1.1-§. Oliy ta’lim tashkilotlarida web dasturlashni o’qitishning nazariy tahlili
Html – hujjatlarni ko‗rish uchun maxsus dasturiy ta‘minot kerak bo‗lib, ular html – kodini dinamik qayta ishlash va web – sahifani ekranda aks ettirishga mo‗ljallanadi. Brouzer – web uzellarning tashkil etuvchi elementlarini ko‗rish uchun hamda html – hujjatlarni namoyon etish uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturdir. Brouzer gipermatn belgilash tilining interpretatoriga ega bo‗lib, u html – kodni web–sahifa ochilish jarayonida kompilyatsiya qiladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‗lish mumkin. Turli brouzerlardagi HTML interpretatorlar bir xil ishlamaydi. Shuning uchun ba‘zi bir html - hujjatlar brouzerlarda turlicha ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Brouzerlarning html – kodlarni qayta ishlash algoritmlarini statistik taxlil qilish mumkin. Bu esa html – kodlarni turli brouzerlarda aks etish vaqtidagi mos kelmasligiga sabab bo‗lgan xatoliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Web – brouzerlar – bu dunyoning har xil burchaklaridagi web – serverlar bilan tanishib chiqish imkonini beradigan, 18 kompyuterga joylashtirilgan dasturiy ta‘minotdir. Brouzerlar Internet bo‗ylab uzatiladigan matn va HTML teglarni interpretatsiya qila oladi va ularni ekranda to‗g‗ri aks ettiradi. Brouzerlar kompyuterlarning turidan qat‘iy nazar bir hil xizmat qiladi. Ular HTML ni yaxshi tushunadi va interpretatsiya qila oladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‗lish mumkin. Zamonaviy brouzerlarning ko‗pgina qismini grafik elementlarni aks ettiruvchi sinfga taaluqli deb ko‗rsatish mumkin(1.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |