Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti


Ekonometrik model tushunchasi



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə2/6
tarix22.04.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#101663
1   2   3   4   5   6
EKONOMETRIKA NAZORAT ISHI BUNYOD

1.Ekonometrik model tushunchasi

Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi.

Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar sistemasini namunasidir.

Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.

Iqtisodiy model - iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng harakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.

Ekonometrik modelg’ – bu ehtimollik - stoxastik modelg’. Bu modelg’ yordamida iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarish qonuniyatlarini matematik ko’rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko’rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko’rinishida ekonometrik modelg’ quyidagicha yoziladi:


Y f 1, 2,..., xn 

Ekonometrik modelda – asosiy endogen ko’rsatkich, modelda o’zgarish

qonuniyatlarini x1, 2,..., x n) yordamida o’rganish mumkin.

1, 2,..., x n) – tahsir etuvchi, ekzogen ko’rsatkichlar.

Ekonometrik modelda fiktiv ko’rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko’rsatkichlar – bu sifatli ko’rsatkichlar miqdoriy ko’rsatkichlarga o’tkazilgan ko’rsatkichlar.


Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin