"TA’lim texnologiyalari" fanidan o’quv uslubiy majmua


Masofaviy o‘qitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə47/98
tarix17.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#88496
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
pedtexnologiya

Masofaviy o‘qitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi.



11.3. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari
Masofaviy o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillari quyidagilardan iborat:
Interfaollik tamoyili. Bu tamoyil tinglovchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab qolmay, balki tinglovchilar o‘rtasidagi aloqani ham ta’minlaydi. Tajribalar tinglovchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqadan ko‘ra tinglovchilar o‘rtasidagi aloqalar ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich bilimlar tamoyili. Masofaviy o‘qitish tizimida tinglovchining oldindan tayyorgarlik ko‘rishi va apparat - texnik vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, kompyuterga ega bo‘lishi va internetga ulanishi, hamda bu tizimda ishlay olish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Individuallik tamoyili. Real o‘quv jarayonida kirish va oraliq nazorat o‘tkaziladi. Bular natijasini tahlili asosida individual o‘quv rejalar tuziladi, shu jumladan oqsayotgan dastlabki bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha ham.
Identifikatsion tamoyil. Mustaqil o‘qishni nazorat shakli bo‘lib, bilim sifatini nazorat qilishda bevosita muloqot videokonferensiya­lar kabi turli texnik vositalarini qo‘llaniladi.
O‘qitish reglamenti tamoyili. O‘quv jadvalining qat’iy rejalashtirilishi va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi.
YAngi axborot texnologiya vositalarini qo‘llashning pedagogik maqsadliligi tamoyili. Masofaviy o‘qitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish va tashkil etishda mavjud bo‘lgan texnik vositalarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligini tahlil qilib, ularni qo‘llashda xato qilishning oldini olish lozim. Masofaviy o‘qitish tizimida qo‘llaniladigan texnik vositalarning optimal nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 40-50%, WWW serverlaridagi o‘quv materiallar 30-35%, kompyuter videokonferensiya aloqasi 10-15% , qolganlari 5-20%.
Ta’limning oshkoralik va o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili. Bu tamoyil yosh va boshlang‘ich ta’lim darajasi jihatdan «mo‘‘tadilligi», kirish nazoratining suhbat, imtihon, test shaklida o‘tkazilishi va h.k. bilan ifodalanadi. Buning natijasida keyinchalik o‘quv muassasasidan bu tinglovchini shaxsiy (individual) reja bo‘yicha o‘qitishda qo‘shimcha harakatlar talab qilinadi. Ta’lim tizimining ko‘p variantliligini ta’minlash va bir o‘quv yurtidan boshqa o‘quv yurtiga o‘tish imkoniyatini mavjud bo‘ladi.

Masofaviy o‘qitish tizimining istiqbolligi shundaki, bu tizim shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri – ta’lim olish huquqini amalga oshirishni ta’minlaydi. Masofaviy o‘qitish tizimining maqsadga muvofiqligini baholashda, albatta uning ijtimoiy samaradorligini e’tiborga olish lozim.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin