2
Ushbu ma‟ruzala matni institut ilmiy kengashining 2015 yil 27-08dagi № 1-sonli
bayonnomasi bilan chor etishga tavsiya etildi. Ma‟ruza matni Navoiy davlat
pedagogika institutining bakalavriat yo‟nalishidagi barcha fakultet talabalari uchun
tavsiya etiladi.
Tuzuvchi: o‟qituvchi o`qituvchi Холиков У
Taqrizchilar:
pedagogika
fanlari nomzodi, dosent X.Bobomirzaev,
psixologiya fanlari nomzodi dotsent. F.Ro‟ziqulov
3
1- mavzu Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti
Mavzu Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti
Mavzuning dolzarbligi:
Mustaqil O‟zbekiston Respublikasida kadrlar
tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilish ko‟p jixatdan o‟quv-tarbiya
ishlarini
isloh qilish, o‟quvchilar yosh xususiyatlarini bilish, xar qaysi
yoshdagi bolalar bilan
olib boriladigan pedagogik, psixologik jarayonlar xususiyatlarini
qanchalik yaxshi
bilgan mutaxassislarga bog‟liq. Yuqorida sanalgan muammolarni hal qilishda qator
gumanitar va maxsus fanlar yordam beradi. Pedagogik psixologiya, yosh
psixologiyasi,
muhandislik (injenerlik) psixologiyasi, maxsus fanlarni o‟qitish metodikasi singari
fanlar shular jumlasidandir.
Psixologiya-psixika qanday kelib chiqqan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan,
har bir odam tug„ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy
etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi –ana
shu savollarimizga javob beradi .
Reja:
1. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya
fanining predmeti
haqida tushuncha.
2.
Fan sifatida yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning vujudga
kelishi, uning rivojlanish tarixi.
3. Hozirgi zamon yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik
psixologiya fanining
asosiy vazifalari.