Magistratura talabasi: Isroilov Islomiddin Kamoliddin oʻgʻli
2023 yil, mart _________ oy imzo
Jizzax davlat pedagogika universiteti 70110103-“Ta’lim muassasalarining boshqaruvi” yo’nalishi ikkinchi bosqich magistratura talabasi Isroilov Islomiddining Maktab menejmenti kafedrasiga oylik HISOBOTI
2023- yili aprel oyi.
Ilmiy rahbar: p.f.d, prof. Sh. Sharipov
Ilmiy-amaliyot rahbar: A. Usmanov
Aprel oyi pedagogik amaliyot davomida quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Mutaxassislik fanlarida o`rganilgan metodlardan foydalangan holda talabalarni turli dars mashg‘ulotlarni o‘tishga tayyorlash, talabalarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustahkamlash, ta’lim va tarbiya masalalarini ijobiy hal qilishga o‘rgatish hamda pedagogik fanlarga bo‘lgan intilishlarini shakllantirish ishlarini ham olib bordim.
Shuningdek, bitiruv ishi uchun materiallar to‘plash, tajriba ishlarini yo‘lga qo‘yish, tajribali oqituvchilardan maslaxatlar olish, oz ixtisosligi, pedagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va pedagoglik kompetentligini takomillashtirish ishlarini olib bordim. Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlarining sifatini oshirish va takomillashtirishning nazariy asoslari mavzusida tadqiqot ishini ilmiy rahbarim Sh. Sharipov bilan birgalikda tayyorlab bordim. Shuningdek 25-aprel kuni dastlabki himoyadan otib, asosiy himoyaga tavsiya etildim.
Ilmiy rahbarim bilan birgalikda tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan Jizzax davlat pedagogika universiteti faoliyati tahlillarini ko’rib chiqdik.
-“Maktab menejmenti” kafedrasida dars mashg’ulotlarining (ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar) kabi an’anaviy va noan’anaviy (innovasion) shakllarini o’tkazish, ma’ruza matnlari va mashg’ulotlar o’tkazish rejalarini tuzish ishlarini qaradik. Bundan tashqari, 1-bosqich talabalariga “Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati” mavzusida maʼruza mashgʻuloti 3-bosqich talabalariga Oilaning ijtimoiy maqomimavzusida seminar mashgulotlariga kirdim.