Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Mashg’ulot uchun materiallar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə25/174
tarix11.06.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#128330
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Mashg’ulot uchun materiallar
Vaziyatli masalalar (Keyslar)
1-keys. 6-sinfda adabiyot darsi ketyapti. Doskada Komil Isayev javob bermoqda. Uni barcha bolalar diqqat bilan tinglashmoqda. Javob beruvchi tutilib yoki bir oz adashib qoldi deguncha darrov barcha qo`llar yuqoriga ko`tariladi. Juda betoqatlari esa hatto ikkala qo`lini ham havoga silkitib ko`targani-ko`targan, ular o`z o`rtoqlarining javobini diqqat bilan tinglashayotganliklarini va uning xatosini darhol tuzatishga tayyor ekanliklarini o`qituvchilarining ko`rishini juda-juda istashadi. Komil tez-tez xatolikka yo’l qo`ya boshladi, sarosimaga tushib, gapidan adashib ketaveradi.
Bolalar o`rtog`ining javobini to`ldirishga, to`g`rirog`i, unga xalaqit berishlariga o`qituvchi dastlab qarshilik ko`rsatmadi, ammo oxirida chidab tura olmadi va bolalarning eng betoqatlariga javobni tuzatish va to`ldirish uchun ruxsat berdi. Komil endi o`z javobi bilan emas, ko`proq sinfdagi vaziyat bilan band bo`lib qolgandi. U tez-tez adashib, so`zlarni ham cho`za boshladi va tezda xafsalasi pir bo`lib, tamoman jimib qoladi.
- Xo`sh, azizim, javobni qanday yaxshi boshlagan eding, nega qo`qqisdan jimib qolding? Bolalar senga qanday yaxshi yordam berishdi. Yana darsni oxirigacha o`qimabsanda?!
Biologiya darsi. Iroda Kamolova javob beryapti. Sinfda jimjitlik. Bu qanaqa sokinlik? Irodaning javobini o`rtoqlari tinglashyaptimi (ayrimlari tinglashyapti, qolganlari-chi?) Keling, yaxshisi sinf bolalarini bir kuzatib ko`raylik.
Mana uchta o`quvchi, ular o`qituvchining navbatdagi savolini payqab, darslikni varaqlashyapti. Bir nechtalari nigohlarini derazaga qadashgan - chehralarida chuqur o`ychanlik va orzular og`ushiga cho`kishgan. Boshqalari tarix kitobini sekingina ochib, bundan keyingi darsga tayyorlana boshlashdi. Ikki qiz dars mazmunidan juda uzoq bo`lgan narsa, qandaydir buyumlar haqida «ko'z urushtirib gaplashmoqda». Xullas, sinfdagilarning aytarlik yarmidan ko`pi o`zlari partada o`tirishgan bo`lishsa ham, xayollari allaqaerlarda sayr qilib yuribdi.
Iroda xatoga yo'1 qo`ydi, ammo uni tuzatuvchi bironta ham talabgor sinfda yo`q. Balki e'tirozlar keyinroq bo`lar? Yo’q. Sinfda hech bir o’quvchi javob haqida fikr bildirishga oshiqmadi.
1. Birinchi va ikkinchi hodisadagi kabi doskaga chiqarib, og`zaki so`rashning samarasini baholang. Bu vaziyatlar o`rtasida biron-bir umumiylik bormi? Bunda o`quvchilar xulqidagi qanday xususiyatlarni payqash mumkin? Ular nimalar tufayli paydo bo`Iishi mumkin?
2. O`qituvchi birinchi va ikkinchi hodisada doskaga chiqarib individual so`rashni uyushtira turib, o`z oldiga ongli holda qanday ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qo`yadi?
3. O`quvchi tomonidan oldindan inobatga olinmagan qanday masalalarni o`qituvchi ifodalashi kerak? Ularni bu darslarda hal etish mumkinmi?
4. O`quvchilardan og`zaki so`rashning samaradorligini oshirish va yuqoridagi kabi vaziyatlarning oldini olish uchun biologiya o`qituvchisi qanday pedagogik usullardan foydalanishi kerak?
2-keys.
Pedagogika Universiteti Adabiyot fakulteti 4-kurs talabasi Nigora Aliyeva amaliyot jarayonida. 5-«b» sinf o`quvchilariga «Ona tili»dan dars o`tmoqchi edi. 2-chorak yaqinlashgan, bolalarni charchaganligi sezilib turardi. Birdan tashqarida sharros jala quyib yubordi. Shiddat bilan yog`ayotgan yomg`ir bolalar diqqatini o`ziga tortdi.
- Yomg`ir, yomg`ir, - deb shodlanib, sakray boshladilar bolalar.
Nigora bunga javoban, derazani ochishni buyurdi, tashqaridan kirgan yoqimli havo dimoqqa urilib, barchani bahri-dilini yana ham ochib yubordi,
- Ko`rayapman, - dedi Nigora kulib, - barchangizning kayfiyatingiz choq. Kelinglar, mana shu tasodifiy shodlikni qo`ldan bermaymiz, buning uchun biz «Shodlik yomg`iri» mavzusida insho yozamiz. Mavzu nomini o`zgartirishingiz mumkin.
- Men uning sarlavhasini «Yomg'ir nima haqida shivirlaydi?» deb qo`ysam maylimi? - so`radi o`quvchilardan biri.
- Mayli... Hozir hammasi mumkin. Siz hozirgi hodisa haqida qanday o`ylasangiz, uni qanday tasavvur qilib, his etsangiz, xuddi o`shanday yozing.
1. Dars rejasidan bunday chetga chiqishni siz qanday baholaysiz?
2. Sizningcha, o`qituvchi amaliyotchining yutug`imi? Yoki…
3. Sizning fikringizcha, fan o`qituvchisi bunday vaziyatda qanday yo'l tutgan bo`lardi?
4. Sizning o`zingiz qanday yo’l tutgan bo`lar edingiz?


Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin