Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Vaziyatli masalalar (Keyslar)



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə159/174
tarix11.06.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#128330
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   174
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Vaziyatli masalalar (Keyslar)
1-masala. Tanaffusga qo`ng`iroq chalindi. O`qituvchilar xonasiga pedagoglar birin-ketin kirib kelishni boshladi.
- Mavluda Aliyeva, - deya murojaat qildi. 6-«d»sinfning sinf rahbariga - sinfingiz bolalari juda to`polonchi, masalani tushuntirguncha qiynalib ketaman, gaplashib o`tirishadi. Orqa partadagi Soliyeva doim kitob o`qib o`tiradi.
- Haqiqatda 6-«d» sinf o`quvchilari juda sho`x. Bugun mening darsimdan ko`pchilik o`quvchilar kontur kartani to`ldirishmadi, - deydi geografiya o`qituvchisi.
- Mening darsimga esa 5 nafar o`quvchingiz kirmadi, - deya qo`shimcha qildi jismoniy tarbiya o`qituvchisi.
1. Sinf rahbari tushib qolgan vaziyatni baholang.
2. O`qituvchi - hamkasblar sinf rahbariga qanday masalani hal etishni tavsiya qilishmoqda?
3. Bu masalani yechishni inkor ela oladimi?
4. Mavluda Soliyeva o`z kasbdoshlarining ishonchini oqlay olishi uchun qanday yo’1 tutishi kerak?
5. Siz sinf rahbarining o`rnida bo`lganingizda qanday yo’l tutgan bo`lar edingiz? Shikoyat bilan murojaat qilgan fan o`qituvchilarini o`rnida bo`lsangiz-chi?


2-masala. Bir o`qituvchi maktabning o`quv ishlari bo`yicha direktori o`rinbosariga bunday dedi: «Men dars beradigan 8-«a» sinfda o`quvchilarning darsga sababsiz kelmay qolish hollari ko`payib ketdi, bolalar darsda shovqin-suron qilib o`tirishadi, menga quloq solishmaydi, o`zlashtirishlari yomon. Bu ishda sizdan, ota-onalar menga yordam berishingizni iltimos qilaman».
1. Bu muammoni to`g`ri hal qilishda maktab direktori qanday yo'1 tutishi lozim?
2. Siz shu o`qituvchi o`rnida bo`lsangiz, qanday yo'l tutar edingiz? Direktor o`rinbosari o`rnida-chi?


Adabiyotlar:

1. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta’lim sohasi bakalavriat yo’nalishi uchun darslik //Prof.M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.


2. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma // A.Munavvarоvning umumiy tahriri оstida. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 1996.
3. Mavlоnоva R va bоshq. Pеdagоgika. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 2001.
4. Ismailоva Z. Pеdagоgikadan amaliy mashg`ulоtlar - Tоshkеnt, «Fan», -2001.
5.O`zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. 1 jild // Tuzuvchi-mualliflar:K.Hоshimоv, S.Оchil - T.: «O`qituvchi», 1995.; 2 jild // Tuzuvchi-mualliflar: S.Оchil, K.Hоshimоv. – T.: «O`qituvchi», 1999.
6. J.Хasanbоеv, Х.To`rakulоv, M.Хaydarоv, О.Хasanbоеva, N.Usmоnоv. Pеdagоgika fanidan izоhli lug`at. -T.: “Fan va texnologiya”, 2009.
6. G`aybullaеv va bоshqalar. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma. 2005.
7. Munnavarоv A. Pеdagоgika. Darslik. 1996.
8. Tursunоv I.Y. , Nishоnaliеv U.N.Pеdagоgika kursi. T.: «O`qituvchi» 1997. 208-bеt.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin