Abu Nasr Farobiy o’zining “Baxt saodatga erishuv” nomli asarida ta’lim-tarbiya berish usulini ikki turga bo’ladi: rag’batlantirish va jazolash (majbur qilish). U mazkur usullarni izohlar ekan, o’qituvchining pedagogik mahoratiga ham to’xtalib o’tadi: “Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi. Mana shundan ma’lum bo’ladiki, hukumat va muallim har ikkovi o’z yo’lida, bolalar yoki xalqqa tarbiya beruvchilar, ustod va muallimlardir, Ulardan biri bolalarga mehribonlik va yaxshi so’zlar bilan tarbiya bersa, ikkinchisi majburiy ravishda tarbiyalaydi”
Abu Ali ibn Sino
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o’zining “Tadbiri manzil”, “Tib qonunlari” kabi asarlarida pedagogik mahoratga doir o’z qarashlarini yozib qoldirgan. Masalan, u “Tadbiri manzil” asarida bolaga ta’lim berishni o’qituvchining pokiza, adolatli, farosatli, sog’lom, notiq va o’z kasbining ustasi bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy
Beruniy insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Tabiatni va jamiyat ilmini o’rganishda “O’zimni tekshirib ko’rmaguncha ishonmayman” degan shiorga amal qiladi. U mohir pedagog sifatida pedagogik mahorat masalasida o’zining qator tavsiyalarini ishlab chiqadi: “O’qituvchini hamma narsaga o’rgatish” san’ati, tabiatga moslik, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish kabilar shular jumlasidandir. Beruniy: “Maqsad vaqtni cho’zish emas, balki o’quvchini zeriktirmaslik. Chunki doimo bir xil narsaga qaray berish mallollik va sabrsizlikka olib keladi.
O’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida
Olimlarning hisoblashlariga ko’ra o’quv uchun ajratilgan vaqtning taxminan 1/4 - 1/2 qismi o’quvchilarning o’qituvchi nutqini eshitishlari va tushunishlari uchun sarflanadi. Demak, o’quv materialining o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishi o’qituvchi nutqining kamoloti va yorqinligiga bog’liq ekan.
Haqiqatan ham, A.Avloniy ta’kidlaganidek “So’z insonning daraja va kamoli, ilm va fazlni ulug’lab ko’rsatadurg’on tarozisidir. Aql sohiblari kishilarning fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so’zlagan so’zidan bilur”.
Kishining ovozi, tabiati o’zgarmas degan fikrlarga qo’shilib bo’lmaydi. Hozirgi zamon fiziologiya faninig dalolat berishicha ovoz sifatini mutlaqo o’zgartirish mumkin. Bu tarixiy faktlar bilan ham isbotlangan. Masalan, buyuk notiq Demosfen o’z duduqligini mashq qilish tufayli yengib Qadimgi Rimning buyuk notig’iga aylangan.
Hozirgi kunda nutq texnikasiga doir mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim teatr pedagogikasi tajribalariga tayanadi hamda nutq paytida to’g’ri nafas olish, tanaffus va diksiyani so’zlash kabi ko’nikmalar o’quv-uslubiy majmuasidan tashkil topgandir. Mazkur tizimni o’zlashtirgan istalgan o’qituvchi o’z nutqi orqali o’quvchilarda o’zi istagan bilim, ko’nikma va malakalarni singdira oladi, tarbiyalay oladi.
Yan Amos Komenskiy o`qitishning mazmuni, o`qitish qoidalari to`g`risida
Komenskiy hamma maktablar uchun umumiy bo`lgan bir tizim bo`lishi, bolalarning qaysi toifaga mansubligidan ota-onalarining kimligidan qat`iy nazar ona tilidagi maktablar hamma bolalar uchun umumiy va majburiydir, deb ta`kidlaydi.
Komenskiy boshlang`ich umumiy ta`lim g`oyasini ilgari surdi. U kambag`allarning bolalaridagi iste`dod bilim olmasligi tufayli halok bo`ladi deb g`azablanardi.
Komenskiy fikricha, tarbiyaning uch bosqichi va uch vazifasi mavjud:
Komenskiy fikricha, tarbiyaning uch bosqichi va uch vazifasi mavjud:
1. O`zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya).
2. O`z-o`zini boshqarish (axloqiy tarbiya).
3. Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).
Komenskiyning O`rta asr pedagoglaridan farqi shuki, u birinchi vazifaning bajarilishiga katta e`tibor berdi. Tarbiyaga yuksak baho berdi. Inson tarbiya tufayligina insonga aylanadi, u har qanday bolani ham odam qilishi mumkin, deydi.
Komenskiyning O`rta asr pedagoglaridan farqi shuki, u birinchi vazifaning bajarilishiga katta e`tibor berdi. Tarbiyaga yuksak baho berdi. Inson tarbiya tufayligina insonga aylanadi, u har qanday bolani ham odam qilishi mumkin, deydi.
Komenskiy birinchi bo`lib ko`rsatmalilik tamoyilini asoslab berdi. U mumkin bo`lgan narsalarning o`zini, mumkin bo`lmaganlarda esa rasmlardan foydalanish kerak, deb ko`rsatadi. O`sha davrgacha to`plangan ko`rsatmalik tamoyili asosidagi bilimlarni umumlashtirdi, guruhlashtirdi va kengaytirdi, amalda keng qo`lladi.