlari. Engil atletik jixozlar va ularga qo‘yiladigan talablar. Ochiq va yopiq suzish xavzalari. Suzish xavzalari xajmi va suv sig‘imi. Suvga qo‘iladigan gigenik , xiik , fizik, texnik, termik talablar. Suvga sakrash maydonlari, tramplinlar va ularga qo‘yiladigan talablar. Suv sporti jixozlari vaularga qo‘yiladigan talablar. Milliy sport o‘yinlari o‘tkazish maydonlari xajmi, kerakli jixozlar va ularga qo‘yiladigan talablar. Amaliy texnik tayyorgarlik sport maydonlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Ot sporti maydonlari. Epadromlar. Qishki va yozgi ot sporti maydonlari va ularga qo‘yiladigan texnik va gigenik talablar. Sport inshoatlaridan oydalanish va ularni boshqarish qoidalari. Sport shaharchalari olimpiya daxalari.
Sport metralogiyasi: Sport turlarida son ko‘rsatkichlarini manitalogik, statistik, qayta ishlash uslublari. Jismoniy rivojlanganlikning o‘rtacha ko‘rsatkichi, ko‘rsatkichlar korrelyasiyasi va variatsiyasi, ko‘rsatkichlar ishonarliligi, xatolar xatolik farqi qvadratik belgilar. Jismoniy rivojlanganliknianiqlash jixojlari va ulardan foydalanish usullari. Antropometrik ko‘rsatkichlarni sport natijalariga ta’siri. Jismoniy fazilatlar ko‘rsatkichlarini mamavzutik, statestik taxlil etish.
Sportga yo‘naltirish va saralash tadbirlarida, sport natijalarining son ko‘rsatkichlarining axamiyati. Jismoniy tarbiya va sportda metralogik o‘lcham tadbirlarini tashkil etish va boshqarish. O‘lchashning texnik vositalari xamda kerakli jixozlar.
Sport mahoratini oshirish: Sport turlariga muvofiq jismoniy texnik, taktik, ruxiy va nazariy tayyorgarlik ko‘rish. Umumiy va maxsus tayyorgarlik. Sport turlari xaraktlarining texnik va taktikasini egallash, rivojlantirish va takomillashtirish. Sport maxoratini oshirishda mashg‘ulotlarni rejalashtirish.
Tayyorgarlik musobaqa va o‘tish davrlari. Sport turlari bo‘yicha trenirovka mashg‘ulotlari shakllari.
Davolash jismoniy madaniyati va massaj. DJM asoslarini yaratilishi. Massaj va ularning turlari. Massaj tavsiya etiladigan va tasdiqlanadigan
xolatlar. Yurak qon tomir tizimi, nafas olish, ovqai xazm qilish, qon tizimi, ayrish tizimi, modda almashinuvining buzilishi va tayanch xarakati apparati xamda asab, ruxiy kasalliklarda DJM dan foydalanish uslublari vositalari, qoidalari va talablari. Jarroxlikdan va muolajalardan so‘ng, ayollar kasalliklari, qon va teri kasalliklarida DJM dan foydalanish uslublari, vositalari, shakllari, talablari va qoidalari. Kasb kasalliklaridan so‘ng qayta tiklanish tadbirlarida DJM dan foydalanish. Sog‘ligi zaif bolalar maxsus tibbiy guruxga kiritilgan o‘quvchilar va talabalar bilan DJM mashg‘ulotlari tashkil etish va o‘tkazish. Bolalar va qariyalar kasalliklarida DJM dan foydalanish uslublari talablari va qoidalari. Kam xarakatlilik hamda nogironlarni qayta tiklash, jismoniy rivojlantirish va sog‘lomlashtirishda DJM dan foydalanish shakllari vositalari, uslublari, talablari va qoidalari.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat baklavri ta’lim olish davrida ta’lim muassaslari, jismoniy tarbiya dasturida keltirilgan sport turlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilim va malakalariga ega bo‘lish kerak. Hamda bir sport turi bo‘yicha mutaxassislikni egallab sport bo‘yicha birinchi darajali sportchi talablarini bajarish kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri ta’lim olish davrida sport mutaxassisligi bo‘yicha kurs ishlari bajarilish kerak. Kurs ishi qo‘l yozma xolatida yoki kompyuter texnologiyasida yozilishi mumkin. Kurs ishida mavzu, reja, matn foydalanilgan adabiyotlar ruyxati, shuningdek jadval, rasm, sxema, grafiklar berilishi mumkin. Bajarilgan kurs ishi xajmi 25 betdan iborat bo‘lishi mumkin. Kurs ishi kafedra yig‘ilishida ximoya qilinadi. Kurs ishi 3 yil davomida kafedrada saqlanadi. Kurs ishi mavzularisport to‘ri tarixi shakllanishi, rivojlanishi, sportchilarni texnik, taktik, jismoniy nazariy umumiy va maxsus tayyorgarlik trlari, sport trenirovkalarini rivojlantirish. Sport musobaqalarini tashkiletish va o‘tkazish. Xakamlmk kabi mavzularni taxlil etish mumkin.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavr mutaxassislik buyicha nazariy fanlardan kurs ishi bajariladi. Nazariy fanlardan bajariladigan kurs ishiga xam amaliy ishlarga quyiladigan talablar quyiladi. Nazariy fanlardan kurs ishlari, mavzulari kafedrada o‘quv yili boshida e’lon qilinadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fanidan yoziladigan kurs ishlari jismoniy tarbiyani nazariy asoslari hamda jismoniy tarbiya uslubiyoti masalalarini yoritishga qaratilgan bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri ta’lim olish davomida ikki bosqichli malakaviy amaliyot o‘tadilar. Dastlabki amaliy sport turlari bo‘yicha o‘quvchilar yig‘ini hamda sayyohlik yurishi shaklida o‘tkazilishi mumkin. lager yig‘ini amaliyotida sport turlari bo‘yicha trenirovka mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Sayyohlik yurishlarida tabiat qo‘ynida sayyohlik yurishlari tashkil etiladi. Jismoniy harakat malaka, ko‘nikmalari takomillashtiriladi. Malakaviy amaliyotning ikkinchi bosqichi pedagogik amaliyot shaklida o‘tkaziladi.
Pedagogik amaliyot davomida talabalar, ta’lim muassasalarida, jismoniy tarbiya darslari, jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlash, kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari va sport to‘garagi mashg‘ulotlari, musobaqalari tashkil etish va o‘tkazishni o‘rganadilar. Shuningdek jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ish hujjatlaridan jismoniy tarbiya dasturi asosida ishchi rejalari, sport mashg‘ulotlari, bayonnomalari, sport musobaqalari kalendar rejalari, tuzish va tayyorlash, malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar.
Pedagogik amaliyot davomida jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fani bo‘yicha nazariy bilimlari, hamda sport turlari bo‘yicha egallagan amaliy tayyorgarliklardan foydalanadilar. Shuningdek o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish, o‘quvchilar sog‘ligini tibbiy nazorat qilish va tibbiy guruhlarga ajratish, jismoneiy tarbiya darslarini zichligini aniqlash, (xronometraj), jismoniy yuklamalarni organizmga ta’siri (pulsometriya) hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kechalar, suhbatlar uyushtiriladilar va o‘tkazadilar. Talabalar pedagogik amaliyot davomida kundalik reja tutadilar. Pedagogik amaliyot hujjatlarini tayyorlaydilar.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimga, tasavvurga va tushunchaga ega bo‘lishlari, amaliy, malaka va ko‘nikmalari hamda tajribalari shakllanishiga ega bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat asoslari: jismoniy tarbiyaning yangi va namunaviy usullari va shakllari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tarkibiy xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat dolzarb muammolari, o‘quv sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish, sport inshootlari, moddiy texnika bazasini ta’minlash, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislarining tayyorgarligini asosiy tushunchalari, shakllari, shaxsning har tomonlama rivojlanishida jismoniy tarbiyaning samarali uslub va shakllari, bolalar va o‘smirlar organizmini rivojlanishi. Jismoniy yuklamalarni me’yorlash talabalar, ta’lim-tarbiya faoliyatining samaradorligini oshirishning yangi pedagogik texnologiyalari. Jismoniy tarbiya va sportda malaka va ko‘nikmalar shakllanishini nazorat qilish tizimi. Milliy sport va harakatli o‘yinlari, an’ana va urf-odatlarining jismoniy tarbiya jarayonida va mutaxassislar tayyorlashdagi ahamiyati. Jismoniy tarbiya darslarida texnik vositalardan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sportda yuksak natijalarga erishi, tamoyillari va tizimlari, mutaxassislik fanlari bo‘yicha milliy uslubiy tavsiyanomalar tayyorlash, talabalar ta’lim tarbiya jarayonini rejalashtirish, ta’lim muassasalarida ommaviy sport sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarish.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat asoslari fanidan muhokama etiladigan mavzular:
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport tizimida erishilgan ilmiy pedagogik yutuqlar tavsifi, Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tadbirlari o‘quvchi va yoshlarni jismoniy tarbiyalash va ta’lim berish muammolari ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari ishlar va maktabdan tashqari ishlar hamda yashash joylarida va oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish va boshqarish masalalari. Jismoniy tarbiyani ilmiy uslubiy, moddiy texnik, tashkiliy va huquqiy asoslari, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim berish va pedagogik nazoratning samarali shakl, uslublari va vositalari.
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishimizda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylarining kasbiy faoliyati shakllari va turlari tahlil etildi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tayyorlanadilar. Ularning ta’lim tarbiya jarayoni nazariy bilimlar va amaliy malaka va ko‘nikmalar egallash shakllaridan iborat bo‘ladi.
Nazariy bilimlar ma’ruza, seminar va tajriba mashg‘ulotlari davomida berib boriladi va o‘zlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda sport turlari va jismoniy harakatlarning texnik va taktik shakllari o‘rganiladi xamda jismoniy fazilatlar takomillashtirilib boriladi.
Shuningdek sport turlari bo‘yicha mutaxassislik mashg‘ulotlarida texnik va taktik xamda jismoniy tayyorgarlikdan ega bo‘lgan sport tayyorgarligi malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. To‘liq mutaxassislikka ega bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylari faoliyati ta’lim muassasalari xamda yashash joylarida jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etish va boshqarishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya darslari, dars davomidagi fikult daqiqalar, katta tanaffusdagi harakatli o‘yinlar, sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar, kun tartibidagi sayrlar va sayyohlik yurishlaridan iborat bo‘ladi. Bolalar bilan yashash joylarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari harakatli o‘yinlar, sport mashg‘ulotlari, musobaqalar, bellashuvlar va bayramlar shaklida tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya mutaxassislari bolalar va aholi bilan jismoniy tarbiya sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini nazariy mashg‘ulotlar, amaliy mashg‘ulotlar shakllarida tashkil etadilar. Nazariy bilimlar jismoniy mashqlar va sport turlarining maqsadi va vazifasi, shakllari xamda ularning organizmga ta’siri kabi masalalarni o‘rgatadi. Amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy harakatlar malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Sport turlari harakatlarining texnika va taktikasi egallanadi xamda jismoniy fazilatlar rivojlantiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilar harakatlarni amalda bajarib malaka va ko‘nikma xosil qiladi. Buning uchun jismoniy tarbiya mutaxassislari mashqlarni amalda bajarib ko‘rsatadilar. Bu murabbiylarni amaliy tayyorgarliklari yuqori bo‘lishligini talab etadi.
Jismoniy tarbiya mutaxassislarining barcha faoliyat turlari bolalarni va aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kasbiy tajribalarini ortirib borish keng tashkil etilgan.
Kasb hunar kollejlari jismoniy tarbiya mutaxasssilarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish maqsadida har uch yilda kasbiy malaka oshirish va qayta tayyorlash tashkil etiladi. Kasbiy malakalarni oshirishda va qayta tayyorlash jarayonlarida tinlovchilarga jismoniy tarbiya va sport sohasining etuk mutaxassislari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib tinglovchilarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bilimlari bilan birga iqtisodiy va xaquqiy bilimlari, horijiy tillarni o‘rganish darajalari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish malakalari ortirib boriladi

Yüklə 39,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin