Ta`lim muassasasi menejmenti Reja: Mavzu rejasi


O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi



Yüklə 60,67 Kb.
səhifə2/6
tarix06.05.2023
ölçüsü60,67 Kb.
#108874
1   2   3   4   5   6
Ta`lim muassasasi menejmenti Reja Mavzu rejasi

O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

  • davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturini bajarish;

  • o`quvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida o`qishni davom ettirish, tanlagan mutaxassisliklar bo`yicha mehnat faoliyati bilan shug`ullanish uchun zarur va yetarli bo`lgan bilimlar ham kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;

  • respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish.

Nizomda akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalari huzurida, kasb-hunar kollejlarining esa hududlarning demografik va geografik sharoitlari, tegishli soha mutaxassisliklariga bo`lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari ko`rsatib o`tilgan.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy vazifalari sirasiga o`quvchilarni qabul qilish, umumiy va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish, nazorat turlarini tashkil etish, kursdan-kursga, o`rta maxsus kasb-hunar ta’limining bir turidan boshqasiga o`tkazish hamda diplom berish kabilar kiradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega bo`lgan sub’ektlar, ta’lim muassasasiga professor-o`qituvchilar va muhandis pedagoglarni ishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi ma’lumotlar berib o`tiladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tartibi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o`quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish hamda joriy etish, o`quv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi (O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi), ularning hududiy boshqarmalari, shuningdek, ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshiriladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag` bilan ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’minlanadi. Ta’lim muassasasining moliyaviy mablag`lari uning tasarrufida bo`ladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga ega bo`lib, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkin.
Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko`rsatiladi:

  1. davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo`lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;

  2. bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o`rgatish).

Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo`yiluvchi talablar, o`qituvchi, o`quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Mazkur o`quv yurtida o`quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o`quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o`zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o`quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o`quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to`laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Ustavda o`z-o`zini boshqarish, jamoada o`zaro munosabatning o`rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta’lim muassasasining direktori o`qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so`zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.
O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan «Umumiy o`rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to`g`risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro`yxatdan o`tkaziladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o`rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o`qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko`rsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo`limlardan tashkil topadi:

  1. Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.

  2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.

  3. Ta’lim muassasasini boshqarish;

a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o`z-o`zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
b) pedagogik-jamoa Kengashi;
v) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosarining huquq va burchlari;
d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining huquq va burchlari.

  1. O`quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo`yicha ishlab chiqilgan o`quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
b) o`quv jarayonini tashkil etish;
v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazish tartibi;
d) qo`shimcha pulli mashg`ulotlarni joriy etish;
j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg`ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).

  1. O`qituvchi. Huquq va burchlari.

  2. O`quvchi. Huquq va burchlari.

  3. O`quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.

  4. Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

  5. Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo`jalik ta’minoti.


Yüklə 60,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin