Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə1/6
tarix22.04.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#101663
  1   2   3   4   5   6
EKONOMETRIKA NAZORAT ISHI BUNYOD




MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI


PSIXOLOGIYA FAKULTETI


SIRTQI BO’LIMI


EKONOMETRIKA ASOSLARI
FANIDAN
NAZORAT ISH

Mavzu: Ko’p omilli ekonometrik tahlilda omillarni tanlash muammosi


924-20 guruh talabasi: Abdurazzaqov B

Qabul qildi: MUXTOROV B


JIZZAX-2023


Reja:
Kirish



    1. Ekonometrik model tushunchasi
    2. Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti.


    3. CHiziqli va chiziqsiz ko’p omilli regression bog’lanishlar.
    4. Umumlashtirilgan va bavosita “eng kichik kvadratlar usuli”.

    5. Ekonometrik modelg’ parametrlarining iqtisodiy tahlili va elastiklik


koeffitsientlarini hisoblash.


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Ko‘plik korrelyasiyasi tasodifiy ko‘rsatkichlar guruhi o‘rtasidagi bog‘lanishlarni 
o‘rganadi. Iqtisodiy tahlilda ko‘plik korrelyasiya usulini qo‘llanilishi hisoblash texnikasi 
yaratilganidan so‘ng kengaydi va qisqa muddatda katta yutuqlarga erishildi, ham iqtisodiy, ham matematika fanlarini rivojlanishiga o‘z ulushini qo‘shdi. 
Ko‘plik (ko‘p omilli) korrelyasiya usuli murakkab jarayonlarni tahlil qilishning 
asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul murakkab jarayonlarda ro‘y berayotgan 
alohida hodisalarni modellashtirish va bashorat qilish imkonini beradi. Ko‘p omilli 
korrelyasiya usulidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
1. Kuzatishlar asosida to‘plangan katta mikdordagi dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlashasosida bir argumentning o‘zgarishida funksiya qiymatini o‘zgarishini qolgan argumentlar qiymati belgilangan sharoitda aniqlanadi. 
2. Qiziqtirayotgan bog‘lanishga boshqa omillarni ta’sirini (o‘zgartirish) darajasi 
aniqlanadi. 
Korrelyasiya tahlili usullarini qo‘llayotgan izlanuvchilar oldida turadigan asosiy 
muammolar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- funksiyako‘rinishini (turini) aniqlash; 
- omillar-argumentlarniajratish; 
- jarayonlarni to‘g‘ri baholash uchun zarur bo‘lgan kuzatishlar sonini aniqlash. 
Funksiyaning ko‘rinishini tanlashning qandaydir aniq ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalari bo‘lamasa ham, har bir izlanuvchi bu muammoni turlicha hal qiladi. 
Matematika fani berilgan qiymatning har qanday sohasi uchun cheklanmagan miqdorda funksiyalarni keltirishi mumkinligini hisobga olib, ko‘p izlanuvchilar funksiya ko‘rinishini tanlash inson imkoniyatlari chegarasidan tashqarida deb hisoblashadi. SHuning uchun funksiya ko‘rinishini sof empirik asosda tanlash zarur va keyinchalik uni o‘rganilayotgan jarayonga to‘g‘ri kelishi (adekvatligi) tekshiriladi va qabul qilish yoki qilmaslik haqida qaror qabul qilinadi. Omillar o‘rtasida bog‘lanish shaklini tanlashning uchta usuli mavjud:
– empirik usul; 
– oldingi tadqiqotlar tajribasi usuli; 
– mantiqiy tahlil usuli. 
Analitik funksiya turini regressiyaning empirik grafigi bo‘yicha aniqlash mumkin. Lekin mazkur grafik usulni faqat juft bog‘lanish hollarida hamda kuzatishlar soni nisbatan 
ko‘p bo‘lganda muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin. 

Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin