Ta`lim prinsiplari



Yüklə 42 Kb.
tarix02.03.2023
ölçüsü42 Kb.
#86176
66-mavzu ta`lim prinsiplari


66-MAVZU: TA`LIM PRINSIPLARI.
Ta`lim o`qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo`l-yo`riqlarni o`z ichiga oladi.
Ta`lim tamoillari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
Ta`lim tamoillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.
O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta`limning ilmiylik prinsiplari.
Maktablarimizda ta`limning ilmiy bo’lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik asosda egallab olishlarini, atrofini o`rab olgan ob`yektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va voqealarning bir-biriga bog`liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini ilmiy asoslarini anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va xulosalar chiqarish, shunindek, ularga o`zlashtirilgan ilmiy bilimlarning turmushda bilish ko`nikma va malakalarni hosil qilish talabalarning o`z ichiga oladi.
Ta’limning ilmiy bo`lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi fan va texnika taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollashtirishni hamda maktab ta`limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni ta`minlashga qaratilgan.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi maktab ta`limining mazmunigagina aloqador bo`lib qolmay, o`qitish meto`dlariga ham aloqadordir.
U maktab ta`limi jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydala olishga qaratilgan o`qitish meto`dlarini ham takomillashtirishni talab qiladi.
Shuningdek, o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, saviyasi va yosh xususiyatlariga mos keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni ham talab qiladi. Ayniqsa o`quvchilarni, atrofni, narsa, voqea va hodisalarni mustaqil suratda kuzatish, eksperiment o`tkazish, dastlabki ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni talab qiladi.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi o`quvchilar ilmiy materialistik dunyoqarashlarni shakllantirishga, atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqni o`rganish, bilishga bo`lgan qiziqishlarni o`stirish, shuningdek ularning mustaqil ravishda o`z ma’lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib borishga bo`lgan moyilliklarini rivojlantirish ham zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar hosil qilishga olib keladi. Bularning hammasi o`quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiradi.
Ta`lim va tarbiyaning birligi.
Ta`lim jarayonida o`quvchini tarbiyalash, jamiyatda o`z o`rnini topishga yo`naltirish, ularga barkamol shaxs hislatlarini singdirish asosiy o`rinni tutmog`i lozim. Buning uchun:

  1. o`zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o`quvchilarda ilmiy materialistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish;

  2. shu jarayonda o`quvchilarga muayyan ma`naviy sifat, umuminsoniy ahloq meyorlarini singdirish;

v) o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish nazarda tutiladi.
Ta`lim-tarbiyaning birligini taminlash, ta`lim jarayonini to`g`ri tashkil etish va xilma-xil o`qitish meto`dlaridan unumli foydalana olishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ta`lim bilan tarbiyaning birligini ta`minlamoq uchun ayniqsa:
a) bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g`oyaviy jihatda to`g`ri yo`nalishga ega bo`lishi;
b) o`qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish;
v) bayon ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o`zlashtirish hamda turmushda ularga amal qilinishi;
g) ta`lim jarayoni o`quvchilarning qiziqishini orttirish, faollik va tashabuskorliklarni oshirishga qaratilgan bo`lishi;
d) ta`lim jarayonida o`quvchilarning saramjonlik, uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, jamoatchilik hamda o`zaro yordam hislarini tarbiyalashga alohida ahamiyat bermog`i lozim.
Ta`limda nazariyaning amaliyot bilan birligi.
Ta`lim nazariyasining amaliyot bilan birligi prinsipi eng asosiy va yetakchi prinsipdir. Nazariyaning amaliyot bilan birligi masalasi faqat didaktik prinsipgina bo`lmay qolmay, balki o`quv tarbiya ishlarining hamma tomonini o`z ichiga oladi. Maktab ta`limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi dastavval o`quv predmetlarning mazmuni va harakteriga bog`liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiy bilimlar puxta egallash, uning bir-biriga mustahkam va uzviy bog`liq bo`lgan ikki tomonini:
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar o`quv materiallarining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyot qonunlarini ilmiy asosda atroflicha to`g`ri tushinib va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar bilan qurollanadilar
Ta`limning muntazamlilik va izchillik
Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
O`qituvchi kundalik o`quv materiallarini bayon qilishda muntazamlilik prinsipiga muvofiq dars o`tadi. Bunda: 1) Yangidan bayon qilinayotgan o`quv materiallarining oldindan o`zlashtirilgan materiallar bilan izchil bog`lanishini ta`minlash va shu orqali o`quvchilarda hosil qilingan tasavvur va tushunchalarni hamda chuqurlashtirish;
2) Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining hajmiga muvofiq sur’atda qisimlarga bo`lish, undagi yetakchi va bosh masalalarni ajratish qisimlardan kelib chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib o`qitish;
3) Yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o`quvchilarni mustaqil mantiqiy fikr qilishga da`vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog`i lozim. Shu bilan birga ta`limning muntazamlilik prinsipi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o`tilgan materiallarini to`ldirishga hizmat qilishi; o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko`nikma va malakalarni hisobga olib borishni ham o`z ichiga oladi.
Ta`limning muntazamliligi uning izchilligi bilan bog`liqdir. Izchillikka asoslangan ta`limning harakterli belgisi shundaki, u o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, ularning o`zaro bog`lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni hosil qilish jarayonida oldin o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta`minlashga qaratilgandir.
Ta`limda onglilik va faollik.
Ta`limda onglilik o`quvchilarning ilmiy bilimlarini asosli ravishda anglab, chuqur o`zlashtirib olishlarini taqozo qiladi. O`quvchilarning ta`lim jarayonida onglilik bevosita ularning aqliy faoliyatlari bilan fikr qilish faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Odatda o`quvchilarning ongliligi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini yoki tevarak atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqdagi narsa, hodisa, voqealarini fikr qilish operatsiyasi-taqqoslash, analiz qilish, abstraksiya va umumlashtirish natijasida ilmiy bilimlarning qonun-qoidalari hayotiyligiga ishonch bilan qarashlarida, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishlarida ko`rinadi.
Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining ongli o`zlashtirlgani o`quvchilarning fikr qilish faoliyatlariga ta`sir qilishi kuzatish natijasida ro`yobga chiqadi va ayni bir vaqtda bu jarayon o`quvchilarning ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash o`zlashtirishlarga ongli, mustaqil, faol munosabatda bo`lishlarini ta’minlaydi.
Ta’limni ongli o`zlashtirishda, bir tomondan, o`quvchilarning mustaqil va faol fikr qilishlari nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o`quvchilarning mustaqil va faollik bilan mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borish nazarda tutiladi. Bu prinsip o`quvchilarning bilish faoliyatida va dars berishda asos qilib olingan qoida sifatida uchta muhim jihatni:

  • o`quvchilar tomonidan o`quv materiallarini ongli ravishda tushinilishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishni, bilish faoliyatining shakllanishini o`z ichiga oladi.

O`quvchilar o`quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina tushunishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishini, bilish faoliyatining darajasi turlicha bo`lishi mumkin.
Eng yuksak daraja. O`quvchi qiziqishi va o`qish istagi borligi uchun mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsdagi faolligi, mehnatsevarligi, bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o`rinda o`qituvchining ro`li o`quvchiga o`z o`qish vaqtini to`g`ri tashkil etishga yordam berishidan, unga aqliy faoliyatining ratsional usullarni o`rgatishdan iboratdir.Yuksak daraja. O`quvchilar materialni faollik bilan, lekin o`qituvchining rahbarligi ostida o`rganadilar. O`qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishga, qat`iyatli , irodali bo`lishga yordamlashgan holda ular faoliyatini yo`naltirib boradi.
O`rtacha daraja. O`quvchilar mazmunni o`zlashtirib olishga intiladilar, ammo turli sabablarga ko`ra, ya`ni yaterli ish qobiliyatiga ega bo`lmagani, o`qish sababablarini yuksak bo`lmagani, asab sistamasini ojizligi va shu kabi sabablarga ko`ra alaxsiydilar, diqqat-e’tiborsiz bo`lib qoladilar. Bunday sharoitlarda o`qituvchi o`quvchining alaxsish sabablarini yaxshi tushinib yetishi va profilatka tarzida ta`sir o`tkazish vositalarini oldindan rejalashtirib qo`yishi kerak.
Past daraja. O`uvchilarning diqqat-e`tibori boshqa narsalarga ham ko`chib qoladi. Ular o`qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg`ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. Lekin o`quvchilar o’quv vazifasini anglaydilar va ularni yechish lozimligini tushinadilar. Odatda bunday o`quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etishni talab qiladi.
Eng past daraja. O`quv vazifasi o’quvchi faoliyatini belgilamaydi. U materiallarni zarurat bo`lganligi uchun o`zlashtiradi, ichki g`ayrat va omil tufayli emas, balki o`qituvchi, ota-onalar, katta yoshdagilar majbur qilgani uchun o`qiydi. O`quvchilarning faolligi o`quv jarayonida aloqasi yo`q faoliyati turlariga yo`nalgan bo`ladi. Odatda bunday o`quvchilar yomon o`qishadi, ular individual yondashuvni talab qilishadi. O`quv jarayonida uddaburonlik bilan rahbarlik qilish orqali maktab o`quvchilarining bilish faolligini yuksak darajada olib chiqish vositalarini topsa bo`ladi.
Ta`limning ko`rsatmaliligi.
Ta`limning ko`rsatmali bo`lishi prinsipi o`quv materiallarini o`quvchilar konkret obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta`minlaydi. Kuzatilayotgan ob`ektning harakteri yoki o`quv materialining hususiyatiga qarab idrok qilish quyidagicha bo`lishi mumkin:

  1. hayotdagi narsa, hodisa va voqealarni yoki o`quv materiallarini to`g`ridan-to`g`ri kuzatish orqali, bevosita idrok qilish yo`li bilan;

  2. ilgaridan sezilgan, idrok qilingan narsalar va o`quv materiallarining obrazlarini qaytadan esga tushirish, tasavvur qilish yo`li bilan;

  3. narsa, hodisa va voqealar yoki o`quv materiallarini tasviri ifodalangan ko`rsatma materiallarini namoyish qilish yo`li bilan idrok qilish mumkin.

Ta`lim jarayonida ko`rsatmali materiallarni qaysi yo`l bilan idrok qilishdan qat`iy nazar, to`g`ri tashkil qilingan ko`rsatmalilik prinsipi ta`limning yetakchi qonun-qoidalar va talablarni amalga oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o`z ichiga oladi, ayniqsa:
1) bayon qilinayotgan mavzuni harakteriga mos keladigan ko`rsatmali materiallardan unumli va to`g`ri foydalanish o`quvchilarni o`tilayotgan materiallarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. Dars qiziqarli o`tadi, sinf o`quvchilarining faolligi oshadi.
2) ta`limda qo`llanilayotgan ko`rsatmali qurollar o`quvchilarning qanchalik yaqqol va konkret, obrazli idrok qilinishini ta`minlasa va kuzatayotgan ob`ektga mumkin qadar sezgi organlari safarbar qilinsa, o`quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o`zlashtiriladi, uzoq vaqt esda saqlab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo`ladi. Oqibatda o`quv materiallarining puxta o`zlashtirilishi ta`minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Karimov I.A. “Soglom avlod xalkimiz kеlajagi”.T. 1999.
2.Karimov I.A. “Istiqlol va ma'naviyat”. T. Uzbеkistan, 1994.
3.”Ta'lim to`g`risidagi Qonun”. T. 1997.
4.R.Mavlonova, O.Turaеva - Pеdagogika 2001 yil.
5.Munavvarov A.K. “Pеdagogika”. T. O`qituvchi. 1996.


Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin