Таълим психологияси



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

Kuzatish 
– voqealarga aralashmay, psixologik xodisa tabiiy sharoitda qanday yuz 
berayotgan bo`lsa, shu holida o`rganiladi. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish 
uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak: 1) Kuzatish maqsadi, vazifasi belgilanadi; 
2) kuzatish ob‟ekti tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot 
vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qat‟iylashtiriladi; 6) qaysi 
faoliyat kuzatilishi belgilab olinadi; 7) kuzatish shakli (yakka, guruhiy, jamoaviy) 
belgilanadi; 8) kuzatishni qayd etib borish vositalari (kundalik, kino-video, foto, 
magnit yozuvi va boshqalar) tanlanib, natijalar sistematik ravishda qayd qilib boriladi. 
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, nerv tizimidagi 
tashqi ifodasi, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq 
faoliyati va boshqalar ham o`rganiladi.
Bu metod tadqiqotchidan kuzatuvchanlikni, o`rganilayotgan psixik xodisani tabiiy 
sharoitda tekshira olish qobiliyatini talab qiladi.
Suhbat. Bu metod yordamida psixik hodisalarning ichki – sub‟ektiv tomonlari 
o`rganiladi. Inson psixikasini o`rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, 
uning ob‟ekti va sub‟ekti tanlanadi, vaqti, joyi aniqlanadi, yakka, guruhiy va jamoa 
bilan bog`liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir 
vaziyat yoki muammoni hal qilingan jarayonida inson psixikasidagi o`zgarishlarni 
o`rganishdir. 
 
Psixologiya 
ning ilmiy 
tadqiqot 
metodlari 
Kuzatish 
Tajriba 
So`rov 
suhbat 
Test 
Biografiya 


12 
Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bo`lishning ob‟ektiv 
usullaridan biri - eksperiment metodidir. U murakkab xarakterdagi psixik xodisalarni 
o`rganish uchun qo`llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, tadqiqotchi bu metod 
yordamida o`rganayotgan psixik xodisani o`zi istagan vaqtda vujudga keltiradi va uni 
maxsus asboblar yordamida alohida xonada o`rganadi. Kuzatishdan farqi, eksperiment 
o`tkazuvchi sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi, sun‟iy vaziyat paydo qilinishi 
mumkin. Bu metod inson psixikasini chuqur, aniq tadqiq qilinganda eng muhimi 
hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun‟iy tushunchalarning shakllanishi
favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilingan jarayonlari, shaxsning 
his-tuyg`ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psixikasining 
nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari
murakkab mexanizmlari tekshiriladi.
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: tabiiy eksperiment va 
laboratoriya eksperimenti. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin