"TA’lim texnologiyalari" fanidan o’quv uslubiy majmua


Modulli o‘qitishning tamoyillari



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə36/98
tarix17.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#88496
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98
pedtexnologiya

10.2. Modulli o‘qitishning tamoyillari
O‘qitishning modulli texnologiyasi, o‘qitishning qabul qilingan tamoyillariga muvofiq (4.1-rasm) ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Quyidagi tamoyillar modulli o‘qitish texnologiyasining asosini tashkil etadi:
1. Faoliyatlik tamoyili: Bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi.
Bu tamoyilga ko‘ra modullar fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuvi asosida tuzilishi mumkin. Modulli o‘qitish texnologiyasida fan bo‘yicha faoliyat yondashuvida, modullarni o‘quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida, tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyat tahlili asosida, shakllantiriladi.
2. Tenglik, teng huquqlik tamoyili. Bu tamoyil, pedagog va o‘quvchi­ning o‘zaro munosabati sub’ekt - sub’ekt xarakterligini belgilaydi.
Bu esa, modulli o‘qitish texnologiyasini, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar toifasiga taalluqliligini ko‘rsatadi. YA’ni modulli o‘qitish texnologiyasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlariga moslashgan bo‘ladi.
3. Tizimli kvantlash tamoyili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, muhandislik bilimlar konsepsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi.
SHular bilan bir qatorda, bu tamoyil quyidagi psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi:

  • katta hajmdagi o‘quv materiali, qiyinchilik bilan va xohishsiz (istalmasdan) eslanadi;

  • ma’lum tizimda qisqartirilgan holda berilgan o‘quv materiali, osonroq o‘zlashtiriladi;

  • o‘quv materialidagi, tayanch qismlarning ajratilib ko‘rsatilishi, eslab qolish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

SHu bilan bir qatorda o‘quv materialining asosini ilmiylik va fundamentallik tashkil etish lozim.
Tizimli kvantlash tamoyili, o‘quv axborotning tegishli strukturasini modulda tuzish yo‘li bilan erishiladi.

Modul umumiy ko‘rinishda quyidagi elementlardan iborat bo‘lishi mumkin:



  • tarixiy - bu muammo, teorema, masala, tushunchalarni tarixiga qisqacha sharx berish;

  • muammoli - bu muammoni shakllantirish;

  • tizimli - bu modul tarkibining tizimli namoyon etish;

  • faollashtirish - bu yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko‘rsatish;

  • nazariy - bu asosiy o‘quv materiali bo‘lib, unda - didaktik maqsadlar, muammoni ifodalash, gipoteza (faraz)ni asoslash, muammoni echish yo‘llari ochib ko‘rsatiladi;

  • tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o‘quv tajribasi, ishni va boshqalarni) bayon etish;

  • umumlashtirish - bu muammo echimining tasviri va modul mazmunini umumlashtirish;

  • qo‘llanish - bu harakatlarning yangi usullarini va o‘rganilgan materialni amaliyotda ko‘llash bo‘yicha masalalar tizimini ishlab chiqish;

  • xatoliklar - o‘quvchining modul mazmunini o‘rganishdagi o‘zlashtirishda kuzatiladigan bir turdagi xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo‘llarini ko‘rsatish;

  • ulanish - o‘tilgan modulni boshqa modullar bilan shu jumladan yondosh fanlar bilan bog‘liqligini namoyon etish;

  • chuqurlashtirish - iqtidorli o‘quvchilar uchun yuqori murakkabli o‘quv materialini takdim etish;

  • test-sinovlash - modul mazmunini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini testlar yordamida nazorat qilish va baholash.

O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatilganligi, modul mazmunini boshqa modullar bilan bog‘liqligi, shu modulni o‘rganishdagi o‘quvchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.
4. Motivatsiya (qiziqishni uyg‘otish) tamoyili. Bu tamoyilning mo­hiyati, o‘quvchining o‘quv-bilim olish faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi. Bu asosiy qoidadir.
Modulning o‘quv materialiga qiziqishni uyg‘otish, bilim olishga rag‘batlantirish, mashg‘ulotlar paytida faol ijodiy fikrlashga da’vat etish, modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi.
5. Modullik tamoyili. Bu tamoyil o‘qitishni individuallashti­rishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchidan, modulning dinamik strukturasi fan mazmunini uch xil ko‘rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi:

  • to‘la

  • qisqartirilgan

  • chuqurlashtirilgan.

O‘qitishning u yoki bu turini tanlash o‘quvchiga havola qilinadi.

Ikkinchidan, modul mazmunini o‘zlashtirishda, usul va shakllarning turliligida ham modullik namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘qitishning faollashtirilgan shakl va usullari (dialog, mustaqil o‘qish, o‘quv va imitatsion o‘yinlar va hokazo), hamda muammoli ma’ruzalar, seminarlar, maslahatlar bo‘lishi mumkin.


Uchinchidan, modullik, yangi materialni pog‘onasimon o‘zlashtirishda ta’minlanadi, ya’ni har bir fan va har bir modulda o‘qitish oddiydan murakkabga qarab yo‘nalgan bo‘ladi.
To‘rtinchidan, modulga kiruvchi o‘quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli, o‘quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati ko‘zda tutiladi.
6. Muammolik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashg‘ulotlarni amaliy yo‘naltirilganligi tufayli, o‘quv materialining o‘zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi. Mashg‘ulotlar paytida gipoteza (faraz) qo‘yiladi, uning asoslanganligi ko‘rsatiladi va bu muammoning echimi beriladi. Ko‘pchilik hollarda bizning o‘qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar (ular hatto yangi bo‘lsa ham), ammo misol uchun AQSHda o‘qituvchi masalani o‘rganish uslubini, o‘zi qo‘ygan muammoni echish yo‘llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko‘rsatadi va tushuntiradi. YA’ni u tadqiqotchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Birinchi navbatda, ayniqsa, ana shu narsa o‘quvchini qiziqtirib qo‘yadi, unda ijodiy fikrlash va faollikni tug‘diradi.
7. Kognitiv vizuallik (ko‘z bilan kuzatiladigan) tamoyil. Bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko‘ra o‘qitishdagi ko‘rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o‘zlashtirish unumdorligini oshiradi.
Aynan, shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo‘lib, murakkab ob’ektlar kompyuter suratchalari ko‘rinishida tasvir etiladi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, rangli bajarilgan, kognitiv-grafik o‘quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi. SHuning uchun rasmchalar, modulning asosiy bosh elementi hisoblanadilar. Bu esa:
Birinchidan, o‘quvchining ko‘rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ya’ni o‘rganish jarayoniga miyaning tasviriy o‘ng yarim shari boy imkoniyatlari qo‘shiladi.
Ikkinchidan, o‘quv materiali mazmunini o‘zida zich joylashtirib ravshan ko‘rsatuvchi surat (rasm), o‘quvchida tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi.
Uchinchidan rangli suratlar, o‘quv informatsion materialni qabul qilinish va eslanish samarasini oshiradi, hamda o‘quvchilarni estetik tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Insonning bilim olishi, fikrlashning xuddi ikkita mexanizmdan foydalanganidek bo‘ladi: ularning biri simvolli bo‘lsa, ikkinchisi geometrik (algebraik) bo‘ladi.

Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonining faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik (algebraik) mexanizmlarni o‘z ichiga olgan, bilim berishni uyg‘unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir.




Grafik (ko‘zga ko‘rinuvchi) axborot miyaning o‘ng yarim shari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma’lumotli mutaxassis uchun zarur bo‘lgan, tasviriy fikrlash qobiliyatini, intuitsiyasini rivojlantiradi. Buyuk olim A.Eynshteyn aytganidek «intuitsiya xaqiqatda eng katta boylikdir. Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan simvollar orqali shu bilan birga biz anglamasdan kechadi». Haqiqatda ilm-fan gepotezasiz (farazsiz), faraz zsa intuitsiyasiz mavjud bo‘lmaydi.


SHu bilan birga, ko‘rgazmali axborot og‘zaki axborotdan ko‘ra, ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko‘rish mexanizmining axborotni qabul qilish qobiliyati, eshitishnikidan ko‘ra ancha yuqoridir. Bu esa o‘z navbatida, ko‘rish tizimiga, inson qabul qilinadigan axborotning qariyb 90 foizini etkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko‘rgazmali axborot bir vaqtning o‘zida beriladi. SHuning uchun axborotni qabul qilish va eslashga og‘zaki axborotdan ko‘ra kam vaqt talab etiladi. Ko‘rgazmali axborot ishlatilganda, tasavvur hosil bo‘lishi og‘zaki bayondan ko‘ra o‘rtacha 5-6 martaba tezroq kechadi. Insonning ko‘rgazmali axborotdan ta’sirlanishi, og‘zaki axborotdan ko‘ra ancha yuqori bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda u oxirgisini o‘tkazib yuboradi. Ko‘rgazmali axborotni qayta takrorlash oson va aniqroqdir. Odamning ko‘rgazmali axborotga ishonchi, og‘zaki axborotdan ko‘ra yuqori bo‘ladi. SHuning uchun «yuz bor eshitgandan ko‘ra, bir bor ko‘rmoq afzalroqdir» deb bejiz aytilmagandir.
SHu bilan birga, ko‘rgazmali axborotda, qabul qilish va eslash unumi, uni ko‘rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog‘liq bo‘lmaydi, og‘zaki axborotning o‘zlashtirilishi esa bunga bog‘liq bo‘ladi. O‘rni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvolli-ko‘rgazmali axborotni qabul etish, o‘qitish samarasini oshiradi. SHuning uchun o‘quv-ilmiy adabiyotdan va kompyuter texnikasi vositasida olinadigan axborotni ko‘paytirishga shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa, o‘qitishni individuallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
8. Xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, o‘quvchilarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi, o‘quvchida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga erdam beradi.
9. O‘quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil o‘quvchilarda individual va mustaqil ishlash uchun o‘quv vaqtining zahirasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
To‘g‘ri tashkil qilingan modulli o‘qitish, o‘qish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o‘qitishning barcha tamoyillarini to‘la amalga oshirilganda, o‘quv jarayoni kompyuterlashtirilganda, yondosh fanlarning o‘quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
10. Texnologik tamoyili. Bu tamoyil o‘quvchilar tomonidan o‘qitishning ko‘zlangan natijalarga erishish kafolatini ta’minlovchi, o‘qitish va bilimni o‘zlashtirish jarayonini, tizimli modulli yondashuv asosida ro‘yobga chiqarishni anglatadi. Mazkur tamoyil quyidagilar orqali ta’minlanadi:

  • maksimal aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarni ishlab chiqish, ularni o‘lchash va baholash mezonlarini tanlash;

  • qo‘yilgan o‘quv maqsadlarga erishishiga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash;

  • o‘quv maqsadlarini, butun o‘quv jarayonini o‘qitish natijalariga kafolatli erishishga yo‘naltirish;

  • o‘qitish natijalarini tezkor baholash va o‘qitishga tuzatishlar kiritish;

  • o‘qitish natijalarini yakuniy baholash.

Texnologik tamoyili, o‘qitishni qayta takrorlanadigan jarayonga aylanishiga imkon beradi.
Modulli o‘qitish tizimida o‘rgatuvchi sikllar soni, o‘quv fanining modullari soniga teng bo‘ladi.
O‘quv maqsadlariga erishish uchun o‘quv me’yoriy hujjatlarning uzviyligini ta’minlash tayanch sharoitlarini yaratish zarur. Ushbu maqsadlarda uzviylik tamoyilini qo‘llash tavsiya etiladi.
11. Uzviylik tamoyili. Bu tamoyil o‘quv maqsadlariga erishish imkoniyatini ta’minlash uchun o‘quv rejasi va dasturlarni ishlab chiqishda tizimli yondashishin anglatadi. Bunda fanlarning maqsadlariga ko‘ra, o‘quv rejadagi soatlar mosligi ta’minlanadi.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin