"TA’lim texnologiyalari" fanidan o’quv uslubiy majmua


O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə39/98
tarix17.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#88496
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
pedtexnologiya

O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi:

  • fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligi ta’minlanishi;

  • har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayoni barcha turlarining uslubiy jihatdan asoslangan muvofiqligi o‘rnatilishi;

  • fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;

  • o‘quvchilar bilimini muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;

  • o‘quvchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra, tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng, o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga fanni individual o‘zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);

  • informatsiyani «siqib» berish natijasida, o‘qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni - optimallashtirish. Buning natijasida, o‘quvchi etarli bilimlarga ham, ko‘nikmaga ham, malakaga ham ega bo‘ladi.

Fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o‘qitish texnologiyasi har qaysi modul uchun ishlab chiqilgan pedagogik-texnologik xaritalar orqali ro‘yobga chiqariladi (4.2-jadval).

SHunday qilib modulni o‘qitishdan foydalanib yuqori malakali mutaxassisni tayyorlash, quyidagilar asosida ta’minlanadi:



  • o‘qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi);

  • o‘qitishni jadallashtirish buning natijasida axborotning ko‘p qismi, individual va mustaqil ishlash paytida, kompyuter tarmoqlari orqali o‘zlashtiriladi;

  • o‘qishni individuallashtirish (o‘quvchi o‘z qobiliyatiga ko‘ra bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi).



Mutaxassisni faoliyatini inobatga olgan holda muayyan o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan modullarni ketma-ket o‘zlashtirishni ta’minlash fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o‘qitish texnologiyasining mohiyatini tashkil etadi. Ushbu o‘quv jarayonini maqbullashtirish o‘qitishni moslashtirish va individuallash­tirishga imkon beradi.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin