Ta'lim muassasasi menejmenti



Yüklə 4,75 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü4,75 Kb.
#189731
Ta\'lim muassasasi menejmenti-fayllar.org


Ta'lim muassasasi menejmenti

TA'LIM MUASSASASI MENEJMENTI
Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to’g’ri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o’ta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo’sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo’nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so’z yuritilganda, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so’z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to’xtalib o’tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:
uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib borilishi;
barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;
ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;
moliya-xo’jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;
ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatish huquqi beriladi;
muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o’z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
http://fayllar.org
Yüklə 4,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin