O’z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir: Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarnirivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi.
Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog’liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.