Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablar quyidagilar daniborat



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə120/174
tarix11.06.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#128330
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablar quyidagilar daniborat:
1.Material bayonining qat’iy ilmiyligi va hozirgi zamon fan va texnika rivojiga mosligi.
2.Yuksak g‘oyaviylik va o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash vazifalariga bo‘ysunishi.
3.Darslik mazmunining hayot bilan bog‘liqligi har bir nazariy masalalar yetarlicha asosli misollar, ko‘rsatmalar bilan bo‘lishi va ularning hayotiy ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
4.O‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlarini hisobga olib, materialni izchil va tizimli joylashtirilishi.
5.O‘quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga muvofiq ko‘rsatma va ma’lumotlarning mavjudligi, darslik mazmuniga kuzatish va mashq uchun topshiriqlar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, takrorlash uchun savollar bo‘lishi.
6.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun bayonning oddiy, badiiy va obrazli bulishi.
7.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun chizma, diagramma, rasm va illustratsiyalarning mavjudligi.
8.Darsning tashkiliy ko‘riniishi yaxshi bo‘lishi.
Boshlang‘ich ta’lim sharoitida darsliklar tuzishda o‘ziga xosliklar va qiyinchiliklar bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarining darsliklarida boshlang‘ich ilmiy bilimlar beriladi, ular Bolaning hayotiy tajribasi bilan, unga odat bo‘lib qolgan fikr yuritish mantiqi bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikda tushuntirishlar, misollar, topshiriqlar, mashqlar, rasm va suratlar ko‘p bo‘ladi, unga mumkin bo‘lgan o‘yin vaziyatlari, topshiriqlar kiritiladi. O‘quvchining nazariy bog‘liqliklarni topishi va o‘zlashtirishi mashqlarning harakteri va sismavzusiga bog‘liqdir. Bir fanning o‘zi turli sismavzuda muxokama, dalil, isbot va mashqlar yordamida bayon qilinishi mumkin.
Hozirgi maktablarda yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan darsliklardan ham keng foydalanilmokda. Bu darsliklarning asosiy xususiyati shundaki, har bir informatsion materialdan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar beriladiki, bo‘lar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikmalarini mustaqil egallashlariga yordam beradi. O‘quv darsliklariga yordamchi o‘quv qo‘llanmalari chiqariladi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin